Tipologik konsepsiya essensialistik g’oyalarga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra turga ta’rifni konkret namuna (gerbariy, preparat, yoki boshqa shakldagi) asosida berish lozim. Tur ta’riflangandan keyin bunday namuna etalon (tipik ekzemplyar) ga aylanadi va unga yetarli darajada o’xshash bo’lgan har qanday individ o’sha turga mansub hisoblanadi. Shunday qilib tipologik konsepsiya bo’yicha tur-etalon individga diagnostik belgilar jihatidan o’xsash organizmlar guruhi. Tipologik konsepsiyada organizmning belgilari hal qiluvchi va ikkilamchi guruhlarga ajratiladi va hal qiluvchi belgilari bir xil bo’lgan organizmlar guruhi tur deb yuritiladi.
Tipologik konsepsiyadan voz kechishga ikki sabab bor:
1. Tabiatda individual o’zgaruvchanlikning turli ko’rinishlari: A) Polimorfizm, B) Jinsiy dimorfizm C) Yoshga ko’ra farqlar bilan farqlanuvchi individlar kuzatiladi va ba’zan ayni bir turning alohida shakllari 2. Qiyofadosh turlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi, ammo ular reproduktiv alohidalangan. Shu boisdan ham, tur konsepsiyasini morfologiyaga asoslangan holda tuzish bilan, konsepsiyani qo’llashda morfologik belgilardan foydalanishni farqlash lozim.