5 DNK shtrix kod uchun molekulyar markerlar. T.I.: Genom, mitoxondrial DNK, 16S rRNK, 5S rRNK, 28S rRNK, 18S rRNK, ITS. JAVOBI 16SrRNK – foydalanilgan markerlar ichida birinchilaridan biridir. Birinchi bo’lib, PZR va sekvenirlash davridan oldin, 1960 yillarda Dubnau va hammualiflari 16S RNK ketma-ketligi tahlili uchun Bacillus Cohn, 1872 avlodi turlarida qo’llashdi [Dubnau, 1965]. Biroq, Vozaning [Woese, 1987] klassik ishlaridan keyin, bu gen bakteriyalar taksonomiyasida qo’llanila boshladi. Bu genning ketma-ketligi uzunligi 1550 j.n. iborat bo’lib, turli guruh bakteriyalar uchun umumiy xususiyatga ega bo’lib, ham variabel va ham konservativ sohalardan tashkil topgan [Clarridge, 2004]. 5SrRNK – 120 ta nukleotidli ko’pgina organizmlarning ribosomalarida qantashuvchi yuqori konservativ ketma-ketlik bo’lib, ayrim zamburug’lar, ayrim hayvonlar va ko’pchilik protistlardan tashqari, o’simliklarning filogeniyasini tuzishda foydalaniladi [Troitskii, 2003]. Biroq, qisqa razmerda bo’lganligi uchun, ishonchlilik va aniqligi ancha past.28SrRNK – uzunligi 1000 nukleotiddan oshiq. Uning ketma-ketligi ko’pgina ko’p xujayrali hayvonlarda aniqlangan. Uning ikkilamchi tuzilishini taqqoslash va shu taqqoslash asosida filogeniyasini qurish – filogenetik tahlillar uchun asosiy instrumentdir. Ayrim hollarda bu genning to’liq razmeri emas, uni fragmentlari foydalaniladi (400 nukleotidga yaqin S2-S3 sohalari) [Schmidt, 2006]. 18SrRNK – bu genning to’liq razmeri 1800 nukleotidga yaqin bo’lib, filogenetik daraxtlarda keng qo’llaniladi, ayrim hollada esa turni identifikasiya va ajaratishda ishlatiladi. Qolaversa, variabel sohasining bo’lishi bilan u gen yaqin turlarni ajrata olmasligi mumkin, umuman olganda ketma-ketlik yetarlicha konservativ. Keyingi vaqtlarda filogenetik analizlar uchun 18S, hamda 28S rRNK gennlari ishlatilmoqda. rRNK 18S geni ko’pincha infuzoriylar va boshqa sodda hayvonlar turlarini aniqlash maqsadida metagenom tahlilida qo’llanilmoqda. Shunga qaramasdan, ribosomal genlar shak-shubhasiz ko’p nusxali, lekin genning hamma nusxalari bir xil. shu sababli ulardan faqat bir nusxa genlar markerlar sifatida foydalaniladi. Bu genlar yuqori konservativ (barqaror) xususiyatga ega. Xromasomadagi rRNK kodlovchi genlar oralig’ini tashkil qiluvchi genlar yoki nukleotidlar ketma-ketligi ichki transkrib speyseri deyiladi (Internal transcribed spacer, ITS).ITS – kodlanmaydigan ketma-ketlik, shuning uchun ularda ribosomal va oqsil kodlovchi genlarga nisbatan polimorfizm nihoyatda yuqori. Ularning praymerlari universal va har qanday taksonomik guruhlarning tegishli fragmentlarini amplifikasiya qilishda foydalanish mumkin [Persson, 2000]. Shu sababli suv o’tlari, yuqori o’simliklar, umurtqasiz hayvonlar, zamburug’lar uchun molekulyar shtrixkod tushishda marker sifatida qo’llanilmoqda.