Realizm-bunda sistematik birliklar real mavjud deb qaraladi.(Aflotun). Ularni sezish va anglash mumkin. Nominalizm-bunda sistematik birliklarga noreal ya’ni mavjud bo’lmay faqat o’rganish uchun suniy yaratilgan tushunchalar sifatida qaraladi(Aristotel). Bu tushunchalar inson ongidan tashqarida mavjud emas. Taksonlar emas faqat individlar mavjud deydi. (Binominalizm (deKandol, Byufon, Darvin)da turga yaqin birliklar real, turdan uzoqlashgan sari bu reallik kamayib boradi). Konseptualizmda-olamning tuzilishida ma’lum bir sistema mavjud, lekin uni butunligicha anglash usuli mavjud emas deb qaraladi. Bunda sistematik birliklar obyektiv borliqning turli ko’rinishlari sifatida tajribalar orqali bilinadi deb hisoblanadi. Lekin anglash usuliga qarab natijalar turlicha chiqadi va biz bir narsani turlicha nuqtai-nazardan turlicha anglaymiz (Pyer Abelyar).
Gerbalistika. Yevropadagi uyg’onish davri sistematikada izlanishlarning kollektor dasturiga qaytish davri bo’ldi. Kollektorlarning asosiy qismi esa tabiblar bo’lib, ular dorivor o’simliklarni yig’ish, ularga ta’rif berish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bu olimlarni gerbalistlar, davrni esa gerbalistika deb atashadi. Gerbalistlarga anik davrdagi Feofrast va Pliniyning ta’siri yuqori bo’lgan. Sxolastlardan farqli ravishda gerbalistlar g’oyalarni emas faktlarni o’rgana boshladilar. Antik davrdan keyin birinchi bo’lib gerbalistlar yangi o’simlik turlarini ta’riflay va nomlay boshlaydilar. Ta’riflashda Feofrast ananalariga asoslansalarda, o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha jihatlarni yoritadilar.Ilmiy sistematika. XVIII asr boshiga kelib, minglab o’simlik va hayvonlar ta’riflandi va ularni tartiblashtirish ehtiyoji paydo bo’ldi. Bu yo’nalishda birinchi urinishni ilgiz tabiatshunosi Jon Rey (1628-1705) amalga oshirdi. “To’rtoyoqli va sudralib yuruvchi hayvonlarning sistematik tavsifi” asarida J.Rey tashqi belgilarning o’xshashligiga asoslanga klassifikatsiyani taklif etdi. U sutemizuvchilarni ikki guruhga barmoqli va tuyoqlilarga, tuyoqlilarni bir (ot), ikki (sigir) va uch (karkidon) tuyoqlilarga ajratdi. Ikki tuyoqlilarning o’zini esa kavsh qaytaruvchi shoxi almashmaydigan (echki), kavsh qaytaradigan shoxi almashinadigan (kiyiklar) va kavsh qaytarmaydiganlarga ajratadi. Keyinchalik J.Reyning bu prinsipdan K.Linney samarali foydalandi. Uning fanga qo’shgan yana bir hissasi ilk bor “tur” tushunchasini ta’riflaganidir.