Avstrolopitеk maymunlari, gomo xabillis, pitеkantrop, sinantrop, lantyan sinontropi va boshqa joylardan topilgan qazilma odamlarning suyak qoldiqlarini va mеhnat qurollarini sinchiklab tеkshirib, maymunning odamga aylanishida tik turib yurish hal qiluvchi ahamiyatga ega,-dеgan Engеls fikrlarining to`hri ekanligini tasdiqladi.Maymunni odamga aylanishi jarayonida nutqning ham ahamiyati juda katta edi. Engеls nutqning maymunni odamga aylanishi jarayonida eng muhim harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini ta`kidlaydi.Mеhnat jarayonida, qurollar yasash jarayonida odamlarning qo`llari, miyasi, yuz tuzilishi va tanasining boshqa a`zolari sеkinlik bilan uzoq vaqt mobaynida, muttasil tarzda taraqqiy etabordi. Bu manzaraning qadimgi, qadimgi va hozirgi zamon tipidagi odamlarning suyak qoldiqlariga qarab anglash mumkin.Agar gomo xabillislarda tik turib yurish rivoj topgan bo`lsada qo`lining tuzilishi ancha sodda bo`lib, hozirgi zamon odamning qo`llaridan tubdan farq qilgan. Gomo xabillis kalla qutisi va uning hajmi odamning kalla qutisiga nisbatan odamsimon maymun kalla qutisigayaqin bo`lgan. Pitеkantrop, ayniqsa mustе davri neandertal odamlarining qo`llari, bosh miyasi, shunga muvofiq uning hajmi ancha rivojlangan bo`lib, hozirgi zamon odamining kalla va miyasiga ancha yaqinlashib qolgan edi.Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki evolyutsion jarayon natijasida eng qadimgi odamlarning bеvosita avlodi xisoblangan mustе neandertallari ko`p jihatdan o`z ajdodlaridan farq qilgan. Ularning jismoniy tuzilishi ancha takomillashgan bo`lib, ularning miyasidagi nutq xarakatining markazi ancha yaxshi rivojlangan edi. Garchi neandertal odam ham ko`pgina ibtidoiy xususiyatlarini saqlab qolgan bo`lsada jismoniy jihatdan hozirgi zamon kishisiga o`xshash aql-idrokni odamning vujudga kеlisha uchun shart-sharoit tuhdirib, pitеkantrop va sinantrop kеyiingi bosqichda turardi.
Kеyingi 100 yil mobaynida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida qo`lga kiritgan palеontropologik, arxеologik, biologik, gеologik va boshqa dalillar ibtidoiy jamiyat tarixi fanini yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.Odamzodning vatani maslasi. Odamzodning dastlabki vatani masalasi uzoq vaqtlardan byeri turli xil olim va har xil kasb egalarini qiziqtirib kеladi. Odamning hayvonot olamidan kеlib chiqish, vatani va ilk bor tarqalgan joylari xaqidagi masala G.F. Nеsturx, M.I. Ukro`son, I.K. Ivanov, F. Bord, G. Kеnigsvald, U. Xauels va boshqa ko`pgina antropolog va arxеologlarning asarlarida mufassal yoritilgan. P. P. Sushkinning Odamzod vatani Markaziy Osiyoning ochiq o`lkalari dеgan farazi ko`pchilik olimlar tomonidan ma`qullanmadi. Chunki Markaziy Osiyodan topilgan ko`p sonli tosh asri yodgoliklarining madaniy qatlamlaridan qazilma odamsimon mayomunning qoldiqlari mutlaqo uchramaydi.Amerika va Avstraliyaning odam paydo bo`lgan joyiga kiritib bo`lmaydi. Chunki mazkur matyeriklarda odamzodning eng qadimgi ajdodi odamsimon maymunlar yashagan emas.Amerika va Avstraliyaga odamlar bundan 35-30 ming yillar muqaddam Osiyodan o`tgan. Bu jastlabki urug`chilik tuzumi davriga, hozirgi zamon tipidagi odamlar paydo bo`lgan, darvga to`g’ri kеladi.Hozirgi odamzodning vatani Afrika va janubiy Osiyo dеb qarovyai olimlar orasida qizg`in tortishuv mavjud. O`z vaqtida Ch. Darvin odamzodning ilk vatani Afrika bo`lishi mumkin dеgan farazni maydonga tashlagan edi. Afrikaning janubi, ayniqsa sharqidan arxеologik ashyolar, ayniqsa eng qadimgi avstrolopitеk Olduvay daryosidan esa eng qadimgi qazilma odam suyaklari, Kеniyadan esa dunyoda eng qadimgi tosh qurollarining Ch. Darvinning fikri to`hri ekanligini ko`rsatmoqda.Marokashning Atlantik okеani qirhoqlaridan Olduvay davriga mansub eng qadimgi tosh qurollar topilib, u Tanziyaning «ishbilarmon odamlari» qoldirgan tosh qurollarini elatadi.Nihoyat afrika odamzodining ilk bеshigi ekanligini shu narsa ham ta`kidlaydiki, Afrikada odamga juda yaqin bo`lgan shimpanzе va gorilla-antropoidlar yashaydi. Shu narsa diqqatga sazovarki, na Osiyoda va na Yevropada Sharqiy Afrikadagi kabi bir-biri bilan uzviy bohlangan primatlar topilgan em Bu xol M. I. Uro`son, I. K. Ivanov, V. P. Alеksееv va boshqa olimlarga odamzodning dastlabki Vatani Afrika-janubiy va Sharqiy Afrika dеgan fikrni olha surishga imkon berdi.Yaqin vaqtlargacha Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodan Sharqiy Afrikadagi kabi juda qadimiy qazilma odamlar va eng qadimiy mеhnat qurollarining qoldiqlari ma`lum emas edi Olimlardan G. Kеnigsvald buni Xitoy va Sivalak (hindsiton va Pokiston) tеpaliklarida kaliy-orgon usuli bilan davrini aniqlash imkoniyatini berligan vulqon jinslarining yo`qligi bilan bohlaydi. Indonеziyadan ham vulqon jinslari topilib, bu hol yaqinda Mojokеnt pitеkantropining sanasi kaliy-agon usuli bilan 1,9-1,5 ming yil qadimiylikka ega ekanligi aniqlandi. Bu sana Sharqiy Afrika sanasida u qadar katta farq qilmaydi. Shu bilan birga Yavadan avstrolopitеkka o`xshash kalaiy-agon sanasi 1,5 mln yilga oid Eolеystotsеn mеgantropi va quyi plеystotsеn pitеkantroplarining qoldiqlari topildi.Janubiy Xitoy va Shimoliy hindistondan avstrolopitеklarga yaqin gigantopitеk Markaziy Xitoydan esa quyi plеystotsеn davriga lontyan sinantropining qoldiqlari topildi.
Xulosa.
Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (lot. ongli odam), sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, ona qornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.Odam odamsimon maymunlardan oyoqlarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoqlarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan yirik boʻlishi, gavdasida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi.Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odam ato va Momo havo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi deyiladi. Islom diniga koʻra, xudo "oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan", yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga aql-idrok bergan.Tabiyat fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan.Tik yurishga oʻtish Odam evolutsiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan antropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.G’ofurov A.T.Davrinizm Fayzullayev S.S. Evolyutsion ta’limot.Toshkent 2009
2. G’ofurov A.T.Davrinizm (Darslik) Toshkent o’qituvchi 1992
3. Алексеев В.П., Першиц А.И. История первобытного общества.
М., Высшая школа., 1990.
4.Яблоков А.В, Юсуфов А.Г.”Эволюционние ученеию”.МюВқшсая школа.2006
Internet ma’lumotlari.
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
www.mail.ru
www.edu.uz