Excel dasturi oynasini boshqarish barcha boshqa Windows dasturlari oynalarini boshqarish kabi bo‘lib, u kichiklashtirilgan holda bo‘lganda uning chegaralarini surish uchun kerakli chegara ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirilib, u ikki tomonlama ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘tgach, chap tugmani bosib turgan holda chegarani keraklicha surish mumkin. Dastur oynasining o‘zini surish uchun shu dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur oynasini yopish uchun yuqori o‘ng burchakdagi X harfi ko‘rinishidagi tugma bosiladi (Alt+F4 kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi).
Bundan tashqari Excel dasturida chiqish uchun dastur yuqori chap tomonida joylashgan fayl menyusini tanlab uning eng pastki qismidagi Выход из Excel buyrug‘i tanlanadi. Exceldan tezkor chiqish uchun shu tugmada sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ham yetarlidir.
Sichqoncha va klaviatura yordamida harakatlanish.
Sichqoncha qurilmasi Excel dasturida ishlash uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib, uning yordamida turli buyruqlarni berish amali qulay tarzda bajariladi. Quyida sichqoncha qurilmasi imkoniyatlarini izohlab chiqaylik:
Chertish: Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish.
Qo‘sh chertish: Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezlik bilan bosish. Ba`zida bu amalni bajarish uchun shug‘ullanish kerak bo‘ladi.
Olib o‘tish: Biror ob`yekt ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga olib boriladi hamda bu amalni tugatish uchun qo‘yib yuboriladi.
Joylashtirish: Biror-bir ob`yekt ustida sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelish va chap tugmani bosmaslik.
Tanlash: Biror-bir ob`yekt ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelish va chap tugmani bir marta bosish.
Kerakli ob`yet ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosilganda kontekst menyu hosil bo‘ladi va bu menyuda shu ob`yektgagina tegishli bo‘lgan buyruqlar aks ettiriladi.
Excelda ishlashni osonlashtirish maqsadida biror-bir ob`yektning kontekst menyusini chaqirilganda shu ob`yekt bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar tugmalari to‘plami (mini-panel) ham hosil bo‘ladi va bulardan kerakli amalni tezkor bajarish uchun foydalanish mumkin.
L ekin barcha foydalanuvchilar ham barcha amallarni faqtgina sichqoncha yordamida bajarishni ma`qul ko‘rishmaydi. Faqatgina klaviaturadan yoki klaviatura hamda sichqonchadan birgalikda foydalanishni xush ko‘ruvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Ushbu imkoniyatlar haqida keyingi boblarda so‘z yuritiladi.
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari deb bir yoki bir nechta tugmalarni bosish orqali chaqiriladigan amallar buyruqlariga aytiladi hamda ularning ko‘pchiliklari Ctrl tugmasi bilan birgalikda bajariladi. Ularni eslab qolish oson bo‘lishi maqsadida ko‘pgina kombinatsiyalar ularning ingliz tilidagi atamalariga mos holda mos harflarga bog‘lab qo‘yilgan. Masalan chop etish oynasini chaqirish uchun Ctrl+P(Print) tugmasi bosiladi. Bu amalni bajarish uchun birinchi yozilgan Ctrl tugmasini bosib turgan holda P tugmasini ham bosiladi va ikkala tugma birgalikda qo‘yib yuboriladi. Ko‘pincha ishlatiladigan Excel kombinatsiyalari quyidagi jadvalda keltirilgan.