Excel dasturi oynasi bilan ishlash.
Excel dasturi oynasini boshqarish barcha boshqa Windows dasturlari oynalarini boshqarish kabi bo`lib, u kichiklashtirilgan holda bo`lganda uning chegaralarini surish uchun kerakli chegara ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirilib, u ikki tomonlama ko`rsatkich ko`rinishiga o`tgach, chap tugmani bosib turgan holda chegarani keraklicha surish mumkin.
Dastur oynasining o`zini surish uchun shu dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur oynasini yopish uchun yuqori o`ng burchakdagi X harfi ko`rinishidagi tugma bosiladi (Alt+F4 kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi). Bundan tashqari Excel dasturida chiqish uchun dastur yuqori chap tomonida joylashgan Office bosh menyusini tanlab( ), uning eng pastki qismidagi Выход из Excel buyrug`i tanlanadi. Exceldan tezkor chiqish uchun shu tugmada sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ham yetarlidir.
Dostları ilə paylaş: |