Joylashtirish: Biror-bir ob`yekt ustida sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bosmaslik.
Tanlash: Biror-bir ob`yekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bir marta bosish.
Kerakli ob`yet ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosilganda kontekst menyu hosil bo`ladi va bu menyuda shu ob`yektgagina tegishli bo`lgan buyruqlar aks ettiriladi.
Excelda ishlashni osonlashtirish maqsadida biror-bir ob`yektning kontekst menyusini chaqirilganda shu ob`yekt bilan bajarilishi mumkin bo`lgan amallar tugmalari to`plami (mini-panel) ham hosil bo`ladi va bulardan kerakli amalni tezkor bajarish uchun foydalanish mumkin.
Lekin barcha foydalanuvchilar ham barcha amallarni faqatgina sichqoncha yordamida bajarishni ma`qul ko`rishmaydi. Faqatgina klaviaturadan yoki klaviatura hamda sichqonchadan birgalikda foydalanishni xush ko`ruvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari deb, bir yoki bir nechta tugmalarni bosish orqali chaqiriladigan amallar buyruqlariga aytiladi hamda ularning ko`pchiliklari Ctrl tugmasi bilan birgalikda bajariladi. Ularni eslab qolish oson bo`lishi maqsadida ko`pgina kombinatsiyalar ularning ingliz tilidagi atamalariga mos holda mos harflarga bog`lab qo`yilgan. Masalan, chop etish oynasini chaqirish uchun Ctrl+P(Print) tugmasi bosiladi. Bu amalni bajarish uchun birinchi yozilgan Ctrl tugmasini bosib turgan holda P tugmasini ham bosiladi va ikkala tugma birgalikda qo`yib yuboriladi. Ko`pincha ishlatiladigan Excel kombinatsiyalari i;ova 1 jadvalda keltirilgan.
Excel elektron kitobida 17 milliarddan ortiqroq katakchalar mavjudligini hisobga oladigan bo`lsak, albatta ular bo`ylab tezkor harakat qilish vositasiga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu vazifani bajarish uchun yangi Excel elektron jadvalida quyidagi jadvaldagi usullardan foydalanish mumkin. (* - belgisi ScrollLock tugmasi bosilganini bildiradi)
Dostları ilə paylaş: |