12- mavzu microsoft excelning keng imkoniyatlaridan foiydalanish
Kontekst lenta bandlari: Bunday lenta bandlari biror yangi ob`yekt qo`yilgandan yoki tanlangandan so`ng hosil bo`ladi hamda ularning guruhlari nomlari Excel sarlavha satrida hosil bo`ladi. Bu kontekst lenta bandida shu tanlangan ob`yekt bilan bog`liq bo`lgan barcha xususiyat va parametrlar joylashgan bo`lib, u boshqa ob`yekt tanlanishi bilan yo`qoladi. Kontekst lenta bandini hosil qilish uchun shu ob`yekt ustida qo`sh chertish ham yetarli. Lekin barcha ob`yektlarda ham kontekst lenta bandi mavjud bo`lmasligini esda saqlang.