Buyruqlar guruhi: Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq buyruqlar mavjud bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, Главная panelining Шрифт buyruqlar to`plamida matn shriftini boshqarish tugmalari joylashgan.
Ochiladigan ro`yxat: Pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugma tanlanganda hosil bo`ladigan ro`yxat bo`lib, undagi kerakli buyruq ham xuddi shunday tanlash orqali amalga oshiriladi.
Kolleksiya:Excel 2007 da yaratilgan yangi element bo`lib, unda tanlanadigan imkoniyatlarning grafik ko`rinishlari hosil bo`ladi. Kolleksiyalardan foydalanish ko`p ishlatiladigan amallarga tezroq yetib boorish imkonini beradi hamda kolleksiyalarning uch xil turi mavjud: (Ochiladigan kolleksiya, Ochiladigan to`r va kolleksiya lentasi).