Extiyojlar Turmush darajasi



Yüklə 63,15 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü63,15 Kb.
#175761
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Extiyojlar-Birinchi navbatdagi ehtiyojlarga ovqatlanish, kiyim-kechakka bo„lgan ehtiyoj va boshqa ehtiyojlar kiradi va ular inson yashash darajasining eng asosiy jismoniy elementlarini tashkil etadi. Iste‟molning ikkinchi guruhiga intellektual ehtiyoj, uchinchi guruhiga jamoat faoliyati jarayonida qondiriladigan ijtimoiy ehtiyojlar kiradi.Bu ehtiyojlar nafaqat tabiiy, balki yashashning tarixiysharoitida paydo bo„lgan. Inson turmush darajasi uning moddiy, madaniy, maishiy va ijtimoiy ehtiyojlari qaydarajada qondirilayotgani bilan aniqlanadi.
Lekin bu ko„rsatkichlarning hammasini ham qiymat ko„rinishida baholash
imkoni mavjud emas. Turmush darajasini ushbu ko„rsatkichlarning ayrim
parametrlaridan bir nechtasini qamrab olgan holda baholash mumkin. Ushbu
ko„rsatkichlardan eng asosiysi aholi jon boshiga to„g„ri keladigan daromadlar hajmi bo„lib, u mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga xalqaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradigan ko„rsatkich hisoblanadi.
Shu bilan birga, amaliyotda aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi ichki
mahsulot, yalpi milliy mahsulot, inson taraqqiyoti indeksi, shuningdek, aholining muayyan guruhlari (kvintel, detsil guruhlari) bo„yicha tabaqalanish koeffitsientlari kabi ko„rsatkichlardan ham tez-tez foydalaniladi.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi
bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohalarining samaradorligi, ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma‟rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, hukumat tomonidan qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va harakatlar natijasiga bog„liqdir.
Turmush darajasi - ko„plab omillar yig„indisi ta‟sirida bo„lgan o„zgaruvchan
jarayondir. Turmush darajasi bir tomondan, muntazam o„zgarib turadigan, turli ne‟matlarga bo„lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi va aholi turmush darajasiga quyidagi omillar ta‟sir etadi

Yüklə 63,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin