Turmush darajasi, moddiy farovonlik darajasini, ya‟ni odamlarning moddiy
ehtiyoji qondirilganligining darajasini ifoda etadi. Uning mamlakat bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichini aholi jon boshiga YaIM ko„rsatkich ifoda qiladi.
Turmush sifati esa, “nomoddiy” yoki pulda ifodalanmaydigan hamda faqat pul bilan belgilanmaydigan xususiyatlar: odamlarning salomatligi va umr ko„rish davomiyligi, dam olish va bo„sh vaqtini o„tkazish, madaniy rivojlanish, o„zligini namoyon qilish, bilimlar va ma‟naviy boylikning boshqa ne‟matlaridan foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi. O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o`rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo`jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi. O`z navbatida, uy xo`jaliklarida kuzatuv o`tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o`tkaziladi. Bir yil davomida respublika bo’yicha 10 000 dan ortiq uy xo’jaliklarida, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 588 ta, Andijon 780 ta, Buxoro - 648 ta, Jizzax - 492 ta, Qashqadaryo - 828 ta, Navoiy - 516 ta, Namangan - 756 ta, Samarqand - 936 ta, Surxondaryo - 720 ta, Sirdaryo - 432 ta, Toshkent - 840 ta, Farg’ona - 936 ta, Xorazm - 624 ta va Toshkent shahrida 912 ta uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkaziladi. 2017 yilda o`tkazilgan uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarida 53 mingdan ortiq aholi qamrab olingan bo`lib, o`rtacha bir uy xo`jaligiga 5,1 kishidan to`g`ri kelganini ko`rsatdi. Jami kuzatilgan aholidan 50,4 % ni erkaklar va 49,6 % ni ayollar tashkil etdi. Erkaklar Ayollar Shuningdek, 16 yoshgacha bo`lgan bolalarning ulushi 29,9 % ni, 16 yosh va undan kattalarning ulushi 70,1 % ni tashkil etib, respublika bo`yicha mehnatga layoqatli aholining ulushi jami aholiga nisbatan 59,7 % ni tashkil etdi.
"Aholi turmush darajasi" tushunchasi juda murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uni tavsiflash uchun biror indikatorni tanlash qiyin, shuning uchun bu atamaning turli jihatlarini tavsiflaydigan bir qator statistik ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Bugungi kunda aholining turli guruhlari manfaatlari hisobga olinmoqda, ish bilan bandlikning samarali tizimi va ish haqi to’lash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko’rish orqali har bir insonga munosib hayot bilan ta’minlanmoqda. So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda. Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o`sib borish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan
O`z navbatida, daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2010 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2010 yilda 1,8 %) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelganligidir Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sish sur’ati Xorazm viloyatiga (16,0 %) to`g`ri keladi. Shuningdek, Namangan viloyati (13,5 %), Qoraqalpog’iston Respublikasi (12,6 %), Andijon viloyati (11,7%), Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatlarida (9,6%) aholi jon boshiga umumiy daromad ko’rsatkichlarining real o’sish sur’atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan. Daromadlar konsentratsiyasi Djini koeffitsienti (KG) mamlakat aholisi daromadlarining taqsimlanishini ko'rsatadi. O`rganilayotgan davrda daromadlarning taqsimlanishida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. Aholi guruhlari o`rtasida daromadlarning teng taqsimlanishini aks ettiruvchi Djini koeffitsienti respublikasida 2000 yildagi 0,39 dan 2017 yilda 0,26 gacha kamaydi. Bu esa o`z navbatida jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar bo`yicha aholining tabaqalanishini sezilarli darajada kamayishidan darak beradi. Bu o`zgarishlarni yana boshqa ba`zi ko`rsatkichlar yordamida, ya`ni aholini daromadlari bo`yicha detsil hamda kvintil guruhlari kesimida ham ko`rish mumkin. Jumladan, 2000-2017 yillarda detsil koeffitsientining 21,1 barobardan 6,2 barobargacha, kvintil koeffitsientining esa 9,9 barobardan 4,1 barobargacha kamayish tendensiyasini keltirish mumkin (5-rasm). 5-rasm Respublikada fondlar koeffitsientining o`zgarishi tendensiyasi, barobar Aholining detsil (10%) guruhlari bo’yicha Aholining kvintil (20%) guruhlari bo’yicha 2000 y. 2017 y. 21,1 6,2 9,9 4,1 8 Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda. Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin. 2017 yilda 2000 yilga nisbatan aholining iste`mol xarajatlari tarkibida oziqovqat mahsulotlarining ulushi 14,2 birlikka kamaygan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajatlar 7,0 birlikka va xizmatlarga qilingan xarajatlarning ulushi 7,2 birlikka oshgan (6-rasm). 6-rasm O`zbekiston Respublikasida 2000-2017 yillarda aholi iste`mol xarajatlarining tarkibiy o`zgarishi, % Quyidagi grafikda (7-rasm) iste`mol xarajatlari tarkibini yanada kengroq talqin etish orqali, aholi tomonidan eng ko`p oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga (44,3%), boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga (21,2%), kiyim kechak va oyoq kiyimlarga (10,7%), kommunal xizmatlarga (6,9%) xarajatlar amalga oshirilayotganligini ko`rish mumkin. 2000 2005 2010 2017 Y i l l a r 61,4 58,2 53,2 47,2 25,8 25,7 26,9 32,8 12,8 16,1 19,9 20,0 Oziq-ovqat mahsulotlari Nooziq-ovqat mahsulotlari Xizmatlar 9 7-rasm III. Aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol qilinishi Respublika doimiy aholi o`rtacha soni 2000-2017 yillarda 31,4 % oshganiga qaramay, oxirgi 17 yil davomida aholi daromadlarining muntazam o`sishi moliyaviy imkoniyatlarning mustahkamlanishini va aholi tomonidan asosiy oziqovqat mahsulotlarini iste`mol qilish hajmining oshishini ta`minladi. Jumladan, 2017 yil yakunlari bo`yicha sabzavotlar – 2770 kg, mevalar – 145,2 kg, tuxum – 215 dona, go`sht va go`sht mahsulotlari – 43,2 kg, sut va sut mahsulotlari – 270,0 l. ni, kartoshka – 55,2 kg, shakar – 31,0 kg, o`simlik yog`i – 24,0 l.ni tashkil etdi. 2017 yilda iste`mol xarajatlari tarkibi Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga 44,3 % Uydan tashqarida ovqatlanishga 2,4 % Alkogol ichimliklar 0,5 % Kiyim kechak va oyoq kiyimlarga 10,7% Maishiy texnika va elektronika 0,9 % Boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga 21,2 % Kommunal xizmatlarga 6,9 % Ta'lim olish xizmatlariga 2,5 % Sog`liqni saqlash xizmatlariga 1,4 % Aloqa va transport xizmatlariga 5,9% Boshqa xizmatlarga - 3,3 % 10 162,0 187,6 239,0 270,0 0,0 50,0 100,0 150,0 200,0 250,0 300,0 Sut va sut mahsulotlari, l 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y. 12,0 12,5 13,0 24,0 0,0 5,0 10,0 15,0 20,0 25,0 30,0 O`simlik yog`i 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y 16,0 16,0 17,0 31,0 0,0 10,0 20,0 30,0 40,0 Shakar, konditer mahsulotlarini qo`shgan holda 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y 8-rasm 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli, kg 34,0 35,2 38,0 43,2 0,0 10,0 20,0 30,0 40,0 50,0 Go`sht va go`sht mahsulotlari 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y. 47,0 84,0 138,0 215 0,0 50,0 100,0 150,0 200,0 250,0 Tuxum, dona 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y. 128,0 179,2 238,0 277,0 0,0 50,0 100,0 150,0 200,0 250,0 300,0 Sabzavot va poliz ekinlari 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2017 y. 36,0 38,2 45,0 55,2 0,0 10,0 20,0 30,0 40,0 50,0 60,0 Kartoshka 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y 42,0 66,1 83,0 145,2 0,0 50,0 100,0 150,0 200,0 Meva va rezavorlar 2000 y. 2005 y 2010 y. 2017 y 11 Shuni alohida ta`kidlash lozimki, mustaqilligimizning dastlabki yillarida iste`mol uchun zarur bo`lgan g`alla, go`sht, go`sht- va sut mahsulotlari, kartoshka va boshqa mahsulotlar chetdan keltirilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarilishining jadal rivojlanishi natijasida xalqimiz ehtiyojlarini to`liq ta`minlabgina qolmay ko`plab chet mamlakatlariga eksport qilib kelinmoqda. 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan iste`mol hajmi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan go`sht va go`sht mahsulotlari - 1,3 marta, sut va sut mahsulotlari - 1,7, tuxum - 4,6, sabzavot va poliz ekinlari - 2,2, kartoshka - 1,5, shakar va qandolat mahsulotlari - 2,0, meva va rezavorlar - 3,5, o`simlik yog`i esa - 2 martaga oshgan. IV. Respublika aholisining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligining o`zgarishi tendensiyalari 2000-2017 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganlik darajasi va tarkibida ham sifat jihatidan o`zgarishlar kuzatilmoqda, eng muhim jihati shundaki, bu kabi xalq iste`moli tovarlarining aksariyati bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta`minlanganlik darajasi 2017 yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 44 taga yetdi. Shuningdek, har bir 100 xonadonga to`g`ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,8 marta oshgan (9-rasm). 9-rasm Yengil avtomobillar va televizorlar bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga 20 22 27 44 0 20 40 60 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2017 y. Yengil avtomobillar 88 109 132 154 0 50 100 150 200 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2017 y. Televizorlar 12 11 14 19 34 0 10 20 30 40 Konditsionerlar 2017y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. Shuningdek, sovutgich va muzlatgichlar – 101 dona (o`sish 1,2 barobar), konditsionerlar – 34 dona (o`sish 3,1 barobar), elektr changyutgichlar – 54 dona (o`sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 dona (o`sish 1,2 barobar) tashkil etdi (10-rasm). 10-rasm Sovutgich va muzlatgichlar, konditsionerlar, elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlar, ya`ni stolga qo`yiladigan, ko`chma kompyuterlar (noutbuklar, netbuklar), planshetlar hamda uyali aloqa telefonlarining aholi hayotiga shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi, aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor ravishda xabardor bo`lish bilan bir qatorda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. 2017 yil yakuniy ma`lumotlariga ko`ra, 100 ta uy xo`jaligiga to`g`ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani (2000 yilda esa bu ko`rsatkich 0,2 donani tashkil 86 91 99 101 70 80 90 100 110 Sovutgich va muzlatgichlar 2017y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. 69 71 75 80 60 65 70 75 80 85 Kir yuvish mashinalari 2017y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. 30 33 37 54 0 20 40 60 Elektr changyutgichlar 2017y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. 13 18 79 145 257 0 100 200 300 Моbil telefonlar 2017y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. qilgan edi) tashkil etgan bo`lsa, 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta`minlanganligi deyarli 14,3 barobarga oshib, 2017 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 257 tadan, ya`ni har bir xonadonga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari to`g`ri keldi (11-rasm). 11-rasm Shaxsiy kompyuterlar va mobil telefonlar bilan ta`minlanganligi, 100 ta uy xo`jaligiga Olingan ma`lumotlarga ko`ra, aholining ta`minlanganlik darajasidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo`lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda konditsionerlarga hali hamon ehtiyoj mavjudligini bildiradi. O`z navbatida ma`lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda xorijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi tashkilotlar uchun egallanmagan katta qismdagi iste`mol bozorining mavjud ekanligidan dalolat beradi. V. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi boshqa ko'rsatkichlarning tendensiyasi Aholi turmush darajasini baholashda jon boshiga to`g`ri keladigan daromad, xarajatlarning tarkibiy o`zgarishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligi bilan bir qatorda uy-joy sharoitlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta`minlanganligi, aholi istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, zamonaviy talablar asosida ta`lim olish hamda sog`liqni saqlash tizimidan qoniqish kabi muhim ko`rsatkichlardan foydalaniladi. 0,2 5 12 50 0 20 40 60 Shaxsiy kompyuterlar 2017 y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. 14 2017 yil kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra respublikamiz aholisining 97,9% shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu ko'rsatkich qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi bo'yicha 99,3% ni tashkil etmoqda. Ushbu ko'rsatkichlar 2000 yilda mos ravishda 93,7 va 95,4% ni tashkil etgan edi. Undan tashqari, 2000 yilda bir oila a'zosiga 20 kv.m va undan ko'p turar-joy maydoni to'g'ri keladigan uy xo'jaliklarining ulushi jami o'rganilgan uy xo'jaliklariga nisbatan 17,1% ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yil yakunlari bo'yicha ushbu ko'rsatkich 28,6% ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlarni aholini uy-joy bilan ta'minlash, bevosita kam ta'minlangan va yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali natijasi sifatida ko'rishimiz mumkin. So'nggi yillarda Hukumatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj, ko'p bolali hamda yosh oilalarni qo'llabquvvatlash maqsadida ularni arzon uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, birgina 2018 yilning o'zida bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobarga oshirilishi rejalashtirilmoqda.