Eyler usuli umumiy tushuncha. Eyler almashtirmalari hollar. Eyler almashtirmalari haqida tushuncha



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü53,56 Kb.
#163638
1   2   3
Eyler almashtirmalari

Eyler teoremasi. Har qanday qavariq ko‘pyoqlikda yoqlar (m) bilan uchlar (n) sonining yig‘indisidan qirralar () sonining ayirmasi ikkiga teng bo‘ladi, ya’ni m+n=2

а) b) с) d) e)

5-shakl

Yarim muntazam qavariq ko‘pyoqliklar turli shakldagi muntazam qavariq ko‘pburchakli yoqlarga ega bo‘lib, muntazam qavariq ko‘pyoqliklarning uchlarini kesish orqali hal qilinadi. Bunday ko‘pyoqliklar 18 xil bo‘lib, ular Arximed jismlari deb yuritiladi (6-shakl). Bu shaklda Arximed jismlaridan biri bo‘lgan kesik oktaedr tasvirlangan.


Ko‘pyoqliklar texnikada turlicha ko‘rinishdagi mashina detallari, ko‘pyoqlik linzalar yasashda hamda arxitektura va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Ko‘pyoqliklardan yana «Geodezik» gumbazlar yasashda, keng oraliqli binolarni ustunsiz yopishda keng foydalaniladi.




Eyler usuli

Ushbu bo’limning yuqori paragraflarida ko’rilgan usullar taqribiy analitik usullar bo’lib, bu hollarda yechimlar analitik (formula) ko’rinishlarida olindi. Bu usullar bilan topilgan yechimni aniqlik darajasi haqida yuritish birmuncha murakkab bo’ladi.


Masalan, ketma-ket differensiallash usulini qo’llaganda qatorning juda ko’p hadlarini hisoblashga to’g’ri keladi va ko’p hollarda shu qatorni umumiy hadini aniqlab bo’lmaydi. Pikar algoritmini qo’llaganimizda esa, juda murakkab integrallarni hisoblashga to’g’ri keladi va ko’p hollarda integral ostidagi funktsiyalar elementar funktsiyalar orqali ifodalanmaydi. Amaliy masalalarni yechganda, yechimlarni formula ko’rinishida emas, balki jadval ko’rinishida olingani qulay bo’ladi.
Differensial tenglamalarni sonli usullar bilan yechganda yechimlar jadval ko’rinishida olinadi. Amaliy masalalarni yechishda ko’p qo’llanadigan Eyler va RungeKutta usullarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi tartibli differensial tenglamani
y=f(x,y)
[a,b] kesmada boshlang’ich shart: x=x0 da u=u0 ni qanoatlantiruvchi yechimi topilsin.
[a,b] kesmani x0, x1, x2, ..., xn nuqtalar bilan “n” ta teng bo’laklarga ajratamiz.
Bu erda xi=x0+ih (i=0,1, ..., n), h= – qadam.
(7.4.1) tenglamani [a,b] kesmaga tegishli bo’lgan biror [xk , xk+1] kesmada integrallasak

k
Bu erda y(xk)=yk belgilash kiritsak
uk+1=uk+
Bu erda integral ostidagi funktsiyani [xk , xk+1] kesmada o’zgarmas x=xk nuqtada boshlang’ich qiymatga teng desak, Eyler formulasini hosil qilamiz:


uk+1= yk+ yk , yk=hf(xk,yk)

Ushbu jarayonni [a,b] ga tegishli bo’lgan har bir kesmachada takrorlasak, (7.4.1) ni yechimini ifodalovchi jadvalni tuzamiz..
Eyler usulini differensial tenglamalar tizimini yechishni ham qo’llash mumkin. Quyidagi sistema uchun boshlang’ich masala berilgan bo’lsin:
x=x0 da u=u0, z=z0
(7.4.4) ning taqribiy yechimlari quyidagi formulalar bilan topiladi
ui+1=yi+ yi , zi+1=zi+ zi
Bu erda
ui=hf1(xi,yi,zi), zi=hf2(xi,yi,zi), (i==0,1,2, ...)

Misol. Eyler usuli bilan y=y+(1+x)y2 , u(1)=-1 masalaning yechimi [1;1,5] kesmada h=0,1 qadam bilan topilsin.


Yechish. Masalani shartidan x0=1, u0=-1 topamiz va (7.4.3) Eyler formulasidan quyidagi jadvalni tuzamiz.

I

xi

yi

f(xi ,yi)

Aniq yechim

0

1

-1

1

-1

1

1,1

-0,9

0,801

-0,909091

2

1,2

-0,8199

0,659019

-0,833333

3

1,3

-0,753998

0,553582

-0,769231

4

1,4

-0,698640

0,472794

-0,714286

5

1,5

-0,651361




-0,666667

Jadvaldan taqribiy yechim va aniq yechim orasidagi farqlarni xam ko’rishimiz mumkin.


Bu usulni takomillashtirilgan ko’rinishlaridan biri Eyler-Koshi usulidir. Eyler-Koshi usuli yordamida esa taqribiy yechimlar quyidagi formulalar orqali xisoblanadi:



bu erda
.
ADABIYOTLAR


1. А.Г.Хикматов, Т.Т.Турдиев. “Математик анализ”. –Т.: Укитувчи, 1980, 248-б.
2. Й.У.Соатов. “Олий математика”. 1-том -Т.: Укитувчи, 1992.
3. Т.Азларов, М.А.Собиров, М.Сахаев. “Математикадан кулланма”. –T.: Уқитувчи, 1979 й.
4. А.Н.Колмогоров, А.М.Абрамов ва бошкалар. “Алгебра ва анализ асослари”. 9-10 синфлар учун укув кулланма. –Т.: Укитувчи, 1987 й, 352-б.
5. F.Rajabov, S.Masharipova, R.Madraximov. “Oliy matematika”. (O`quv qo`llanma), -T.: “Turon-iqbol”, 2007 y.
Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin