Kompton effekti. Klassik nazariyaga ko'ra, sochilgan nurlanishning
chastotasi tushuvchi nurlanish chastotasiga teng bo'ladi. Rentgen
nurlarining turli moddalardan sochilishini o'rganib, Kompton 1923-
yili yorug'likning kvant nazariyasida muhim bo'lgan ajoyib hodisani
kashf etdi. U sochilgan nurlar tarkibini tekshirib, unda dastlabki nurlarning
to'lqin uzunliklaridan farqli bo'lgan nurlanishlar borligini
aniqladi. Kompton o'tkazgan tajribalari asosida quyidagi xulosalarga
keldi:
1. Sochilgan nurlanishda dastlabki chastotaga (to'lqin uzunlikka)
mos va undan kichik chastotali (katta to'lqin uzunliklardagi) nurlanishlar
mavjud.
2. Chastotalar (to'lqin uzunliklar)dagi farq sochilish burchagiga
bog'liq, ya’ni
ДА, = X' - X = A„(l - cos0) (18)
qonuniyatga bo'ysunadi. Bu yerda X, X' - tushuvchi va sochiluvchi nurlanishning
to'lqin uzunliklari, X0 - o'zgarmas kattalik, 0 - sochilish burchagi.
Tajribalar orqali aniqlangan bu xulosalami klassik nazariya asosida
tushuntirish mumkin emas. Chunki, klassik tushunchalarga ko'ra,
yorug'lik elektromagnit to'lqin deb qaralganda, elektronni shu to'lqin
chastotasida tebranishga majbur etadi. Bunday chastotada tebranuvchi
elektron faqat shu chastotali elektromagnit to'lqinlar tarqata oladi.
Demak, klassik tasawurlarga ko'ra, ш = (o'(X = X'), ya’ni sochiluvchi
nurlanish chastotasi (to'lqin uzunligi) tushuvchi nurlanish chastotasida
(to'lqin uzunligida) bo'ladi.
Endi kvant tasawurlarga asoslanib bu hodisani to'g'ri tushuntirish
mumkinligini ko'rsataylik. Agar yorug'lik h energiyali hk
impulsga ega bo'lgan fotonlar deyilsa, Kompton effektini foton bilan
elektronning to'qnashishidan iborat jarayon deb qarab, uni ham sifat
jihatidan, ham miqdor jihatidan tushuntirish mumkin.
Fotonlar elektronlar bilan to'qnashishida o'zining harakat yo'nalishini
(tezligini, ya’ni impulsini) o'zgartiradi. Boshqacha aytganda,
to'qnashishda foton bir qism energiyasini elektronga berib, o'z energiyasini
o'zgartirish hisobiga foton dastlabki energiyasi e= йш dan kichik
e0 = hmQ energiyaga ega bo'ladi. Shuning uchun e > e0 yoki bundan
ш > o)0 ekanligi kelib chiqadi. Bu esa tajribada kuzatilgan sochilgan
nurlar tarkibida X' > X to'lqin uzunligidagi nurlanishlar mavjudligini
tasdiqlaydi.
Kompton effekti kvant tushunchalar asosida miqdor jihatdan
quyidagicha tavsiflanadi. Foton bilan elektron to'qnashishiga energiya
va impuls saqlanish qonunlarini tatbiq qilib, Kompton effektini
miqdoriy tavsiflash mumkin.
Atomdagi elektronlar energiyasiga nisbatan rentgen nurlarining
kvant energiyasi yetarli katta
bo'lgani uchun, elektron energiyasini
hisobga olmaslik darajada kichik deb
olish mumkin. Shuning uchun
teng bo'lgan erkin va tinch zarralar
deb qaraladi. Fotonning tinch deb hisoblangan elektron bilan noelastik to'qnashuvi 3-rasmda tasvirlangan
Fotonning_to'qnashishgacha va to'qnashishdan keyingi impulslari
P = h k, P' = hk' elektronning to'qnashishgacha impulsi nolga teng va
to'qnashishdan keyingi impulsi mv ga teng deylik. Fotonning
to'qnashishgacha va to'qnashishdan keyingi energiyalari e = Ato,
e ’= йш0 ga teng, elektronning to'qnashishgacha va to'qnashishdan keyingi
energiyalari E = m0c2, Ek = me2 ga teng bo'lsin. Impuls va energiyaning
saqlanish qonuni foton va elektron to'qnashish jarayoni uchun
hk = h'k + mv (19)
йсо + m0c2 = hm' + me2 (20)
ko'rinishda ifodalanadi.
(19)dan foton va elektron to‘qnashish jarayoni uchun
Dostları ilə paylaş: |