TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Bs-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A.
Ba ja rdi
Tekshirdi
F.I.O.
Rahmonova X.N.
5) mayin materiallarni yiriklashtirish;
6) uning komponentlarini aralashtirish yo‘li bilan shixta tayyorlash.
Kimyoviy tayyorlash esa dastlabki ruda materiallarni kuydirish yoki
aglomeratsiyalash misol bo‘ladi. Dastlabki yiriklashtirish shu bilan izohlanadi, ya’ni
metallurgik korxonalarga dastlabki ruda materiallari mayin yanchilgan holda
kelishidir. Mayin yanchilgan materiallarni pirometallurgik qayta ishlash texnologik
sharoitlarga ko‘ra mumkin emas (masalan, shaxtali pechlarda). Yoki ko‘p miqdorda
chang chiqishi kuzatiladi. Mayin yanchilgan materiallarni yiriklas htirish quyidagi
usullarda okatishlash, briketlash va aglomeratsiyalashlarda olib boriladi. Hozirgi
paytda xomashyo kimyoviy tarkibining tez-tez o‘zgarib turishi, misli ashyo yoki
boyitmani yetkazib beradigan korxonalarning bir me’yorda ishlamasligi ko‘pgina
qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Chuunki eritish pechlaridan olingan mahsulotning
sifati va undan olinadigan iqtisodiy samara hamda boshqa iqtisodiy -texnik
ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi, asosan, shixta tayyorlash jarayoniga bog‘liq.
Shuning uchun ham har qanday mis eritish zavodlarida, ilmiy tadqiqot
loyihalashtirish institutlarida ashyolarni eritishga tayyorlash muhim metallurgik
jarayonlardan biri deb qaraladi. Tarkibida ajratib olishga moyilligi bor metalli
ashyolar, ya’ni qaytar ashyo, chang, kvarsli fluslar, mis boyitmasidan iborat bo‘lgan
ashyolar qorishmasi shixta deb ataladi. Shixta tarkibiga qanday holatda (qattiq,
suyuq, gazsimon) bo‘lishidan qat’i nazar, yonilg‘ilar kirmaydi.
Shixtaning sifatiga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Kimyoviy tarkibining doimiyligi.
2. Kimyoviy, mineralli va qumoqlik tarkiblarning bir toifaliligi.
3. Shixta birikmalarining eng qulay va afzal yirikligi.
4. Eritish uchun bo‘lgan qulay namligi.
Metallurgiya agregatlarining qat’iy bir maromda ishlashi uchun yuqoridagi
ikkita talab muhim ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoati sharoitida har kuni yuzlab,
minglab tonna xomashyo qayta ishlatilganda, ular tarkibining doimiyligi,
xomashyoning bir me’yorda berib turilishi ta’minlanishi zarur.
Qayta ishlanayotgan shixtaning yirikligi esa qaysi jarayon va qaysi pechda
borishiga bog‘liq. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun shixta yirikligi 2–5 mm dan
ortmasligi kerak. Kislorodli-mash’alli pech uchun esa 0,1 mm dan yuqori
bo‘lmasligi lozim.
O‘z navbatida shixtaning namligi ham texnologik jarayonning borishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun 5–8% namlikdagi
shixtalarni ishlatish mumkin bo‘lsa, kislorodli-mash’alli pechlarda esa shixta
quvurli quritgichlarda qayta quritiladi va namligi 0,5% ga yetganda pechga havo
orqali purkaladi.
Imzo
Sana
Bet
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Bs-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A.
Ba ja rdi
Tekshirdi
F.I.O.
Rahmonova X.N.
Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. Bular
mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga quyidagi jarayonlar majmui kiradi:
1. Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga boy bo‘lgan
konverter toshqollari bilan maydalash va yanchish.
2. Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash.
3. Rudalarni boyitish.
4. Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish.
5. Shixta qorishmasini tayyorlash.
6. Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. Ayrim
jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi.
7. O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish.
Mexanik tayyorlash mobaynida xomashyolar yoki shixtaning elementar
mineralogik tarkibi o‘zgarmaydi. Faqat uning tarkibidagi ajra -tib olinishi kerak
bo‘lgan ma’danlar bilan nokerak tog‘ jinslari orasidagi nisbat yoki uning qumoqligi,
mayda-yirikligi hamda namligi o‘zgarishi mumkin. Kimyoviy usul esa ashyolarning
kimyoviy va fazali tarkibining o‘zgarishi bilan boradi. Kimyoviy usul bilan
tayyorlash deyilganda, ko‘proq pirometallurgiya jarayoni, ya’ni sulfidli ashyolarni
oksidlovchi kuydirish yo‘li bilan pechlarda eritish yoki gidrometallurgiya usuli bilan
tanlab eritishga tayyorlash tushuniladi. Mis ashyolarini tayyorlash, ulardan vaqtida
o‘rtacha namuna olib, zaxirada ma’lum miqdorda ushlab turish shixta
tayyorlashning asosiy omillaridan biridir. Zaxirada xomashyoning hech
bo‘lmaganda 20–30 kunga yetadigan miqdorda bo‘lishi, nafaqat korxona eritish
agregatlarining bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi, balki rejadagi misni va
qimmatbaho metallarni olishga sarf qilingan xarajatlarni qoplashga olib keladi va
ishlab chiqarishning unumdorligini oshiradi. Shixta qorishmasini tayyorlash ombori
bir qancha zovurlardan hamda shixta uchun mo‘ljallangan bo‘linmalardan iborat
bo‘lib, ularga shixta qorishmasi alohida yuklanadi. Kerak bo‘lganda osma yuk
ko‘targich mashinalar yordamida ashyo olinib, xampalar (bunker) orqali shixta
uzatkich tasmaga, undan so‘ng shixta qorishmasi uchun mo‘ljallangan xampaga
yuklanadi. Shixta qorishmasining sifatli tayyorlanishi va yaxshi aralashtirilishi
metallurgik jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umuman, jarayonning borishi
davomida misning kam yo‘qolishi, unumdorlikning ortishi, jarayonning bir tekisda
bo‘lishi shixta qorishmasining tayyorlanishiga bog‘liq. Shixta qorishmasini
tayyorlash, saqlash hamda jarayonga uzatish mexa-nizatsiyalashgan qatlamli shtabel
orqali xomashyo omboriga olib boriladi. Mexanizatsiyalashgan shixta saqlanadigan
va jihozlangan joy yopiq omborxonadan iborat bo‘lib, shixta qorishmasini uzatish,
saqlash va jarayonga yetkazib berishga mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan
bo‘ladi. Har bir bo‘limga ashyolar qatlam holida, uloqtiruvchi aravachalar orqali
Imzo
Sana
Bet
Dostları ilə paylaş: |