2.A.Fitratning pedogogik g’oyalari haqida ma’lumot bering Fitrat shoir, dramaturg, musiqashunos, atoqli davlat, siyosat arbobi bo‘lishi bilan birga, yirik tilshunos va adabiyotshunos olim, Turkiston xalq ta’limi taraqqiyotiga muxim hissa qo‘shgan buyuk ma’rifatparvar va barkamol inson shaxsini tarbiyalash uchun kurashgan mohir pedagog hamdir. Fitratning ma’rifiy qarashlari o‘zbek va tojik xalqlarining tarixiy taraqqiyot natijasida shakllangan, Markaziy Osiyoning mashhur olim va mutafakkirlari, islom dinining kudratli ta’limoti, shuningdek XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar, jadidizm mafkurasi hamda jadid ma’rifatchiligi g’oyalarining ta’sirida shakllandi. Xalqi va millatining porloq kelajagi, vatanining ozod va mustakilligi uchun kurash Fitrat hayoti mazmunining asosini tashkil etdi. U millatpatparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qadriyatlarga tayanib, o‘zining shunga oid ta’limotini yaratdiki, bu hozirgi kunimizda vatanparvarlik mafkurasini yaratish va yoshlarni vatanni, millatni sevishga o‘rgatishda muhim yo‘llanma bo‘la oladi. Vatan, vatanpavarlik va insonparvarlikni eng yuksak axloqiy hislatlar deb bilib, uni juda qadrladi Vatanni “sajdagoh” deb atab, kishilarni uni sevishga, asrashga, unga sidqidildan xizmat qilishga chaqirdi.Fitrat o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyatida o‘lkada maorif va madaniyatni rivojlantirish, xalqni ma’rifatli qilish orqali mamlakatni yuksaltirish uchun harakat qildi. U yangi usul maktablar ochish, chet ellarga talabalar yuborib, malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga rahbarlik qildi. Adib turli o‘quv yurtlarida o‘qituvchilik qilib, ko‘plab olim va pedagoglar tayyorladi. Qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratib, O‘zbskiston maorifi rivojiga katga hissa ko‘shdi. Olimning boshlangaih sinflar uchun yozgan “O‘quv” darsligi tilning sodda va ravonligi, bolaning yosh xususiyatlarni xisobga olinganligi, kundalik hayotiy voqealar aks ettirilganligi, undagi barcha hikoya va matnlarning ta’lim va tarbiyaviy xarakterda ekanligi ularning barchasi adib tomonidan yaratilganligi bilan xarakterli. Fitrat o‘z tarbiya nazariyasida inson kamoloti uchun zarur bo‘lgan va shaxs hayot mazmunini tashxil kiluvchi ma’naviy,oilaviy, insoniy majburiyatlarni belgilab, shu majburiyatlarni amalga oshirilishi jarayonida komil inson shakllanadi, deb hisobladi. Olimning fikricha, kishi millat manfaati uchun xizmat qilsa, boshqalarga yaxshilik qilib, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsaning bir qismini muhtojlarga beradigan bo‘lsa u saodatga etishadi. Uning goyasiga ko‘ra inson kachonki boshqalar uchun foyda keltira olsa, o‘shandagina uning qalbi kamolga etadi. har tomonlama etuk, barkamol kishi tarbiyalashda jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyani birgalikda uzviy bogliq holda olib borishning ahamiyati, ularning mazmuni, amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tadi. Uning bu tarbiyalarga oid nazariyalari, jumladan jismoniy tarbiya mazmuniga oid qarashlari hozirgi kunimizda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkirlar va jadidlar kabi Fitrat ham inson kamolotga etishishida ilm-fan, bilim o‘rganishning, ya’ni aqliy tarbiyaning ahamiyatini juda katta deb biladi. Ilm egallash, bilim o‘rganishning zarurligini din talablari bilan ham asoslab beradi. Ta’lim qoidalari va metoddari haqida juda muhim va asosli fikrlarni bildiradi. Maktabda til ta’limi ona tili va xorijiy tillarni, aniq fanlar va tabiiy ilmlarning o‘qitilishiga alohida ahamiyat beradi. O‘zi yaratgan fanlar tasnifida barcha fanlarning, jumladan ijtimoiy fanlarning ham insonlar va jamiyat uchun ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Fitrat barkamol inson tarbiyalashda axloqiy tarbiyaning o‘rnini juda muhim deb biladi. Uning fikricha axloqiy tarbiyaning vazifasi isonni axloqiy barkamol bashariyatga foydali inson qilib tarbiyalashdan iborat. U hikmat, iffat, shijoat va adolatni - asosiy axloqiy sifatlar biladi. Adibning asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik,- ozodlik, maqsad sari intilish, vijdoli, adolatli, bo‘lish, sevgi-muhabbat g‘oyalari ulug‘lanadi. Mohir pedagog Fitrat oila tarbiyasi va jamiyatda ayolni o’rni masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Bola tarbiyasida onaning oilaning o‘rni juda muhimligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga tarbiyada oila, maktab, jamoatchilik hamkorligining zarurligini asoslaydi. Abdurauf Fitratnint ma’rifiy g‘oyalari O‘zbekistonning ilm-fani, madaniyati va milliy ta’lim-tarbiya tizimi rivojlanishida dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi shak-shubxasizdir.