F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


psixik faoliyatning xarakteri haqidagi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə111/218
tarix17.04.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#55589
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

psixik faoliyatning xarakteri haqidagi;

  • birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlaming namoyon bo 'lishi haqidagi.

    L.S.Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o’rgana borib, ular ichiga ixtiyoriy diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi - bu bola xulqining paydo bo’lishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o’rganishga

    124


    ham tadbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi:

    1. Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuksional jihatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo’ladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlari mavjud.

    2. Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatning namoyon bo’lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan bog’liq deb tushuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatining psixologik mexanizmi haqida gapirib, tashqi operasiya organizm xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o'sa boshlaydi.

    L.S.Vigotskiyning ilmiy yutuqi shundan iboratki, u diqqat muammosini o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.

    L.S.Vigotskiy ishlarini A.N.Leontev o’z tadqiqotlarida davom ettirib, ixtiyoriy diqqatning rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqat xatti-harakatni boshqarishning oliy shakli va tarixiy rivojlanish mahsuli deb tushundi. Bolalarda diqqat shaklarini tahlil qilib 3 ta bosqich mavjudligini ko’rsatdi.


    1. Yüklə 0,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin