F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə124/218
tarix17.04.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#55589
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   218
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Sezgi turlari

Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Ko’rish sezgilari;

  • Eshitish sezgilari;

  • Hid bilish sezgilari;

  • Ta'm bilish sezgilari;

  • Teri sezgilari;

  • Muskul - harakat (kinestetik);

  • Statistik sezgilar;

  • Organik sezgilar;

Ko’rish sezgilari

Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo’linadi. Psixofiziologik qonunga ko’ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda hosil bo’ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ulaming turlicha ko’rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.

Ko’rish sezgilarining organi ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari va to’r pardalari o’rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo’lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z ko’k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o’rta qismida yumaloq tiniq modda bo’lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko’z ichiga yoruqlik nurlari kiradi.

Ko’zlarning uchinchi pardasi to’r parda deb nomlanib, u ko’z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko’z gavqari joylashgan bo’ladi. Yoruqlik nurlari unda to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.

Ko’z soqqasining gavqari bilan to’r parda o’rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi. To’r parda rang va yoruqlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda ko’ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlaming chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko’zini to’r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko’zining to’r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar ko’riladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin