Ong osti holatlari - aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar va psixik holatlar yig’indisi. Odamning xatti -harakatlari va uning ongi mazmuniga ta'sir etishga qodir.
Psixika (yunon. psychikos - ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasawur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks etirishdan iborat.
Psixologiya (yunon. Psyche - puh logos - bilim) - odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u - hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
Refleks (lot. Reflexus - aks etish) - organizmning markaziy nerv tizimi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta'sirida reseptorlar qo’zg’alishiga javoban ko’rsatiladigan reaksiyasi.
Reseptor (lot, recipere - qabul qilmoq) - analizatoming qo’zg’alishini qabul qiluvchi ichki qismi.
Shartli refleks (lot. reflexus - aks etish) - reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi, shartli qo’zg’ovchilarga javob berishdan iborat refleks.