birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlaming namoyon bo 'lishi haqidagi.
L.S.Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o’rgana borib, ular ichiga ixtiyoriy diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi - bu bola xulqining paydo bo’lishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o’rganishga
124
ham tadbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi: Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuksional jihatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo’ladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlari mavjud.
Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatning namoyon bo’lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan bog’liq deb tushuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatining psixologik mexanizmi haqida gapirib, tashqi operasiya organizm xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o'sa boshlaydi.
L.S.Vigotskiyning ilmiy yutuqi shundan iboratki, u diqqat muammosini o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.
L.S.Vigotskiy ishlarini A.N.Leontev o’z tadqiqotlarida davom ettirib, ixtiyoriy diqqatning rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqat xatti-harakatni boshqarishning oliy shakli va tarixiy rivojlanish mahsuli deb tushundi. Bolalarda diqqat shaklarini tahlil qilib 3 ta bosqich mavjudligini ko’rsatdi.