10
tabiiy geografiya, iqtisodiyot, geologiya, ekologiya, tibbiyot, texnika va texnologiya
fanlari bilan o‘zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Fanning iqtisodiyot bilan farqini albatta
tushuntirish lozim deb ta’kidlaydi M.Sokol.
Iqtisodiy
geografiya
fanini
rivojlanishining
asosiy
tendensiyalari
iqtisodiyotlashish,
ekologizatsiyalashish,
sotsialogizatsiyalashish,
gumanizatsiyalashish bo‘lib, ular an’anaviy iqtisodiy
geografiyaning harakat
doirasini sezilarli darajada kengayishiga olib keldi. Bundan tashqari iqtisodiy
geografiyaning turli fanlar bilan integratsiya jarayonlarining kuchayib borishi yangi
fan va fanlararo yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga,
fanning nazariyaga
asoslanishining kuchayishi hamda ushbu fanning konstruktiv (amaliy) ahamiyatining
oshib borishi tendensiyalari tobora kuchayib borayotir.
Iqtisodiy geografiya tadqiqotlari ko‘plab ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng
foydalanadi(umumilmiy, umumgeografik, iqtisodiy geografik va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: