F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Qishloq xo‘jaligi. AQSh milliy daromadining 8 % dan ko‘prog‘i qishloq 
xo‘jaligida hosil qilinadi. Mehnatga yaroqli aholining 2,5 % qishloq xo‘jaligida band. 
Lekin Shunday bo‘lsada AQSH qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilar 
orasida dunyoda 1-o‘rinni egallaydi. Buning sababi, fermer ish kuchining juda yuqori 
mahsuldorligidir. Agrobiznes sharoitida bosqichma-bosqich ixtisoslashuv yuksak 


49 
rivojlangan. Bunday ixtisoslaShuvga binoan bir butun ishlab chiqarish jarayoni 
bosqichlariga bo‘lib amalga oshiriladi. 
Umuman qishloq xo‘jaligi sermahsul va sertovar bo‘lib, muayyan hududlar 
ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln. ga 
yaqin fermer xo‘jaligi bor, bir fermer xo‘jaligi o‘rta hisobda 190 ga yerda 
dehqonchilik qiladi. AQSH da asosan bug‘doy, makkajo‘xori, soya, paxta, tamaki, 
sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekinlar ekiladi. 
Bug‘doyzorlar («bug‘doy mintaqasi») Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida 
(asosan Kanzas va SHimoliy Dakota shtatlari), makkajo‘xori («makkajo‘xori 
mintaqasi») Buyuk ko‘llarning janubida va g‘arbida (Ayova, Illinoys shtatlari) 
ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va 
Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi 
etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki SHimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki 
shtatlarida yetishtiriladi. Bog‘dorchilik va polizchilik Kaliforniya, Florida, Atlantika 
okeani va Buyuk ko‘llar sohillarida ko‘proq. Keng cho‘llar va «makkajo‘xori 
mintaqasi» shtatlarida go‘shtbop chorvochilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut 
chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning ko‘p qismi 
qayta ishlanib, pishloq va sariyog‘ ishlab chiqariladi. Qo‘ychilik asosan qurg‘oqchil 
tog‘li shtatlarda rivojlangan. Go‘shtbop jo‘ja (broyler), tovuq, ko‘rka yetishtirishga 
katta ahamiyat beriladi. Tuxum ko‘proq janubiy-Sharqiy shtatlardagi yirik 
parandachilik fabrikalarida yetishtiriladi. AQSHda 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. 
bosh cho‘chqa, 10 mln. bosh qo‘y bor. Yillik baliq ovlash miqdori bo‘yicha AQSH 
dunyoda 5-o‘rinni egallaydi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin