F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
 


46 
6.4.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari
AQSh – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 
YAlpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish hajmi, tovar va 
kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning to‘planish va markazlaShuvi, ilmiy 
tadqiqotlarga sarf-harajati bo‘yicha 1 – o‘rinda turadi. Butun dundagi sanoat ishlab 
chiqarishning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi paydo, G‘arbiy 
dun mamlakatlari aviaraketa – kosmos texnikasining 3/4 qismi, EHM ning 2/3 qismi, 
ko‘mir qazib chiqarish hajmining va AESlar quvvatining yarmidan ortig‘i, g‘alla 
ekinlari yalpi hosilining 1/3 qismi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 8,8 tril. Tashkil etib, uning yillik o‘sishi 
o‘rtacha 4% atrofida. 
Sanoati. AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. AQShning 
ishlab chiqarish sanoati dun bo‘yicha Shu sohadagi ekspertning 1/5 qismini egallaydi. 
Qo‘shma SHtatlar sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va hududiy 
konsentratsiyasi ilan ajralib turadi. U ham ommaviy, seriyali, ham o‘rta murakkab, 
unikal mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sanoat ishlab chiqarishining 
yarmiga Yaqini sanoat korporatsiyalari qo‘lida. Ular orasida: «Ekson», «Mobil», 
«Teksako», «SHevran», «neft», «Jineral motors», «Ford motor», «Kraysler» 
avtomobil, «IM», «Jeneral elektrik», «ITT» «Elektr mashinasozligi», «Dyulen de 
Nemur» «Kimyo» va boshqa korporatsiyalar bor. 
Elektr energetika. Elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH dunyoda 
yetakchi hisoblanadi. Elektr energiyaning 74% MESlarda, 12,1% GESlarda, 14,1% 
AESlarda hosil qilinadi. 
Yoqilg‘i sanoatida neft (Miksika qo‘ltig‘i sohilidagi Galf, Koliforniya, 
Alyaska), tabiiy gaz (Gald) va ko‘mir (Appalagi va Markaziy havzalar) asosiy o‘rinni 
egallaydi. Ko‘mir 15 shtatda qazib olinadi. Asosan ochiq usulda qazib olinadigan 
Appalachi havzasi (80%) asosiy o‘rinni egallaydi. 
Qora metallurgiya. XX asrning ko‘p o‘n yilliklari mobaynida AQSH po‘lat 
eritish bo‘yicha dunda birinchi o‘rinni egalab kelgan. Biroq oxirgi yillarda bu 
tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlari keskin ravishda pasaydi. Qora metallurgiyaning 


47 
eng eski markazlaridan biri Shimoliy – Appalachi rayoni hisoblanadi. Bu rayon 
Appalachidagi konslanuvchi ko‘mir va mahalliy rudasi asosida shakllangan bo‘lib, 
uning markazi – Piterburg shahridir. Ikkinchi metallurgiya markazi AQSHning – 
Ko‘l bo‘yi rayoni bo‘lib, bu erda metallurgiya sanoati rivojlanishida iste’mol omili 
yetakchi o‘ringa ega. Eng yirik metallurgiya korxonalari joylashgan shaharlar – 
Miluoki, CHikago, Deyroyt va boshqalar. 
Rangli metallurgiya. AQSH rangli metallurgiyaning aosiy turlarini yirik ishlab 
chiqaruvchi hisoblanadi. 
Miss, Rux, Qo‘rg‘oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Ayxado, Arizona 
shtatlarida mavjud. Alyuminiy sanoati Golf atrofida hamda Kolumbiya va Tennesi 
daryolari havzvlarida joylashgan. 
Mashinasozlik va metallsozlik. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band 
aholining 40 foizi to‘g‘ri keladi. AQSH mashinasozligini o‘n minglab korxonalar va 
minglab firmalar tashkil etadi, lekin Shular ichida bir necha yirik korparatsiyalar 
hukmronlik qiladi. Sanoat va energetika asbob-uskunalari ishlab chiqarish asosan 
shimoliy-Sharqiy shtatlarda, elektro-texnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish 
shimoliy-sharq va Kaliforniyada yo‘lga qo‘yilgan. Avtomobillsozlik tarmog‘i 
AQSHning 20 ta shtatida mavjud. Michiga shtatidagi Debrayt shahri mamlakatning 
«avtomobil poytaxti» hisoblanadi. 
Avtomobil sanoati-AQSh xo‘jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning 
tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik 
monopoliyalari: «Boing», «YUnayted texnologiya», «Mandolond Dujas», «Lokxod», 
AQSHda kemasozlik markazlari Atlantika okean iva Meksika qo‘ltig‘i sohillaridagi 
shaharlarda joylashgan. 
Elektr texnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika 
ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari 
boshqarib boradi. AQSH va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi 
ish bilan band tarmoqning yirik markazlari-CHikago, Los-Anjiles, San-Fransisko, 
Nyu-york, Boston, Pitsburg, Feladilfiya, Dallas va Fort-Uert. 


48 
Kimyo sanoati. AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi 
bo‘ytcha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyuron de Nemir», «Dou kemike», 
Mansakto» va boshqa firmalar yuqori o‘rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar, mineral 
o‘g‘itlar, buyoqlar, maishiy-kimyoviy buyoqlar, farmasevtika va kosmetika 
mahsulotlari ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoliy-Sharqiy 
shtatlarda, Meksika qo‘ltig‘i sohilidagi shaharlarda joylashgan.Harbiy sanoat asosan 
Kaliforniya, Nyu-york, massa chusets, Virshnaya shtatlarida rivojlangan. Harbiy 
sanoat korporatsiyalari orasida «Jeneral daynemijs», «Lokxid», Makdonnel Duglas», 
«Grumman», Xyuz Eyrkraft» yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Engil sanoat tarmoqlaridan eng salmoqlisi to‘g‘imachilik (ko‘proq SHimoliy 
Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) charm-poyabzal sanoati 
rivojlangan. 
Oziq-ovqat sanoati. Bu tarmoq mamlakat qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga 
tayanadi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotning katta qismi shimoliy shtatlarda to‘g‘ri 
keladi. Uning yetakchi tarmoqlari-go‘sht, sut, un, yog‘, qand-shakar, konserva, 
alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki. 
AQSHda sanoati korxonalari notekis joylashgan. Sanoatning eng rivojlangan 
regioni Markaziy shimol (ayniqsa Illinoys, Ogayo, Michigan) bo‘lib, u umumiy 
ishlab chiqarishning 25 foizini beradi. O‘rta Atlantika regioni (Nyu-York, 
Penselvaniya, Nyu-Jersi) ikinchi o‘rinni egallab, mamlakat ishlab chiqarishining 20 
foizini tashkil etadi. Bu region asosan Kimyo va mashinasozlikka ixtisoslashgan. 
Tinch okeani sohil bo‘yi regioni (Kaliforniya) umumiy sanoatning 15 foizini tashkil 
etib, 3 o‘rinda turadi. Bu region transport jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, elektrik 
va elektronik jihozlarga ko‘proq ixtisoslashgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin