43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI
Qishloq xo‘jaligi. Germaniya qishloq xo‘jaligi yuqori darajada intensivligi
bilan ajralib turadi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish
jihatdan, u eng yuqori darajadadir. Germaniyada qishloq xo‘jaligiga yaroqli 36
mln.ga er bor. Qishloq xo‘jaligi strukturasida chorvochilik yetakchi o‘rin tutadi. GFR
da cho‘chqalar va qoramollar soni anchagina. Daromatning eng ko‘pini sut va go‘sht
etishtiruvchi xo‘jaliklar beradi. Barcha tumanlarda chorvochilik bilan dehqonchilik
birga qo‘shib olib boriladi. Haydalgan yerlar mamlakatdagi barcha ishga yaroqli
erlarning 1/3 qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Biroq ekinlarning hosildorligi yuqori
bo‘lganidan yalpi hosil ko‘p olinadi. Donli ekinlar orasida bug‘doy va javdar,
Shuningdek arpa va suli asosiy roluynaydi. Arpadan pivo qilinadi, pivo pishirish
ayniqsa Bavarilda rivojlangan. Kartoshka dedrli hamma yerda ekiladi, ko‘p
rayonlarda qand lavlagi yetishtirladi. Germaniya hududining qariyib uchdan bir qismi
(10,7 mln.ga) o‘rmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30-40 mln. kub
metr yog‘och tayyorlanadi. SHimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya orli
atroflarida baliq ovlanadi.
Transporti. Transport yo‘llarining zichligi bo‘yicha Germaniya jahonda
oldingi o‘rinlarda turadi. Transport tarmoqlarining barchasi rivojlangan.
GFRda temir yo‘llarining uzunligi 91,4 ming km bo‘lib, unda yuk tashish
hajmi jihatdan Fransiyadan keyingi o‘rinda turadi. Avtomobil transporti yo‘llari
496,6 ming km. bo‘lib, hozir yuk va yo‘lovchilarni temir yo‘liga qaraganda ko‘proq
tashimoqda. Daryo transportida mamlakat ichkarisidagi yukning 20% tashiladi va bu
transportning mamlakatdan ahamiyati yuqori. Muhim transport tugunlari
Gamburg,Myunxen, Leypsig shaharlardir. Eng yirik aeroport – Frankfurt Mayn
shahrida joylashgan. Jami Germaniyada 16 ta xalqaro aeroportlar mavjud. Asosiy
dengiz portlari: Gamburg, Bremen-Bremen xafen, Vilgelmsxafen, Rostok
hisoblanadi.