F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Sanoati. Nemis iqtisodiyotning asosiy tayanchi-sanoatdir. Sanoat mahsuloti 
qiymati jihatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotidan 6 barobar ortiq. Germaniya eng 
murakkab mahsulotlar-mashinasozlik va sertarmoq kimyo sanoati mahsulotlari ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar import qiladigan 
mashinlarning 33% ga yaqin qismini Germaniyadan oladi. Mashinasozlikning eng 
yirik markazlariga: Myunxig, Leyxig, Nyurnberg, Berlin, Gamburg shaharlari 
hisoblanadi. Germaniyada undan tashqari energetika, qora va rangli metallurgiya, 
kemasozlik, Kimyo va neft kimyosi, yog‘ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik 
g‘oyat rivojlangan. GFRning rangli metallurgiyasi, asosan, chetdan keltirilgan va 
ikkilamchi xomashyoda ishlaydi. Korxonalarning joylanishining bosh omili-energiya 
resurslari bilan ta’minlanganlik va xomashyoni olib kelishdagi qo‘laylik. 
Alyuminiyni eritish bo‘yicha G‘arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyin 
ikkinchi o‘rinni egallaydi. 
Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniya dunyoda Yaponiya va 
AQSHdan keyingi uchinchi o‘rinni egallaydi. Uning8 yirik markazlari – Volsburg, 
SHtushtgart, Kyoln, Myunxen shaharlaridir. 
Dengiz kemasozligining asosiy markazlariga – Kil, Gamburg, Brelin, Rostok 
shaharlari kiradi. Samolyosozlik markazlari – Myunxen,sburg, Gamburg, Bremen 
shaharlari hisoblanadi. 
Germaniya Kimyo sanoatining asosiy rayoni bu SHimoliy Reyn – Vestfaliya 
yeridir. Eng yirik markazlari: Leverkuzen («Baer» konserni), Kyoln, Frankfurt – 
Mayn («Hochyot» konserni), Lyudvichsxofen («Basf» konserni). 
Germaniya sanoati asosan o‘rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo‘lgan 
barcha xodimlarning 32% dan ko‘prog‘i yirik firmalarda ishlaydi. Germaniya 
iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmasevtika mahsulotlari
eng yangi organik kimyoviy moddalar va sun’iy materiallar, tibbiyot elektronikasi, 
optika va o‘lchov asboblari, temkommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish 
texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi o‘rinda. 


58 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin