F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Tayanch iboralar 
Turizm, transporti, sotuvlar orollari, ichki suvlari, turistik eksport, import, 
turmahsulot, texnologiyalari strategik tahlili, hududiy marketing strategiyalari. 
Nazorat savollari 
1. Yaponiyaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi.
2. Yaponiyaning tabiiy sharoiti, resurslari va ularni iqtisodga ta’siri. 
3. Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari 
4. Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari 
 
 


70 
9-bob. ROSSIYANING IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIFI
9.1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o‘rni. 
9.2.Aholisi va davlat tuzimi
9.3.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari:
9.4.Ichki tafoutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari. 
9.1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o‘rni va tabiiy sharoiti 
Rossiya Federatsiyasi – Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida 
joylashgan davlat. Maydoni 17.075 000 km
2
bo‘lib, dunyoda eng katta mamlakat. 
Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 
okean havzasiga qarashli 12 dengiz jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika 
okeani), Barliq, Oq, Qora, Laptevlar, Sharqiy Sibir va CHukotka (SHim. Muz 
okeani), Bering, Oxota Yapon dengizlari (Tinch okean) va 16 davlat bilan 
chegaradosh.
Ma’muriy jihatdan 89 subyekt: 21 respublika, 6 o‘lka, 49 viloyat, 2 federal 
shahar (Moskva, sank-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okruga 
bo‘linadi.
Rossiyada 2000 y. Markaziy , SHimoliy-G‘arbiy, Janubiy, Volga bo‘yi, Ural, 
Sibir, Uzoq SHarq federal okruglari tashkil etildi. 
Rossiya hududi meridian bo‘ylab 2,5 - 4 ming kmga, g‘arbdan sharqqa 9 ming 
km ga cho‘zilgan. Rossiya hududining 45% o‘rmon, ;% suv, 13% qishloq xo‘jaligiga 
yaroqli yerlar, 19 % bug‘u yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.
Rossiya maydonining qarayib 70% tekislik. G‘arbda Sharqiy Yevropa (yoki 
Rossiya) tekisligi joylashgan. Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (cheka shim.-
g‘arbida dengiz iqlimi), Sibir va Uzoq SHarq shimolda keskin kontinental, Janubda 
musson iqlim. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi Yevropa qismining g‘arbida va 
Kavkaz shimolida 0 – 5
o
, Saxa sharqida – 40
o
– 50
o
, iyulning o‘rtacha temperaturasi 
1
odan
, 24-25
o
gacha etadi. Eng ko‘p yog‘ingarchilik Kavkaz tog‘larida (yiliga 3200 
mm gacha), uzoq SHarq janubida (1000 mm gacha), Sharqiy Yevropa tekisligi 
o‘rmon zonasida (850 mm gacha) yog‘in tushadi. 


71 
Rossiyada uzunligi 10 km.dan oshadigan 120 ming ga yaqin daryo bor. 2 
mln.dan ortiq chuchuk va sho‘r suvli ko‘li bor.
Rossiya juda boy mineral – xomashyo zahiralariga ega. Dunyodagi 7 ta eng 
yirik ko‘mir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Dunyodagi temir rudasi, berilliy 
zahirasining 30 %, neftning 17-18 %, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70-75%, 
palladiyning 50% nikelning 40%, uranning 10 % i Rossiyada joylashgan. Jumladan, 
Uralda boksit, SHimoliy Kavkaz, O‘rta va janubiy Ural, Sharqiy Sibirda miss, 
Saxosda olmos konlari mavjud. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin