F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Qishloq xo‘jaligi. Yaponiyaning tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirish uchun umuman qulay. O‘rtacha balandlikdagi tog‘larning yon bag‘irlari 
yaxshi rivojlangan podzol tuproqlar va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari bilan qoplangan. 
Etarli darajada o‘g‘itlansa, bu tuproqlar yuqori hosil beradi. Qishloq xo‘jaligining 
ihtisoslashuvi jihatdan Yaponiya boshqa rivojlangan mamlakatlardan ancha farq 
qiladi. Qishloq xo‘jaligi yuqori rentabilligi va mehnat unumdorligi bilan ajralib 
turadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 foizini tashkil qilganligi 
uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga 


67 
o‘rganishgan. Yaponiya qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilikdir. Don 
xo‘jaligida sholi asosiy ekin hisoblanadi. SHoli ekin maydonlarining yarmiga 
Yaqinda ekiladi va yiliga 10-12 mln. tonna sholi yetishtiriladi. 
SHoli hamma yerda asosan sug‘oriladigan yerlarda, biroq tovar mahsulotining 
katta qismi Xonsyu orolining markaziy hamda janubiy rayonlarda yetishtiriladi. 
Xonsyukning shimolida va Xokkaydoda bug‘doy, javdar va arpa ekiladi, biroq 
etishtirilayotgan don mamlakat ehtiyojini qondira olmaydi. SHaharlar atrofida 
sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Texnika ekinlari-qand lavlagi, soya, tamaki, choy 
ham katta ahamiyatga ega. 
Yaponlar azaldan gulchilik bilan Shug‘ullanib keladilar. Ko‘p gullarning 
yapon diniy (sintoizm) marosimlarida ahamiyati katta. Yaponlarda guldasta yasash, 
gullarni va daraxt novdalarini vazalarga chiroyli (ikebana) qilib solib qo‘yish 
an’anaviy san’at hisoblanadi. 
Baliq-ovlash – Yaponiya xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Baliq 
sohil bo‘yidagi suvlarda ham, uzoq dengizlarda ham tutiladi. Qirg‘oq yaqinida baliq 
ovlash bilan sohildagi qishloq aholisi, uzoq dengizlarda esa, texnika jihatidan 
mukammal baliq ovlaydigan floti bo‘lgan yirik monopoliyalar shug‘ullanadi. Baliq 
ovlash jihatidan Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Yyponlar ovqatida baliq, 
boshqa dengiz hayvonlari mahsulotlari katta o‘rin tutadi. 
Transporti. Xo‘jalikning bu tarmoqlari Yaponiya iqtisodiyotining faol 
yo‘nalishlaridandir. Transportning daruo va quvur tarmoqlaridan boshqa barcha 
sohalari yuqori darajada rivojlangan. Ichki yuk tashish hajmiga ko‘ra avtomobil va 
temir yo‘l transportlari eng katta mavqega ega. Mazkur tarmoqlar texnik 
imkoniyatlari va elektrlashish darajasiga ko‘ra jahonda ko‘pgina rivojlangan 
davlatlarga nisbatan ustunlikka ega. «Poyezd – o‘q» deb nom olgan «Sinkansen» 
tezyurar ekspress poezdi. 1100 km masofada Kyusyu orolidagi Fukuokidan Xonsyu 
orolining shimolida joylashgan. Aomorigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha yirik 
shaharlarni bir birlari bilan bog‘laydiyu. Bu yo‘lni qurish uchun o‘nlab kilometr 
uzunlikda ko‘plab tunnel va ko‘priklar qurilgan. Soatiga 240 km tezlikkacha harakat 


68 
qiladigan poyzdlarda yiliga 120 mln. gacha chuqurlikka ega bo‘lgan Sigaru bug‘ozi 
tagidan 54 km dunyodagi eng uzun «Seykan» tunneli ham ishga tushirildi. 
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti katta ahamiyatga 
ega. U rivojlangan davlatlar orasida dengiz transportida yuk tashish hajmiga ko‘ra 
eng kattasi hisoblanadi. Bu mamlakatda 100 dan ziyod portlar mavjud. Ular orasida 
kove, Nagaya, Iokogama kabilar jahonda kattaligiga ko‘ra ajralib turadi. 
Xalqaro hamda ichki aloqalarni tashkil etishda havo transportining ahamiyati 
alohidadir. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin