65
xodimlarning soniga ko‘ra esa GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyani birga qo‘shib
hisoblaganda ham ulardan ustun turadi.
Agar ilgari Yaponiyaning ramzi deb odatda Fudzilma muqaddas tog‘i, sakura,
geytlar, samuraylar hisoblangan bo‘lsa, endilikda bunday ramz Sharqiy dunyoda eng
katta AES,
metallurgiya kombinatlari, supetankerlar, ko‘priklar, tunellar, temir
yo‘llarda
yuradigan tezkor poezdlar, eng zomanaviy avtomobillar «toyota», «Xonda»,
«Nisson» hisoblanadi.
Sanoati. Yaponiyaning yoqilg‘i xom ashyo bazasi juda cheklangan. Gidro,
geotermal, quyosh, dengiz elektr stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalarda , asosiy
ishni import yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES va AES Lar bajaradi. Shu sababli
Yaponiya elektr energetikasida tobora AESlar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda
mamlakatda 30 dan ortiq Atom elektr stansiyalari qurilgan. Energiyaning 4/5
qismi
chetdan keltiriladigan xom-ashyodan ishlab chiqarilishiga qaramay, mamlakatda
yuqori darajada rivojlangan energetika xo‘jaligi bor. Chetdan keltiriladigan neft
asosida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi sanoati o‘sib chiqdi. Bu sanoat
korxonalari Xonsyu va Kyusyu orollarining urbanizatsiyalashgan polasasidagi
shaharlarda joylashgan. Yaponiyada yangi texnika bilan
jihozlangan juda katta
metallurgiya kombinatlari mavjud. Dunyodagi eng katta domna pechlari ishlab
turibdi, pulatning 3/4 qismidan ko‘prog‘i konverterlarda keslorod yordamida eritiladi.
Qora metallurgiya yo‘nalishida ishlab chiqarishning yiriklashuvi va texnikaviy
jihozlanganlik darajasi jihatdan Yaponiya barcha rivojlangan mamlakatlardan o‘zib
ketdi. Yangi kombinatlar Markaziy xonsyuning chetdan temir rudasi, temir-tersaklar
va kokslanuvchi ko‘mir keltiriladigan port shaharlarida qurildi. Chetdan keltiriladigan
Boksit va boshqa xomashyolarga mo‘ljallangan rangdor metallurgiyach korxonalari
ham Shu erda bunyod etildi.
Yaponiya og‘ir sanoatining yetakchi tarmog‘i mashinasozlik sanoati
hisoblanadi.
Transport mashinasozligi, stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari,
elektronmashinalar, tibbiyot apparaturalari hamda to‘qimachilik va oziq-ovqat
sanoatlari
uchun
jihozlar
ishlab
chiqarish,
ayniqsa,
keng
rivojlangan.
Avtomobilsozlikda Yaponiya dunyoda yetakchilik qilmoqda. U yiliga 12-13 mln. dan
66
ortiq avtomobillar (Shuning 8 mln. dan ortig‘i engil avtomobillar) ishlab chiqaradi.
Yaponiya kemasozligi juda xilma-xil: Iokogama, Osaka, Kobe,
Nagasaki va boshqa
ko‘p markazlarining kemasozlik korxonalarida dunyoda eng yirik supertankerlar, kit
ovlaydigan har xil kemalar, yuk tashish uchun belgilangan kichik kemalar ishlab
chiqariladi. Sanoatning yangi tarmog‘i bo‘lgan elektron sanoati yuqori darajada
rivojlangan. Yaponiyaning tranzestorli radio priyomniklari, kinokameralari,
fotoapparatlari, televizorlari jahon bozorida keng tanilgan.
Turli ixtisosdosh
mashinasozlik korxonalari Xonsyu va SHimoliy Kyusyu orollaridagi aholi zich
yashaydigan polosa shaharlarida to‘plangan.
Tez rivojlanib borayotgan kimyo sanoati ham turli tuman mahsulotlar ishlab
chiqaradi. Soha sanoati qisman o‘z xomashyosi-yog‘och, koks chiqindisi va
boshqalarga nisbatan chetdan keltiriladigan neft va suyultirilgan gazdan ko‘proq
foydalaniladi. Organik sintez kimyosining keng ko‘lamida rivojlanganligi
Yaponiyaga sanoatni xomashyo bilan ta’minlash muammosini
hal etishda yordam
bermoqda. Metall detallar asta sekin plastmassa detallar bilan almashtirilmoqda,
sintetik tola hozirgi vaqtda mamlakat ishlab chiqariladigan to‘qimachilik tolasining
9/10 qismini tashkil etmoqda. Kimyo zavodlari ham mashinasozlik korxonalari kabi
Xonsyu orolining Sharqiy sohilidagi va shimoliy Kyusyudagi port shaharlarda va
neftni qayta ishlash hamda metallurgiya markazlari Yaqinida joylashgan.
SHimoliy Xonsyu va Hakkaydo orollaridagi anchagina o‘rmon massalari
Yaponiyaning yog‘ochsozlik sanoatini xomashyo bilan qisman ta’minlaydi, o‘rmon
xomashyosining ko‘p qismi chetdan keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: