69
xomashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini import
qiladi va iste’molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi. Ularga kemalar,
avtomobillar, elektro-texnik asbob-uskunalar, robotlar, ximiya mahsulotlari baliq
konservalari va boshqalar.
Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni
olib boradi. Ular orasida eksportining 1/3 va importining 1/4 qismi AQSH hissasiga
to‘g‘ri keladi. Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari
ham rivojlanib bormoqda. U o‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya
kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va SHo‘rtan gazkimyo kompleksini
investitsiyalarshda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya vositalari
o‘zbekistongam keltirilayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondan Yaponiyaga tobora ko‘p paxta
va pilla tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste’mol mahsulotlari
eksport qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: