F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Sanoati. Rossiya ko‘mir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, 
meneral o‘g‘it, gazlama, po‘lat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi 
o‘rinlarda turadi. 2000-yilda 400 mln. tonna neft va sal kam 600 mlrd. kub. metr 
tabiiy gaz hamda 280 mln. tonna ko‘mir qazib chiqarildi.
Neftning ko‘p qismi Volga bo‘yi – Ural regionida, G‘arbiy Sibir, Saxalin va 
boshqa joylardan qazib olinadi. Neftni aksariyat qismini «LUKOYL», «Slavneft», 
«Rosneft», «Bashneftexim» kompaniyalarining korxonalarida qayta ishlanadi. Qazib 
olingan neftning 99,5% i «Transneft» birlashmasining magistral quvurlari (jami 
uzunligi 48,5ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari bo‘yicha 
Rossiya dunyoda birinchi o‘rinda (32% dan ko‘proq) turadi va dunyoda qazib 
olinayotgan gazning 30% ni ta’minlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi Yamal - Nenes 
muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyari, konlaridan olinadi. Jami gazning 
94% ni «Gazprom» birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral quvurlarining asosiy 
tizimlari – G‘arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, Volgabo‘yidan, Uraldan, SHimoliy 
Kavkazdan gazni Markaziy Rossiyaga hamda Xorijga yuboradi.
Ko‘mir zaxiralari 22 yirik ko‘mir xavzasida va 115 ta alohida konda 
joylashgan. Ko‘zbass va Pichora, Kansk – Achinsk, Janubiy Yakutya xavzalari 
Rossiyaning eng yirik konlari hisoblanadi. 2000 yilda 290 mln tonna ko‘mir qazib 
olindi.
Elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH dan keyingi 
o‘rinda turadi (2000 yilda 910 mlrd kvt/s, 2001 yilda 888 mlrd kVt/s). Elektr 


73 
quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqaradi (70% dan ortiq). 
GES larning hissasi 18%, AESlarning hissasi esa 12%ga teng. 
Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri 2000 
yilda 80 mln.t. temir rudasi qazib olindi va 42 mln t. cho‘yan, 51,6 mln.t. po‘lat 
eritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya, Xitoy va AQSH dan keyin to‘rtinchi 
o‘rinni egalladi. Qora metallurgiya markazlari – Ural, Markaziy Qorato‘proq va 
G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari Nijniy Tagil, 
Magnitogarsk, CHelyabinsk, Novotroitsk , Novokuznetsk va boshqalar. 
Qalay, miss, qo‘rg‘oshin, Rux, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli 
metallurgiyani eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, 
Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqalar. 
Mashinasozlik Rossiyaning hamma iqtisodiy rayonlarida mavjud. Energetika, 
transport, Kimyo, neft mashinasozligi, avivsiya va raketa – kosmos sanoati, radio-
elektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozlik va kemasozlik kabi 
tarmoqlar tez rivojlandi. Stanoksozlik mahsulotlari Markaziy, SHimoliy-G‘arbiy 
iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi. Rossiyaning avtomobil sanoati 
engil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar, ishlab chiqaradi. Bu 
tarmoqning eng yirik korxonalari Moskva, Yaroslav va Nijniy Novgoroda qurilgan 
edi. Hozirda Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlardagi korxonalarda 
engil ishlab chiqariladi. Engels shahrida (Saratov oblasti) troleybuslar ishlab 
chiqariladi. 
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Rostov-Don, 
Taganrog kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan. Rossiyaning 72 subyektida 
mudofaa sanoati tarmoqlarining 1700 korxona va tashkiloti bor. 
Kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxoanalari Voskresensk, 
Sanob-Peterburgda, azot o‘g‘itlari ishlab chiqarish bo‘yicha Djerjinsk, Berezniki 
kombinatlarida rivojlangan. Hozirgi vaqtda sun’iy va sintetik tola ishlab chiqarish 
rivojlanmoqda. 
O‘rmon sanoati. Umumiy o‘rmon maydonlari 766 mln.ga ni tashkil etgan 
holda, dunyodagi yog‘och zahiralarining 22 % Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Rossiya 


74 
o‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash, yog‘ochsozlik, sellyuloza – qog‘oz, gidroliz va 
yog‘och kimyosi tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Enisiy, Bradsi, 
AShur o‘rmon sanoati majmualari barpo etilgan.
Engil sanoatda to‘qimachilik yetakchi o‘rinda. Uning yirik markazlari bo‘lgan 
Ivanova, Moskva, Yaroslavl, Orexova – Zuevo, Tver shaharlarida ip, zig‘ir, shoyi, 
jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati barcha 
iqtisodiy rayonlarda rivojlangan. SHimoliy va Uzoq sharqda, Qora, Azov va Kasbiy 
dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin