78
Qozog‘iston Respublikasining hududi Kaspiy dengizdan -.Oltoygacha, Uraldan
Tyan-SHan tog‘larigacha cho‘zilgan. Uning Sharqiy va g‘arbiy nuqtalarigacha
bo‘lgan masofa 3 ming km, shimoliy va janubiy nuqtalari orasidagi masofa 1700 km
tashkil qiladi.
Turkmaniston Respublikasi - Markaziy Osiyoniig janubi - g‘arbida joylashgan,
bu respublika janubdan Eron va Afg‘oniston, shimoldan Qozog‘iston, sharq va
shimoli-sharqdan O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkmanistonning g‘arbiy
chegarasini esa Kaspiy dengizi bilan tutash. Mamlakat hududining maydoni 488,1 km
kv tashkil qiladi. Markaziy Osiyo respublikalari ichida maydoni bo
‘yicha II o‘rinda
turadi.
Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimoliy - sharqida joylashgan
bo‘lib, u shimol va shimoli - g‘arbdan Qozog‘iston bilan, janubdan. Tojikiston bilan,
g‘arbdan O‘zbekiston, janubi - sharqdan esa - Xitoy halq Respublikasi bilan
chegaradosh. Uning maydoni 198,5 ming km kv.
Tojikiston Respublikasi ham Markaziy Osiyoning janubiy sharqida joylashgan
bo‘lib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy bilan chegaradosh. Uning
hududining maydoni 143,1 ming km kv. tashkil etadi.
Bu MO mamlakatlarining umumiy iqtisodiy geografik o‘rni, materikning
ichkarisida joylashganligi, okean va dengizlardan uzoqligi nuqtai nazardan noqulay
imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Biroq
Markaziy
Osiyo
davlatlari
hududidan
Buyuk Ipak Yo
‘lini
tiklanayotganligi, bu davlatlarni Xitoy. bilan bog‘lanishiga va ochiq dengiz yo‘liga
chiqishga imkoniyat yaratadi. Shunigdek, Turkmaniston va Eronni bog‘lovchi Tedjen
- Meshked -Serkas yo‘llarining qurilishi Markaziy Osiyo Yaqin Sharq va Turkiya
respublikalari bilan bog‘lashda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: