F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Tayanch iboralar 
Rassiya turizmi, turmahsulot, sotuvlar sohasi, aholisi, turmahsulot sotuvchilari, 
turmahsulot iste’molchilari, turistik eksport, import, turmahsulot, hududlari, siyosati, 
xalqaro aloqalari. 
Nazorat savollari 
1. Rossiyaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi 
2. Rossiyaning tabiiy sharoiti, resurslari va ularni iqtisodga ta’siri. 
3. Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari 
4. Rossiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari 
 
 


77 
10-bob. MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY 
GEOGRAFIK TAVSIFI 
10.1. Markaziy Osiyo (MO) davlatlarining iqtisodiy geografik o‘rni. 
10.2. Tabiiy sharoiti va resurslarini baholash 
10.3. Aholisi va mehnat resurslari 
10.4. Xo‘jaligini joylanish xususiyatlari 
10.5. MO davlatlarniig ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari 
10.1. Markaziy Osiyo (MO) davlatlarining iqtisodiy geografik o‘rni 
Bu respublikalarning umumiy o‘xshashligi, avvalambor tabiiy geografik 
o‘rinda, tabiiy sharoit va resurslardan foydalanish va tarixiy kelib chiqishda, turkiy 
xalqlarning yashashligida, xo‘jalik xususiyatlarida va boshqalarda o‘z aksini topgan. 
Ayni paytda bu davlatlar ham siyosiy mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiy 
munosabatlari sharoitida rivojlanayotgan respublikalar hisoblanadi. 
Lekin siyosiy va iqtisodiy sharoitda davlatlar ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi geografik, tabiiy va demografik omillari bilan, xalq xo‘jaligi tormoqlari 
tarkibi va ichki tafovut haqida quyidagi ma’ruza matnida tanishamiz. 
Bu respublikalar yagona tabiiy geografik o‘lkani tashkil qiladi. Bu o‘lka 
Turkiston deb aytiladi. Turkiston Yevroosiyo materigining o‘rtasida joylashgan. Agar 
bu respublikalarnipg yaxlit geografik o‘rni bilan tanishadigan bo‘lsak, Markaziy 
Osiyo davlatlarining shimoliy chegarasi Ayirtov yakinida, janubi Kopintog‘ 
tog‘larining shimoliy etagidan to Pomir tog‘larigacha, g‘arbiy nuqtasi Kaspiy 
dengizining Mang‘ishloq yarim oroligacha, Sharqiy chegarasi esa Savr tog‘larini 
etagidan qora Irtish daryosi vodiysigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladi. Bu 
davlatlarni xar birini alohida kuradigan bo‘lsak, Qozog‘iston respublikasi Markaziy 
Osiyoning shimolida joylashgan, u shimoldan Rossiya federatsiyasi, janub va janubi-
g‘arbdan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalari bilan, janubi-
sharqda Xitoy xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Uning maydoni kattaligi 2,7 mln. 
km. kv. bo‘lib, u MDH, davlatlari ichida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 
esa birinchi o‘rinda turadi.


78 
Qozog‘iston Respublikasining hududi Kaspiy dengizdan -.Oltoygacha, Uraldan 
Tyan-SHan tog‘larigacha cho‘zilgan. Uning Sharqiy va g‘arbiy nuqtalarigacha 
bo‘lgan masofa 3 ming km, shimoliy va janubiy nuqtalari orasidagi masofa 1700 km 
tashkil qiladi. 
Turkmaniston Respublikasi - Markaziy Osiyoniig janubi - g‘arbida joylashgan, 
bu respublika janubdan Eron va Afg‘oniston, shimoldan Qozog‘iston, sharq va 
shimoli-sharqdan O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkmanistonning g‘arbiy 
chegarasini esa Kaspiy dengizi bilan tutash. Mamlakat hududining maydoni 488,1 km 
kv tashkil qiladi. Markaziy Osiyo respublikalari ichida maydoni boyicha II o‘rinda 
turadi. 
Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimoliy - sharqida joylashgan 
bo‘lib, u shimol va shimoli - g‘arbdan Qozog‘iston bilan, janubdan. Tojikiston bilan, 
g‘arbdan O‘zbekiston, janubi - sharqdan esa - Xitoy halq Respublikasi bilan 
chegaradosh. Uning maydoni 198,5 ming km kv. 
Tojikiston Respublikasi ham Markaziy Osiyoning janubiy sharqida joylashgan 
bo‘lib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy bilan chegaradosh. Uning 
hududining maydoni 143,1 ming km kv. tashkil etadi. 
Bu MO mamlakatlarining umumiy iqtisodiy geografik o‘rni, materikning 
ichkarisida joylashganligi, okean va dengizlardan uzoqligi nuqtai nazardan noqulay 
imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Biroq 
Markaziy 
Osiyo 
davlatlari 
hududidan 
Buyuk Ipak Yolini 
tiklanayotganligi, bu davlatlarni Xitoy. bilan bog‘lanishiga va ochiq dengiz yo‘liga 
chiqishga imkoniyat yaratadi. Shunigdek, Turkmaniston va Eronni bog‘lovchi Tedjen 
- Meshked -Serkas yo‘llarining qurilishi Markaziy Osiyo Yaqin Sharq va Turkiya 
respublikalari bilan bog‘lashda katta rol o‘ynaydi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin