70
9-bob. ROSSIYANING IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIFI
9.1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o‘rni.
9.2.Aholisi va davlat tuzimi
9.3.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari:
9.4.Ichki tafoutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
9.1. Rossiyaning iqtisodiy – geografik o‘rni va tabiiy sharoiti
Rossiya Federatsiyasi –
Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida
joylashgan davlat. Maydoni 17.075 000 km
2
bo‘lib, dunyoda eng katta mamlakat.
Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3
okean havzasiga qarashli 12 dengiz jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika
okeani), Barliq, Oq, Qora,
Laptevlar, Sharqiy Sibir va CHukotka (SHim. Muz
okeani), Bering, Oxota Yapon dengizlari (Tinch okean) va 16 davlat bilan
chegaradosh.
Ma’muriy jihatdan 89 subyekt: 21 respublika, 6 o‘lka, 49 viloyat, 2
federal
shahar (Moskva, sank-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okruga
bo‘linadi.
Rossiyada 2000 y. Markaziy , SHimoliy-G‘arbiy, Janubiy, Volga bo‘yi, Ural,
Sibir, Uzoq SHarq federal okruglari tashkil etildi.
Rossiya hududi meridian bo‘ylab 2,5 - 4 ming kmga, g‘arbdan sharqqa 9 ming
km ga cho‘zilgan. Rossiya hududining 45% o‘rmon, ;% suv, 13% qishloq xo‘jaligiga
yaroqli yerlar, 19 % bug‘u
yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.
Rossiya maydonining qarayib 70% tekislik. G‘arbda Sharqiy Yevropa (yoki
Rossiya) tekisligi joylashgan. Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (cheka shim.-
g‘arbida dengiz iqlimi), Sibir va Uzoq SHarq shimolda keskin kontinental, Janubda
musson iqlim. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi Yevropa qismining g‘arbida va
Kavkaz shimolida 0 – 5
o
, Saxa sharqida – 40
o
– 50
o
, iyulning o‘rtacha temperaturasi
1
odan
, 24-25
o
gacha etadi. Eng ko‘p yog‘ingarchilik Kavkaz tog‘larida (yiliga 3200
mm gacha), uzoq SHarq janubida (1000 mm gacha), Sharqiy Yevropa tekisligi
o‘rmon zonasida (850 mm gacha) yog‘in tushadi.
71
Rossiyada uzunligi 10 km.dan oshadigan 120 ming ga yaqin daryo bor. 2
mln.dan ortiq chuchuk va sho‘r suvli ko‘li bor.
Rossiya juda boy mineral – xomashyo zahiralariga ega. Dunyodagi 7 ta eng
yirik ko‘mir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Dunyodagi temir rudasi, berilliy
zahirasining 30 %, neftning 17-18 %, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70-75%,
palladiyning 50% nikelning 40%, uranning 10 % i Rossiyada joylashgan. Jumladan,
Uralda boksit,
SHimoliy Kavkaz, O‘rta va janubiy Ural, Sharqiy Sibirda miss,
Saxosda olmos konlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: