F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

8.3. Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari. 
XX asrning 60 – yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mujiza»si jahonni 
hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida etilib, atom bombasining 
dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan. Mamlaktning tezlik bilan qaddini rostlagani va 
misli ko‘rilmagan sur’atlarda tez rivojlanishga erishgani edi. Mamlakatning iqtisodiy 
jihatdan bunday tez o‘sishi ko‘p omillarga bog‘liq. Birinchidan, urush yillarida 
eskirgan va ishdan chiqqan zavod jihozlari butunlay yangilandi, ular fan-texnika 
inqilobining eng yangi yutuqlarini asosida ishlangan jihozlar bilan almashtirildi. 
Yapon monopoliyalari chet el patentlarini sotib olib, sanoatga jahon ixtirolarini 
tadbiq etdilar, ularni mutasil takomillashtirib bordilar. Shunday qilib, hozir Yaponiya 
sanoati jihozlarining 2/3 qismi eng yangi texnikaga to‘g‘ri keladi. 
70-80 yillardan boshlab sanoatda inqilobiy yo‘l ustun turdi. Endilikda 
mamlakat yoqilg‘i va xomashyo importiga bog‘liq bo‘lgan, energiya hamda metallni 
ko‘p ishlatadigan ishlab chiqarishlarini tobora cheklab, fanni ko‘p talab qiladigan eng 
yangi tarmoqlarga zo‘r bermoqda. Yaponiya fanga sarflanadigan mablag‘ salmog‘iga 
ko‘ra iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning orasida birinchi o‘rinda turadi, ilmiy 


65 
xodimlarning soniga ko‘ra esa GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyani birga qo‘shib 
hisoblaganda ham ulardan ustun turadi. 
Agar ilgari Yaponiyaning ramzi deb odatda Fudzilma muqaddas tog‘i, sakura, 
geytlar, samuraylar hisoblangan bo‘lsa, endilikda bunday ramz Sharqiy dunyoda eng 
katta AES, metallurgiya kombinatlari, supetankerlar, ko‘priklar, tunellar, temir 
yo‘llarda yuradigan tezkor poezdlar, eng zomanaviy avtomobillar «toyota», «Xonda», 
«Nisson» hisoblanadi. 
Sanoati. Yaponiyaning yoqilg‘i xom ashyo bazasi juda cheklangan. Gidro, 
geotermal, quyosh, dengiz elektr stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalarda , asosiy 
ishni import yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES va AES Lar bajaradi. Shu sababli 
Yaponiya elektr energetikasida tobora AESlar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda 
mamlakatda 30 dan ortiq Atom elektr stansiyalari qurilgan. Energiyaning 4/5 qismi 
chetdan keltiriladigan xom-ashyodan ishlab chiqarilishiga qaramay, mamlakatda 
yuqori darajada rivojlangan energetika xo‘jaligi bor. Chetdan keltiriladigan neft 
asosida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi sanoati o‘sib chiqdi. Bu sanoat 
korxonalari Xonsyu va Kyusyu orollarining urbanizatsiyalashgan polasasidagi 
shaharlarda joylashgan. Yaponiyada yangi texnika bilan jihozlangan juda katta 
metallurgiya kombinatlari mavjud. Dunyodagi eng katta domna pechlari ishlab 
turibdi, pulatning 3/4 qismidan ko‘prog‘i konverterlarda keslorod yordamida eritiladi. 
Qora metallurgiya yo‘nalishida ishlab chiqarishning yiriklashuvi va texnikaviy 
jihozlanganlik darajasi jihatdan Yaponiya barcha rivojlangan mamlakatlardan o‘zib 
ketdi. Yangi kombinatlar Markaziy xonsyuning chetdan temir rudasi, temir-tersaklar 
va kokslanuvchi ko‘mir keltiriladigan port shaharlarida qurildi. Chetdan keltiriladigan 
Boksit va boshqa xomashyolarga mo‘ljallangan rangdor metallurgiyach korxonalari 
ham Shu erda bunyod etildi. 
Yaponiya og‘ir sanoatining yetakchi tarmog‘i mashinasozlik sanoati 
hisoblanadi. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari, 
elektronmashinalar, tibbiyot apparaturalari hamda to‘qimachilik va oziq-ovqat 
sanoatlari 
uchun 
jihozlar 
ishlab 
chiqarish, 
ayniqsa, 
keng 
rivojlangan. 
Avtomobilsozlikda Yaponiya dunyoda yetakchilik qilmoqda. U yiliga 12-13 mln. dan 


66 
ortiq avtomobillar (Shuning 8 mln. dan ortig‘i engil avtomobillar) ishlab chiqaradi. 
Yaponiya kemasozligi juda xilma-xil: Iokogama, Osaka, Kobe, Nagasaki va boshqa 
ko‘p markazlarining kemasozlik korxonalarida dunyoda eng yirik supertankerlar, kit 
ovlaydigan har xil kemalar, yuk tashish uchun belgilangan kichik kemalar ishlab 
chiqariladi. Sanoatning yangi tarmog‘i bo‘lgan elektron sanoati yuqori darajada 
rivojlangan. Yaponiyaning tranzestorli radio priyomniklari, kinokameralari, 
fotoapparatlari, televizorlari jahon bozorida keng tanilgan. Turli ixtisosdosh 
mashinasozlik korxonalari Xonsyu va SHimoliy Kyusyu orollaridagi aholi zich 
yashaydigan polosa shaharlarida to‘plangan. 
Tez rivojlanib borayotgan kimyo sanoati ham turli tuman mahsulotlar ishlab 
chiqaradi. Soha sanoati qisman o‘z xomashyosi-yog‘och, koks chiqindisi va 
boshqalarga nisbatan chetdan keltiriladigan neft va suyultirilgan gazdan ko‘proq 
foydalaniladi. Organik sintez kimyosining keng ko‘lamida rivojlanganligi 
Yaponiyaga sanoatni xomashyo bilan ta’minlash muammosini hal etishda yordam 
bermoqda. Metall detallar asta sekin plastmassa detallar bilan almashtirilmoqda, 
sintetik tola hozirgi vaqtda mamlakat ishlab chiqariladigan to‘qimachilik tolasining 
9/10 qismini tashkil etmoqda. Kimyo zavodlari ham mashinasozlik korxonalari kabi 
Xonsyu orolining Sharqiy sohilidagi va shimoliy Kyusyudagi port shaharlarda va 
neftni qayta ishlash hamda metallurgiya markazlari Yaqinida joylashgan. 
SHimoliy Xonsyu va Hakkaydo orollaridagi anchagina o‘rmon massalari 
Yaponiyaning yog‘ochsozlik sanoatini xomashyo bilan qisman ta’minlaydi, o‘rmon 
xomashyosining ko‘p qismi chetdan keltiriladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin