F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
Tayanch iboralar 
Turizm, yevropa turmahsulotlari, sotuvlar yengil sanoati, turmahsulot, 
turmahsulot iste’molchilari, turistik eksport, import, turmahsulot, BCG strategik 
tahlili, hududiy marketing strategiyalari, aeroportlari, xalqaro aloqalari. 
Nazorat savollari 
1. Germaniyaning iqtisodiy geografik o‘rni va rivojlanishi 
2. Germaniyaning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va ularni iqtisodga ta’siri.
3. Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari 
4. Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalari 
 
 
 


61 
8-bob. YAPONIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI 
8.1.Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni. 
8.2.Aholi va davlat tuzimi. 
8.3.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari. 
8.4.Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari. 
 
8.1. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni
Yaponiya Tinch okeanidan orollarda Sharqiy Osiyo sohili yaqinida joylashgan 
davlat. Hududida 4 mingga yaqin orolni qamrab olgan, shimoli-sharqdan janubi-
g‘arbga 3 ming km ga cho‘zilgan; eng yirik orollari Xonaydo, Xonsyu, Sikonu, 
Kyusyu. Maydoni – 372 ming km
2
. Yaponiyaning hududining o‘lchamiga ko‘ra 
G‘arbiy Yevropaning eng yirik mamlakatlari va AQSH shtatlari bilan taqqoslasa 
bo‘ladi. Biroq tarkibiga va shakliga ko‘ra Yaponiya hududi ulardan keskin farq 
qiladi. Yaponiya butun bir orollar olamidir. 
Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni avvalo uning orollarda joylashganligi 
bilan bog‘liqdir, mamlakat orollari yevrosi bilan Tinch okean orasida 3,5 ming km ga 
cho‘zilgan bo‘lib, Osiyo –Tinch okeani hududining markazidir. Bu hol mamlaktning 
halqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar ochadi. 
Mamlakatning Osiyoning ikki sharqida joylashganligi uning iborali nomida aks etgan 
bo‘lib, u «Kun chiqardagi o‘lka» deb ham ataladi. Yuqorida qayd etilganidek, 
mamlakatning iqtisodiy-geografik o‘rni jihatidan qo‘laylik tomonlari yaxshi. Lekin 
uning yanada rivojlanishiga er taqqosligi, vulqonlar aytilishi, zilzilalarni tez-tez sodir 
bo‘lishi, kuchli yomg‘irlar, dovullarni takrorlanishi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Yaponiya mo‘tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Qirg‘oq chizig‘ining umumiy uzunligi 30 ming km, chamasida. Xonsyu orolining 
janubiy sohili, Sinaku va Kyusyu orollarning qirg‘oqlarida qo‘ltiq ko‘p; bu yerda 
murakkab qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan. Ichki Yapon dengizi joylashgan. Yaponiya 
hududining ¾ qismi qir va tog‘lardan iborat: past tekisliklar sohil bo‘ylab ayrim-
ayrim joylarda joylashgan. Mamlakatda bir qator vulqonlar mavjud bo‘lib, jumladan, 
eng katta vulqon – Fudziyama (balandligi 3776 metr) qad ko‘tarish. Iqlimi mussonli, 


62 
shimolida mo‘‘tadil, janubida subtropik, ayrim orollarda asosan tropik. Xokiydo 
orolida, Sap-poroda yanvarning o‘rtacha harorati – 5
0
S, iyulniki 22
0
S. Materikdan 
esgan qishki musson Yaponiya hududida sovuq havo va ko‘p yog‘in keltiradi.
Yiliga 30 martagacha tayrun bo‘ladi. Bu vaqtda kuchli shamol esib, jala 
yog‘adi. O‘rtacha yillik yog‘in 1800 m, Xokeydo orlining sharqida yillik yog‘in 800-
1200 mm, Sikoku va Kyusyu orollarida 3000mm gacha. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin