F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Qishloq xo‘jaligi . Qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlar 197,6 mln. gektar: 
Shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan er, qolgan qismi pichanzor va yaylov. 
Haydaladigan erlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabo‘yi, SHimoliy, Kavkaz, Uran va 
G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlariga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi yalpi 
mahsulotning 47,2 % ni dehqonchilik va 52,8 %ni chorvachilik beradi. Asosiy 
ekinlari: g‘alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, zig‘ir va boshqalar. 
Volgabo‘yi , SHimoliy Kavkaz, G‘arbiy Sibir, Uran va Markaziy rayonlarda 
bug‘doy, SHimoliy, SHimoli-g‘arbiy va Markaziy rayonlarda zig‘ir, markaziy va 
SHimoliy Kavkazda qand lavlagi yetishtiriladi. Rossiyaning tabiiy sharoiti 
chorvachilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabo‘yi, G‘arbiy 
Sibir, SHimoliy Kavkaz, Uran, Markaziy iqtisodiy rayonlarda qoramol ko‘proq 
boqiladi. CHeka SHimolda bo‘g‘ichilik va hayvonotchilik rivojlangan.
Transporti. Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. 
Temir yo‘lning 139 ming km (86 ming km magistral temir yo‘l) bo‘lib, dunyoda 
uzunligi bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda. Uning 1+3 qismi 
elektrlashtirilgan. Qattiq qoplamli avtomobil yo‘llari uzunligi 754 ming km, kema 
qatnaydigan ichki suv yo‘llari uzunligi 84,6 ming km, magistral neft va gaz quvurlari 
uzunligi – 213 ming km umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz 13%, quvur 
tarnsporti 29%, Temir yo‘l 52,7% va daryo 3,7% ni tashkil etadi. Tashqi savdo 
yuklarining aksariyati lengiz tarnsportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 
8,3 mln. tonna dedveyt.
 
 


75 
9.4.Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari. 
XX – XXI asr bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligi strukturasi va subyektlari tahlili asosida 
Rossiya Federatsiyasining Jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni va rivojlanish istiqbolini 
bilish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumki, 1995-yil boshlarida Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kometiti 
tomonidan qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik kometeti tomonidan 
qabul qilingan. «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik strategiyasining asosiy nizomi 
to‘g‘risida»gi qonunda uning tashqi iqtisodiy strategiyasi asosiy yo‘nalishlari mam 
lakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va tashqi bozorlarida iqtisodiy potensialni 
saqlash, ijtimoiy – iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha chet 
mamlakatlarga yoki ularning uyushmalariga qaram bo‘lib qolmaslik, texnik iqtisodiy 
mustaqillikni ta’minlashdir, deb ko‘rsatib o‘tilgan edi. 
Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Rossiyaning jahon 
iqtisodiyotidagi ahvoli mutlaqo qarama-qarshiliklardan iborat. Ichki tavofutlarga 
keladigan bo‘lsak, mamlakatda iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganligi; 
Moskvadagi moliyaviy markazlar va yoqilg‘i-energetika majmuasi hamda oligarx-
axborot tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiniga ta’siri; moliya 
resurslarining 95 foizdan ortiq qismi Moskva Sankt – Peterburg va Ekaterinburg kabi 
shaharlarda to‘planishidir. Shuning eng yirik dengiz portlari: Sankt – Peterburg, 
Vaniko, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok, Havo 
transportining ahamiyati ham yuqori. 
Iqtisodiy rayonlari. Orssiya – dunyoda qudratli eksport va import 
imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatlardan biri, u chetga mashina va uskunalar, 
transport vositalari, metall, neft, tabiiy gaz, kimyoviy moddalar yog‘och, 
to‘qimachilik mahsulotlari eksport qiladi. 2000-yilda tashqi savdo aylanmasi 140 
mlrd dollardan ortiq bo‘lgan. Shu yili Rossiya tashqi obzorga 110 mln. t neft, 100 
mlrd, m
3
tabiiy gaz, 18 mln.t ko‘mir, 13 mln.t temir rudasi va boshqalarni yetkazib 
berdi. Yoqilg‘i – energetika resurslarining ulushi 44% ni tashkil qildi. Rossiyaning 
savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Italiya, Yaponiya, AQSH, Buyuk 


76 
Britaniyadir. ishbilormanlarining hamkorligi tufayli O‘zbekistonda 520 ta qo‘shma 
korxona barpo etilgan. vakolatxonalariga ega. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin