F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

11.3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari 
Respublikamiz hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bo‘lib unda 
turli geologik davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil qazilma boyliklarining xo‘jalik 
ahamiyati kattadir. 
O‘zbekistondagi qazilma boyliklardan kishilar qadim zamonlardan boshlab 
foydalanib kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan. 
O‘zbekistonda yer osti boyliklarini qidirishda rus olimlari bilan birgalikda 
akademiklar Habib Abdullaev, Ibrohim Hamrobaev, Obid Akramxo‘jaev, G‘ani 
Mavlonov, Habib To‘laganov va boshqalar faol qatnashdilar. Endilikda 
respublikamiz yer qa’ridan yuzdan ortiq xildagi boyliklar topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslari. O‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha 
konlari bor. Ularning asosiylari uchta mintaqada joylashgan: 
Farg‘ona mintaqasi – SHimoliy So‘x, janubiy Olamushuk, Polvontosh, 
CHimyon, SHo‘rsuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo‘lib, bu hududda 


96 
asosan neft va yo‘ldan gaz qazib olinadi. Bu konlar aktikminal tuzilishida bo‘lib, 
yuraneogen va paleogen qatlamlarda joylashgan. Bu konlarning neft yengil, unda 
oltingugurt kam uchraydi. 
Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xavdog‘, Kokaydi, Uchqizil, Lalmikor 
va boshqa konlardan iborat. Ular ham antikminal tuzilishda bo‘lib, yuqori yurar 
qatlamlarida joylashgan. Bu konlarning nefti og‘ir tarkibli, uning oltingugurt ko‘p. 
Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – o‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur. 
SHo‘rtan, Zevarda, Mubarak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib 
chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi vaqtda aniqlangan Ko‘kdo‘maloq 
konidan neft bilan birgalikda tabiiy gaz ham qazib olinmoqda. 
Yuqoridagilardan 
tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustkuy 
mintaqasida ham (Quyanshi, SHoxpaxta) bir qancha tabiiy gaz konlari ochilmoqda. 
O‘zbekistonning ko‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning eng 
muhimlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi SHarg‘un va 
Boysun konlaridir. Ko‘mir qatlamlari orasida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turli 
jinslar, gil, kaolik, qum, bentonit, slanes va boshqalar uchraydi. Masalan. Angren 
koni daryo vodiysida, kaolin qatlamlari ustida yotadi, ko‘mir qatlamlari ancha qalin 
(ba’zan 40-60 m ga etadi), ko‘mir qatlamlari ko‘proq yer yuzasiga Yaqin 
joylashganligi uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining 
ko‘miri qo‘ng‘ir bo‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va 
iste’molchiga yaqinligi iqtisodiy samara beradi.
SHarg‘un va Boysun ko‘mir konlari esa yuqori sifatli toshko‘mir bo‘lib, qazib 
chiqarishni oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Rudali resurslar. O‘zbekiston hududi ayniqsa, rangli metall rudalariga boy. 
Jumladan, O‘zbekiston miss rudasining zahirasi bo‘yicha MDH da Rossiya va 
Qozog‘istondan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat miss konlari asosan Qurama tog‘ 
tizmasida keng tarqalgan. Uning Olmaliq atrofidan Qalmoqqir, Dalniy va Sarichek 
konlari eng yiriklaridir. Qo‘rg‘oshin-rux konlari janubi-g‘arbiy Xuksor tog‘larida 
joylashgan. Qurama tog‘idagi Lashqaran polimetall konidan qadimda Kumush, 
Qo‘rg‘oshin qazib olingan. Ular endilikda sanoat asosida Qo‘rg‘oshinkon konlari 


97 
olinadi. SHimoliy Nurota tizmasi yonbag‘irlarida ma’dan konlari, Xonniza 
(Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan. 
O‘zbekiston oltin zahirasiga juda boy. Qimmatbaho oltinning bir necha 
endogen va ekzogen konlari topilgan. Uning eng yirik konlari Markaziy Qizilqum 
(Muruntov va Kokpates) da joylashgan. Mamlakatimiz qidirb topilgan oltin 
zaxiralariga ko‘ra jahonda uni qazib chiqarish hajmi bo‘yicha oldingi o‘nlikda 
turvadi. Oltinning Muruntov va Kakpatas konlari tokembriy va quyi pamazoy 
jinslarida, Olmaliq guruh konlari ega intruziyalarda joylashgan. Oltin Marjonbuloq, 
Zarmitan, CHodak, Uchbuloq, Qoraqo‘ton, Kaundi konlarida katta zaxiralarga ega 
umuman, mamlakatimiz hududida oltinning 30 dan ortiq konlari topilgan va ularning 
zaxirasi aniqlangan. 
O‘zbekistonda kumush konlari ham ko‘p. Uning asosiy konlari tog‘larida 
joylashgan. Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe Ukjetpes, Kommonagi konlari va 
Namangan viloyatidagi Oqtepa zaxiralari aniqlangan kumush konlaridir. 
Nodir metallardan volfuram (Langar, Qoratepa, Quytosh, Ingichka, Yakton, 
CHochtepa konlari), molibden (Hiso, Qurama va CHotqol tizmalarida) ko‘p 
uchraydi. Qalayning mamlakatimizda 100 dan ortiq konlari mavjud. Shulardan 
Qariob koni 1950-yillarda ishga tushirilgan. Vismut rudalari chotqol-Qurama 
tog‘larida topilgan. Simob va Surma tarkibidagi rudalar respublikamizning Janubiy 
Farg‘ona qismida ko‘p uchraydi. U erda simobning 110 dan, .surmanning 10 dan 
ortiq konlari istiqboli hisoblanadi.
Mamlakatimizda rudali resurlardan temir rudasining konlari ham topildi. 
CHo‘kindi jinsli temir ruda konlari bur va uchlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan 
bo‘lib, bunday konlar Orolbo‘yi regionida, Qiziqumda va Jizzax viloyati hududida 
uchraydi. 1999-yilda geologlar tomonidan zaxirasi qayta aniqlangan. Jizzax vilofti 
Forish tumanidagi temir ruda konining sanoat ahamiyati katta bo‘lib, uning tarkibida 
60 foiz atrofida sof temir borligi aniqlangan. 
O‘zbekistonda marganes konlari ham bor. Uning Zarafshon tog‘larida 
Ziyoviddin, Devtosh, Qizilbayroq, Taxtaqoracha, Teransoy, CHo‘panota konlaridan 


98 
zaxiralarining tarkibi toza rudaga ancha boy (ruda tarkibida toza marganes 8 
foizgacha).
Mamlakatimizning ayrim hududlarida sanoatning qimmatbaho xomashyo 
bo‘lgan o‘ran ham bor. Mamlakatimiz b uxom ashyo zaxirasi va qazib chiqarish 
bo‘yicha ham yetakchi davlatlardan hisoblanadi. 
Tog‘-kimyo xomashyo resurslari. Mamlakatimiz hududida kaliy, Osh tuzi va 
fosforitning katta zaxiralari aniqlangan. Magniy va natriyning sulfat tuzlari esa kam 
uchraydi. Xo‘jankon, Boybachakon. Lalmikon, Oqbin va boshqa, jami 8 ta tuz 
konlari mavjud Ko‘hitang tog‘ida joylashgan. Xo‘jankon tuz koni zaxirasi 140 mln. 
tonna bo‘lib, hozirgi davrdagi mamlakat ehtiyoji bo‘yicha yana 100 yildan ko‘proq 
vaqtga etadi. Fosforitning katta konlari Qizilqumda topilgan. Uning Ovminzatog‘, 
Bukantog‘, Toshqazgan, Qultiqtog‘ va Boysun tog‘laridan topilgan konlari ayniqsa, 
istiqbollidir.
Oltingugurt SHo‘rsuv koni (Farg‘ona vodiysi)dan qazib olinmoqda. Undan 
tashqari Tubekentda birik koni mavjud Yura davri yotqiziqlarida uchraydi. Hozirgi 
vaqtda esa, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan katta qismi Muborak gazni qayta 
ishlash majmuasida ajratib olinmoqda.
Nometall foydali qazilmalar ham mamlakatning tog‘li mintaqalarida keng 
tarqalgan. Dala shtatining magmatik va cho‘kindi konlari (Zirabuloq Ziyovuddin 
tog‘lari, Normantog‘da) ma’lum. Grafitning 30 dan ortiq magmatik va cho‘kindi 
konlari bor. Asbestning ko‘p tusish xili Sulton Uvays tog‘ida uchraydi.
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uchun ishlatiladigan xomashyo, ( 
qum, qumtosh, ohaktosh, granit, marmar, tog‘ billuri, yoshma, marmarsimon oniks 
kabilar)ga boy. Ayniqsa, G‘ozg‘on marmari (Navoiy viloyati) sifati yuqori bo‘lib, 
butun dunyoga mashhur. Mamlakatimizdagi deyarli barcha daryo o‘zan yoyilma 
yotqiziqlarida shag‘ol, qum, shag‘altosh, ko‘p tarqalgan. Kvars oqqumi ham 
yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchiliek sanoatining qimmatli 
xomashyosi hisoblanadi. Ozodboshi qishloqlari hududi)da, Navoiy shahri yaqinda, 
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.


99 
Mineral suv resurslari. Mamlakat hududining mitologik jinslar majmuida 
muayyan miqdorda yer osti suv zahiralari mavjud. Yer osti suvlarining (shifobaxsh) 
100 ga yaqin istiqbolli konlari o‘rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, 
mamlakat yer osti suvlarining o‘rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 
1000 m3. yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi jihatdan asosan gidrokarbonatli, 
gidrokorbanat-sulfatli, qisman sulfat-xloridli va xloridlidir. Vodorod-sulfatli suv 
CHimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, SHo‘rsuv, Uchqizil, Kokayti, Jayronxona, 
Xo‘jampok, Omonxona va boshqa joylarda tanilgan. Yodli suv CHortoqda, rodanli 
suv Aroshan buloqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg‘ona 
viloyatlarida, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Moxi Xossa, Qorako‘l, Gazlidan 
chiqadi.
Er resursi. O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer 
davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham faqat davlat yerdan muddatsiz va 
vaqtincha foydalanish uchun qishloq xo‘jalik tashkilotlariga, turli yo‘nalishda faoliyat 
ko‘rsatadigan xo‘jaliklarga, Shuningdek, fuqarolarga beradi. 
Davlat yer fondi: umumiy yer fondining, Shundan qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
yerlarni, Shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor. o‘rmonzor 
hamda qo‘riq va nartov yerlardan tashkil topgan. Mamlakatimizning umumiy yer 
fondi 440,0 ming kv.km, shundan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 26,7 
mln. gektarga Yaqin, ya’ni mamlakat umumiy er fondining 63,8 foizi qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarishiga yaroqli bo‘lgan yerlardir. Shundan Shudgor qilib (haydalma) 
dehqonchilik qilinadigan yerlar 4,3 mln. ga dan ortiq.
Mamlakatda 22 mln. gektardan ortiq yer yaylov mavjud. Uning unumdorligini 
va mahsuldorligini artezan quduqlari quvvatini oshirib borish evaziga yanada 
ko‘paytirish mumkin. agroiqlim resurslari. O‘zbekistonning agroiqlim resurslari 
holati uni materikning ancha ichkarisida joylashgan geografik o‘rni hamda murakkab 
yer yuzasi relfining tuzilishiga bog‘liq. Shu jihatdan uning iqlim sharoiti qishloq 
xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qodir. 
O‘zbekistonning agroqlim ko‘rsatkichlari (jumladan, yog‘in-sochin va uning 
miqdori, tushish muddati, havo haroratining yillik ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari) 


100 
yer sirtiga quyosh nuri tushish burchagining kattaligi Ziroatchilikni rivojlantirish 
uchun kuchli omil bo‘lib maydonga chiqadi. 
Mamlakatimiz quyosh radiatsiyasi ancha boy. Negaki, mamlakatimizda quyosh 
yil davomida ufqdan balanda bo‘lib, nur sochadi. Quyosh iyun oyida ufqdan 
Toshkentda 720, Termizda 760 gacha ko‘tariladi. Ziroatchilik qilinadigan barcha 
vodiy va vohalarda, ko‘p yillik meteorologik kuzatishlarga qaraganda, quyosh 
radiatsiyasi davomiyligi yil davomida o‘rtacha 2500-3000 soat gacha boradi. 
Yoz oylarida mamlakatimiz hududi quyosh nuridan nihoyat ko‘p enegrya qabul 
qiladi. O‘rtacha bir yilda har bir sm2 yer yuzasiga 100-120 ming kaloriy quyosh nuri 
tushadi. Quyoshdan kelayotgan enegiyadan xalq xo‘jaligida energiya manbai sifatida 
foydalanishga doir ilmiy-amaliy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining “Quyosh” ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida olib borilmoqda.
Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardagi yuqori hosil 
olish va tabaqalashtirib rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Havo haroratining 5 
darajasidan yuqori ko‘rsatkichi Termizda 5950 darajaga etadi. Bu ko‘rsatkich 
shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz janubiy mamlakatlarga xos bo‘lgan 
qimmatbaho ziroatchilik, bog‘dorchilik, subtropik mevalar yetishtirish imkoniyatiga 
ega.
Umuman olganda, agroiqlim resurslarini suqur tahlil qilgan holda, xalq 
xo‘jaligimizda undan samarali foydalanish, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini 
istiqbollarini ochib beradi. 
Suv resurslari. Mamlakatimizning asosiy suv boyligi – daryo suvlaridir. 
Bevosita daryo suvlari respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlanishining asosiy 
omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonning yirik daryolariga Norin, Qoradaryo , So‘x, CHirchiq, 
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, SHeroboddaryo kabi daryolar kiradi. Yirik 
daryolar hisoblangan Amudaryo hamda ularning yirik irmoqlari O‘zbekiston 
hududidan tashqarida boshlanadi. Mamlakatning aksariyat daryolari bahor faslida 
to‘lib-toshib oqadi. Yozda borgan sari daryolar suvi kamayib boradi. Daryolardagi bu 
xil rejim ziroatchilik ehtiyojlariga muvofiq emas. Shuning uchun dehqonchilik asosiy 


101 
sug‘orib ekishga tayangan mamlakatimizning barcha geografik mintaqalarida o‘nlab 
yirik suv omborlari, yuzlab magistral kanallari, minglab nasos stansiyalari barpo 
qilingan.
Undan tashqari O‘zbekiston hududida anchagina yer osti suvlari ularning 
o‘rtacha aniqlangan hajmi 6-7 km3 ga teng, bu suvlar xo‘jalikda keng 
qo‘llanilmoqda. 
O‘simlik resurslari. O‘zbekistonning o‘simlik resurslari cho‘l, adir va tog‘ 
mintaqalarida gidrotermin va to‘proq sharoitlariga bog‘liq holda taqsimlangan. 
Mavjud o‘simlik turlarining 90% ga yaqini chorva mollari uchun oziqabopdir. Cho‘l 
yaylovlarida har gektar maydondan yiliga o‘rtacha 3-5 sentner, Ustyurtdagi 
yaylovlarda har gektardan 2-4 sentner, xashak yig‘ib olish mumkin. Cho‘l 
yaylovlarida deyarli yil bo‘yi qo‘y boqiladi.
Adir yaylovlarida har gektar maydondan o‘rtacha 8-10 sentner xashak 
yig‘iladi. Kunlar isiy boshlaganida bu maydonlarda ko‘plab qo‘y, qoramol va 
parrandalar boqiladi. 
Baland tog‘ (yaylov) mintaqasida xashak o‘rtacha zahirasi gektar boshiga 15 
sentnerga etadi. Bu mintaqada ham yozda qo‘y-echki va yirik mollar boqiladi.
Hayvonat resurslari. O‘lkamiz faunasi turlarga boyligi bilan harakterlidir. Sut 
emizuvchilarning 97 turi uchraydi. Yovvoyi hayvon turlaridan xo‘jalikning ayrim 
turlari foydalanilmoqda. Terisi (mo‘ynasi) uchun ovlanadigan hayvonlar (tulki, 
chiyabo‘ri, bo‘rsiq va boshqalar) ham keng tarqalgan. O‘zbekistonda 60 xil 
ovlanadigan qo‘shlar bor, bulardan muhimlari kaklik, qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz 
va boshqalar. Lekin keyingi vaqtlarda tartibsiz ovning ko‘chayishi, antropogen 
ta’sirning kuchayishi bu xil qushlarning kamayishiga olib kelgan. undan tibbiyot 
sohasida kerakli xomashyo hisoblangan zaharli ilonlarning bir qancha turlari 
respublikamizda mavjud. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin