104
tuproqlar o‘zoq o‘tmishidan dehqonchilik qilinadigan Zarafshon vohasi, Farg‘ona
vodiysi kabi joylarda tarqalgan bo‘lib, o‘zoq yillik dehqonchilik natijasida ancha
chirindi miqdoriga boyigan hisoblanadi. Mamlakatdagi dehqonchilik cho‘llarda
(Qarshi, SHirobod, Mirzacho‘l va b) sizat sathiga ko‘tarilishi natijasida to‘proqlarni
to‘rlanish darajasi ketgan. Shuning uchun bu tuproqlarni sifat darajasi pasygan.
Hozirgi yangi taraqqiyoti rivojlanayotgan davrda tabiiy resurslarni texnologik
bahosi yuksak ahamiyatga ega.
Boyliklarni aniqlashda, foydalanishda, texnologik
jarayonlarni jalb etilishi, ishlatilishi bilan birga, yangi texnologiyalarni joriy etilishini
ham bu asosida tavsiya etilishi maqsadlidir.
Yana tabiiy resurslarni, ayniqsa ulardan foydalanish jarayonlarini ekologik
jihatdan baholash muhimdir. Har bir resurs turlaridan
foydalanishida oldindan
ekologik bahoga e’tibor yaxshi bo‘lmaganligi oqibatida hududlarda qanchadan-
qancha mudhish voqealar sodir bo‘lmoqda. Bularga Orol va Orolbo‘yi Sariosiyo va
uning atrofii, Navoiy shahri va atrofii, Olmaliq-Angren sanoatli rayoni muammolari
va boshqalar misol bo‘la oladi.
Tabiiy resurslar turlarini yuqorida keltirilgan baholar jamlanishi,
yaxlitligini
anglatuvchi baho kompleks baho hisoblanadi. Kompleks bahoni har bir resurs turiga
qo‘llanishi samaralidir. Chunki kompleks baholar asosida resurs turini to‘liq baholash
mumkin. Shunga ko‘ra, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ishlab chiqarishga
aniq imkoniyatlar yaratiladi.
Aholi ko‘payib, uning faoliyati ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti tabiatni
muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish muammosini
keskinlashtirmoqda. Inson tabiat ne’matlaridan tobora ko‘proq foydalanilmoqda.
binobarin, atrof-muhitga faol ta’sir etmoqda. Buning natijasida
yaylovlar maydoni
qisqarmoqda, chuchuk suv zahiralarimiz ifloslanmoqda. Tabiiy resurslarimzdan
oqilona foydalana olmayotganligimiz natijasida, tabiat bizga aks ta’sir qilmoqda.
Buning natijasi o‘laroq, turli ekologik muammolar kelib chiqayapti.
Hozirgi sharoitda tabiatni muhofaza qilish, uning ne’matlaridan rejali
foydalanish birinchi darajali ish bo‘lib qoldi. Hozirgi
vaqtda tabiat boyliklarini
qo‘riqlaydigan bir qancha tashkilotlar barpo etilgan. Undan tashqari fan-texnika
105
taraqqiyoti tabiatga keltirayotgan zarar ustida ishlayotgan bir qancha ilmiy-tadqiqot
muassasalari mavjud.
Respublikamiz
Konstitutsiyasi
tabiatni
muhofaza
qilish
bo‘yicha
korxonalar,tashkilotlar, fuqarolar burchi va ma’suliyatini aniq belgilab bergan.
Umuman olganda, mamlakatimizning boy tabiiy resurslaridan oqilona, rejali
foydalanish, kelajagimiz istiqbolini belgilaydi.
Shuning uchun ham tabiiy
resurslardan foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor berish, yana zamonaviy
texnologiyalarga o‘tish hozirgi kunimizni asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Tabiat va uning resurslarini muhokama qilishda, qabul qilingan tabiatni
muhofaza qilish qonunidan keng foydalanish lozim. Unda barcha tabiiy resurslardan
muhofazasi ham qonun asosida izohlab berilgan.
Respublikamizda hozirgi vaqtda 13 ta qo‘riqxona 10ta zakaznik (buyurtma)lar
bor, ularni nazorat qilishni oshirish bilan birga, son jihatdan miqdorini ko‘paytirish
kerak.
Shuningdek “Qizil kitobga” kirgizilgan o‘simlik va hayvonat dunyosi turlarini
muntazam muhofaza qilish maqsadlidir.
Dostları ilə paylaş: