95
Mustaqil taraqqiyotning hozirgi bosqichidayoq “har yili respublika konlaridan
taxminan 5,5 millirad dollarlik miqdorda foydali qazilmalar
olinmoqda va ular yoniga
6,0 – 7,0 millirad dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda”.
Mamlakatimizning tabiiy resurslarga boyligi, uning xalq xo‘jaligidagi ko‘pgina
tarmoqlarini rivojlanishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida,
respublikamiz eksport
salohiyatini ta’minlaydi. misol tariqasida tabiiy gaz konlarini oladigan bo‘lsak,
zaminimizda aniqlangan tabiiy gaz zahirasi 2 trln. m3 ni tashkil etadi. O‘zbekiston
hozirgi vaqtda tabiiy gaz eksport qiluvchi yirik o‘nlik davlatlar qatorida turadi.
Undan tashqari tabiiy gaz yoqilg‘i sifatidagina emas,
muhim kimyoviy xom ashyo
sifatida ham katta ahamiyatga ega. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi uchun zarur
bo‘lgan azot o‘g‘itlari ham tabiiy gaz xom ashyosidan olinadi.
Undan tashqari
mamlakat yoqilqi – energetika sanoatida Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda
SHo‘rtan gaz majmuida gaz asosida turli xil eksportbop mahsulotlar olinmoqda.
Umuman olganda, respublikamiz xalq xo‘jaligida tabiiy resurslarning ahamiyati
yuqori bo‘lib, faqtatgina mavjud tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish, kelajak
avlodlar manfaatlarini ko‘zlab
ish yuritsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Dostları ilə paylaş: