F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


MO davlatlarniig ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

10.5. MO davlatlarniig ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari 
Qozog‘iston respublikasining ichki qismlari bir - biridan keskin farq qiladi. 
Qozog‘iston respublikasini beshta iqtisodiy rayonga bo‘lib o‘rganiladi - SHimoliy, 
Markaziy, Janubiy, G‘arbiy va Sharqiy. SHimoliy Qozog‘istonga - SHimoliy 
Qozog‘iston, Kokchetav, Selenograd, Pavlodar, Kustanay va Turgay viloyatlari 
kiradi. 


89 
Bu iqtisodiy rayon - asosan quruq yerlarning ochilishi hisobiga rivojlangan 
qishloq xo‘jaligi negizida shakllangan rayon bo‘lib, uning ixtisosi qishloq xo‘jalik 
tarmog‘i hisoblanadi. Shuningdek bu rayonda - temir rudasi, ko‘mir, boksit, asbest 
rudalari mavjud. 
Uning zimmasiga - 1/5 qismi mamlakatning hududi, 1/3 qismi aholi, 2/3 qismi 
ekiladigan er maydonlari va boshqalar to‘g‘ri keladi. 
Shuni qayd qilish kerakki, poytaxtni Ostana shahriga ko‘chirilishi bu iqtisodiy 
rayonning yanada ahamiyati o‘sishiga olib keldi. 
Markaziy Qozog‘istonga Karaganda va Jezqazgan viloyatlari kirib, bu 
rayonning rivojlanishida ko‘mir rudasi, polimetall, temir va marganets rudalarining 
ahamiyati katta. 
Bu rayonning asosiy sanoat ishlab chiqarishining ixtisosi tabiiy resurslarni 
qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lib, qora metallurgiya, rangli 
metallurgiya va yoqilg‘i sanoati yaxshi shakllangan. Eng katta shaharlari - 
Karaganda, Temirtau, Balxash, va Jezqazgandir. 
Janubiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoniga Olma - Ota, SHimkent, Jambul, Taldы 
- Kurgan va Qizil - Orda viloyatlari kiradi. Bu rayon sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi 
asoslangan bo‘lib - paxtachilik, sholichik, tamakichilik, bog‘dorchilik asosiy 
tormoqlari hisoblanadi. 
Yirik tabiiy resurs zahiralari asosida bu yerda tog‘-kon sanoati shakllandi va 
rangli metallurgiya, ximiya, mashinasozlik, yengil va oziq - ovqat sanoati rivojlandi. 
Eng katta shaharlari -Olma-Ota, SHimkent, Jambul va Kizil-Orda hisoblanadi. 
Sharqiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoniga Sharqiy - Qozog‘iston viloyati va 
Semipalatinsk viloyatlari kiradi. Rayon doirasiga Rudali-Oltoy havzasi kiradi. 
Shuning uchun xam bu erning sanoatida rangli metallurgiya, kurilish materiallari 
sanoati, kimyo sanoati yetakchi hisoblanadi. Eng katta shaharlari - Ust-Kamenogorsk 
va Semipalatinsk hisoblanadi. 
G‘arbiy Qozog‘iston tarkibiga Aktyubinsk, Uralsk, Gurevsk va Mang‘ishloq 
viloyatlari kiradi. Sanoatining asosi ixtisosi tabiiy resurslarni qazib olish (neft, gaz, 


90 
xrom va nikel rudalarni), Shuningdek bu tarmoqlarga xizmat qiluvchi mashinasozlik 
vujudga kelgan. 
Shuningdek bu rayonda baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy shaharlari - 
Aktyubinsk, Uralsk, Gurev va SHevchenkodir. Turkmaniston Respublikasi quyidagi 
rayonlardan iborat: G‘arbiy Murg‘ob, Tedjen va Quyi Amudaryo (Tashxovuz 
viloyati). 
G‘arbiy rayon (Ashxabad - Turkmanboshi) sanoat ixtisosiga neft va neftni 
kayta ishlash, kimyo, yengil, oziq-ovqat va baliqchilik tarmoqlari kiradi. Eng katta 
shaharlari - Ashgabad, Turkmanboshi, Nebit-Dag, Kum-dag va CHelekendir. 
Murg‘ob - Tedjen rayoni tarkibida Mari viloyati va janubiy - Sharqiy Qoraqum 
sektori kiradi. 
Bu rayonning asosiy ixtisosi - ingichka tolali paxtachilik bo‘lib, 
Turkmanistonning yarmidan ko‘p qorako‘llari shu rayonga to‘g‘ri keladi, Shuningdek 
bu rayon ipakchilik rayoni hisoblanadi. Asosiy shaharlari Mari va Bayram-Alidir. 
O‘rta -Amudaryo rayoni Chorjo‘y viloyatidan iborat bo‘lib, asosiy qishloq 
xo‘jaligi rayonlari - paxtachilik, qorako‘lchilik va ipakchilikdir. 
Quyi Amudaryo rayoniga mamlakatdagi shimoliy Tashxovuz viloyati kiradi. 
Bu rayon ham qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. 
Qirg‘iziston Respublikasini iktisoslash buyicha quyidagi rayonlari ajratamiz - 
SHimoliy, Ichki Tyan-SHan, Janubiy-G‘arbiy. SHimoliy Qirg‘iziston rayoni eng 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan rayon bo‘lib unda mashinasozlik, tuqimachilik, oziq- 
ovqat sanoatlari yaxshi taraqiy etgan. Qishloq xo‘jaligining asosiy ekinlari - qand 
lavlagi, donli ekinlar, bog‘dorchilik, uzumchilik tarmoqlari hisoblanadi. 
Ichki Tyan-Shan rayoniga Norin viloyati kirib, uning asosiy ixtisosi tabiiy 
resurslarni qazib olib, gidroenergiya resurslaridan foydalanish va chorvachilik 
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi bu chorvachilik, sanoat esa - tabiiy resurslar bilan 
bog‘liqdir. 
Janubiy - G‘arbiy Qirg‘izistonga Farg‘ona vodiysida O‘sh viloyati kiradi. 
Uning asosi ixtisosi ko‘mir, surma va simob rudalarini qazib olish, qishloq xo‘jaligi 
esa - paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yetishtirish bilan bog‘lik. 


91 
Tojikiston Respublikasining har xil tabiiy resurslari va tabiiy sharoitlari turli 
iqtisodiy rayonlari vujudga keltirdi. 
SHimoliy kismga Xo‘jakent viloyati kirib, xo‘jaligi bevosita qishloq xo‘jaligi 
bilan ayniqsa paxtachilik, bog‘dorchilik, esa Cheleken havzasi kiradi. Shunigdek 
Qora - Bog‘az - Gul qo‘ltig‘ida - katta miqdorda kimyoviy xomashyo qazib olinadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin