92
11-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY GEOGRAFIK
O‘RNI, TABIIY RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN OQILONA
FOYDALANISH
11.1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni.
11.2. Tabiiy resurslarni respublika xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
11.3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari.
11.4.Tabiiy
resurslarni
iqtisodiy-geografik
baholash
va
ulardan
foydalanish.
11.1.O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni.
Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlari avvalo
uning qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, O‘zbekiston materik
markazida, Dunyo okeanlaridan ancha o‘zoqda joylashgan. Shu sababli dengizga
tutash hududlarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak,
O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o‘rnining barcha ijobiy va salbiy
xususiyatlari ko‘p jihatdan anna shu holatdan, Shuningdek uni qo‘shnichilik
xususiyatlaridan (qanday
davlatlar, iqtisodiy rayonlar, Dunyo mamlakatlari
mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi ularning bir-birlariga iqtisodiy ta’sir etish
imkoniyatlari) kelib chiqadi.
O‘zbekiston Yevrosiyo materigining qoq markazida, Markaziy Osiyoning
markazida joylashgan. U shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston, sharq va shimoliy-
sharqda Qarg‘iziston, sharq va janubiy sharqdan Tojikiston, g‘arb va janubi-g‘arbda
Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaralanadi.
O‘zbekistonning kenglik bo‘yicha shimoldagi chekka
nuqtasi Ustyurt platasi
(450 361 shimoliy kenglik)da, eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yonida (370111
shimoliy kenglik)da joylashgan. Uzoqlik bo‘yicha esa chekka nuqtalari 560 001 dan
730 101 Sharqiy uzoqlikgacha boradi. Respublikamizning 448,9 ming km2 ga teng
bo‘lgan maydoni g‘arbdan sharqqa 1400, shimoldan janubga esa 925 km cho‘zilgan.
Maydoni jihatidan O‘zbekiston, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya,
SHveysariya mamlakatlari maydonini qushib hisoblaganda ham ulardan kattalik
qiladi.
93
Respublika chegarasining umumiy uzunligi 6221 km ni tashkil etib,
undan
2203 km Qozog‘iston, 1021 km Turkmaniston, 1061 km Tojikiston 1099 km
Qirg‘isiston, 137 km Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Odatda, alohida olingan hudud
yoki mamlakatlar iqtisodiy gegorafik o‘rnini o‘rganish, tadqiq va tahlil qilish orqali
ularning bugungi rivojlanishi holatiga baho beri shva kelajagi haqida fikr yuritish
mumkin. Shu jihatdan O‘zbekiston hududining kattaligi va yaxlitligi, qardosh (yalpi
qadim Turon zaminidagi) davlatlarga nisbatan markazda ekanligi va mintaqaviy
cho‘zilganligi, yer usti tuzilishining bir-biriga muvofiq holatda o‘rin
almashishi
(tekislikning adir yassi tog‘lik va baland tog‘liklar bilan almashinishi) hududda
ijtimoiy taraqqiyot uchun kattagina imkoniyatlar yaratib bergan.
O‘zbekiston hududining o‘rnini iqtisodiy geografik jihatdan uch pog‘onaga:
mikro, mezo va mikro darajaga bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston hududining mikrodarajadagi holati, uning Markaziy Osiyo
davlatlariga nisbatan tutgan o‘rnidir. O‘zbekiston qadim turon zaminida hamisha
salohiyati katta davlat bo‘lgan. Bu, ko‘p jihatdan uning gegorafik markazligidan kelib
chiqqan. Yaqin o‘tmish (ya’ni sho‘rolar hukmronligi yillari)da ham o‘rta Osiyodagi
respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p sohalarida bog‘langanlar.
Markaziy Osiyo davlatlarida bunyod qilingan temir yo‘llar,
avto magistrallar,
quvurlar ham bir-birlariga bog‘langan.
Umuman olganda har bir davlatning “markaziyligi”, siyosiy hamda iqtisodiy
geografik o‘rnining muhim ko‘rsatkichi uning qo‘shnichilik qiladigan mamlakatlar
soni, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan
belgilanadi. Albatta, O‘zbekiston Respublikasining 5ta mustaqil davlatlar bilan
chegaradoshligi uning yirik siyosiy gegorafik mintaqa markazida o‘rnashganligini
ifodalaydi. Bunday holat esa kelajakda, Shubhasiz, o‘z ijobiy samarasini beradi. Bir
so‘z bilan ta’kidlaganda, Markaziy Osiyo davlatlarining
asosiy ishlab chiqarish-
iqtisodiy va madaniy aloqalari faqat O‘zbekiston orqali kechadi.
O‘zbekistonning mezogegorafiyasi o‘rni uning birmuncha kengroq miqyosda
mavqie bilan belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga kirib
borishida Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari Kavkazorti davlatlarining,
94
Turkiyaning, Eronning, Afg‘onistonning ulushi bor. Afg‘oniston orqali Pokiston (va
so‘ngra Hind okeani) ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari
achilmoqda.
O‘zbekistonning Makrogeografik o‘rni jahondagi davlatlar bilan olib
borayotgan aloqalarda belgilanadi. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan ko‘p
qirrali
aloqalari mamlakatimiz taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ushbu
makrodarajadagi aloqalarini MDH ning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqasida Rossiyaning o‘rni katta. Evrosiyoning
Buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi bilan muntazam aloqada bo‘lish O‘zbekistoning
manfaatlriga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: