Qishloq xo‘jaligi . Qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlar 197,6 mln. gektar:
Shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan er, qolgan qismi pichanzor va yaylov.
Haydaladigan erlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabo‘yi, SHimoliy, Kavkaz, Uran va
G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlariga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi yalpi
mahsulotning 47,2 % ni dehqonchilik va 52,8 %ni chorvachilik beradi. Asosiy
ekinlari: g‘alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, zig‘ir va boshqalar.
Volgabo‘yi , SHimoliy Kavkaz, G‘arbiy Sibir, Uran va Markaziy rayonlarda
bug‘doy, SHimoliy, SHimoli-g‘arbiy va Markaziy rayonlarda zig‘ir, markaziy va
SHimoliy Kavkazda qand lavlagi yetishtiriladi. Rossiyaning tabiiy sharoiti
chorvachilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabo‘yi, G‘arbiy
Sibir, SHimoliy Kavkaz, Uran, Markaziy iqtisodiy rayonlarda qoramol ko‘proq
boqiladi. CHeka SHimolda bo‘g‘ichilik va hayvonotchilik rivojlangan.
Transporti. Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan.
Temir yo‘lning 139 ming km (86 ming km magistral temir yo‘l) bo‘lib, dunyoda
uzunligi bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda. Uning 1+3 qismi
elektrlashtirilgan. Qattiq qoplamli avtomobil yo‘llari uzunligi 754 ming km, kema
qatnaydigan ichki suv yo‘llari uzunligi 84,6 ming km, magistral neft va gaz quvurlari
uzunligi – 213 ming km umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz 13%, quvur
tarnsporti 29%, Temir yo‘l 52,7% va daryo 3,7% ni tashkil etadi. Tashqi savdo
yuklarining aksariyati lengiz tarnsportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi –
8,3 mln. tonna dedveyt.
75
9.4.Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
XX – XXI asr bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligi strukturasi va subyektlari tahlili asosida
Rossiya Federatsiyasining Jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni va rivojlanish istiqbolini
bilish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, 1995-yil boshlarida Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kometiti
tomonidan qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik kometeti tomonidan
qabul qilingan. «Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik strategiyasining asosiy nizomi
to‘g‘risida»gi qonunda uning tashqi iqtisodiy strategiyasi asosiy yo‘nalishlari mam
lakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va tashqi bozorlarida iqtisodiy potensialni
saqlash, ijtimoiy – iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha chet
mamlakatlarga yoki ularning uyushmalariga qaram bo‘lib qolmaslik, texnik iqtisodiy
mustaqillikni ta’minlashdir, deb ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Rossiyaning jahon
iqtisodiyotidagi ahvoli mutlaqo qarama-qarshiliklardan iborat. Ichki tavofutlarga
keladigan bo‘lsak, mamlakatda iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganligi;
Moskvadagi moliyaviy markazlar va yoqilg‘i-energetika majmuasi hamda oligarx-
axborot tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiniga ta’siri; moliya
resurslarining 95 foizdan ortiq qismi Moskva Sankt – Peterburg va Ekaterinburg kabi
shaharlarda to‘planishidir. Shuning eng yirik dengiz portlari: Sankt – Peterburg,
Vaniko, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok, Havo
transportining ahamiyati ham yuqori.
Iqtisodiy rayonlari. Orssiya – dunyoda qudratli eksport va import
imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatlardan biri, u chetga mashina va uskunalar,
transport vositalari, metall, neft, tabiiy gaz, kimyoviy moddalar yog‘och,
to‘qimachilik mahsulotlari eksport qiladi. 2000-yilda tashqi savdo aylanmasi 140
mlrd dollardan ortiq bo‘lgan. Shu yili Rossiya tashqi obzorga 110 mln. t neft, 100
mlrd, m
3
tabiiy gaz, 18 mln.t ko‘mir, 13 mln.t temir rudasi va boshqalarni yetkazib
berdi. Yoqilg‘i – energetika resurslarining ulushi 44% ni tashkil qildi. Rossiyaning
savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Italiya, Yaponiya, AQSH, Buyuk
76
Britaniyadir. ishbilormanlarining hamkorligi tufayli O‘zbekistonda 520 ta qo‘shma
korxona barpo etilgan. vakolatxonalariga ega.
Dostları ilə paylaş: |