11.3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari
Respublikamiz hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bo‘lib unda
turli geologik davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil qazilma boyliklarining xo‘jalik
ahamiyati kattadir.
O‘zbekistondagi qazilma boyliklardan kishilar qadim zamonlardan boshlab
foydalanib kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan.
O‘zbekistonda yer osti boyliklarini qidirishda rus olimlari bilan birgalikda
akademiklar Habib Abdullaev, Ibrohim Hamrobaev, Obid Akramxo‘jaev, G‘ani
Mavlonov, Habib To‘laganov va boshqalar faol qatnashdilar. Endilikda
respublikamiz yer qa’ridan yuzdan ortiq xildagi boyliklar topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslari. O‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha
konlari bor. Ularning asosiylari uchta mintaqada joylashgan:
Farg‘ona mintaqasi – SHimoliy So‘x, janubiy Olamushuk, Polvontosh,
CHimyon, SHo‘rsuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo‘lib, bu hududda
96
asosan neft va yo‘ldan gaz qazib olinadi. Bu konlar aktikminal tuzilishida bo‘lib,
yuraneogen va paleogen qatlamlarda joylashgan. Bu konlarning neft yengil, unda
oltingugurt kam uchraydi.
Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xavdog‘, Kokaydi, Uchqizil, Lalmikor
va boshqa konlardan iborat. Ular ham antikminal tuzilishda bo‘lib, yuqori yurar
qatlamlarida joylashgan. Bu konlarning nefti og‘ir tarkibli, uning oltingugurt ko‘p.
Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – o‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur.
SHo‘rtan, Zevarda, Mubarak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib
chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi vaqtda aniqlangan Ko‘kdo‘maloq
konidan neft bilan birgalikda tabiiy gaz ham qazib olinmoqda.
Yuqoridagilardan
tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustkuy
mintaqasida ham (Quyanshi, SHoxpaxta) bir qancha tabiiy gaz konlari ochilmoqda.
O‘zbekistonning ko‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning eng
muhimlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi SHarg‘un va
Boysun konlaridir. Ko‘mir qatlamlari orasida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turli
jinslar, gil, kaolik, qum, bentonit, slanes va boshqalar uchraydi. Masalan. Angren
koni daryo vodiysida, kaolin qatlamlari ustida yotadi, ko‘mir qatlamlari ancha qalin
(ba’zan 40-60 m ga etadi), ko‘mir qatlamlari ko‘proq yer yuzasiga Yaqin
joylashganligi uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining
ko‘miri qo‘ng‘ir bo‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va
iste’molchiga yaqinligi iqtisodiy samara beradi.
SHarg‘un va Boysun ko‘mir konlari esa yuqori sifatli toshko‘mir bo‘lib, qazib
chiqarishni oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Rudali resurslar. O‘zbekiston hududi ayniqsa, rangli metall rudalariga boy.
Jumladan, O‘zbekiston miss rudasining zahirasi bo‘yicha MDH da Rossiya va
Qozog‘istondan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat miss konlari asosan Qurama tog‘
tizmasida keng tarqalgan. Uning Olmaliq atrofidan Qalmoqqir, Dalniy va Sarichek
konlari eng yiriklaridir. Qo‘rg‘oshin-rux konlari janubi-g‘arbiy Xuksor tog‘larida
joylashgan. Qurama tog‘idagi Lashqaran polimetall konidan qadimda Kumush,
Qo‘rg‘oshin qazib olingan. Ular endilikda sanoat asosida Qo‘rg‘oshinkon konlari
97
olinadi. SHimoliy Nurota tizmasi yonbag‘irlarida ma’dan konlari, Xonniza
(Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan.
O‘zbekiston oltin zahirasiga juda boy. Qimmatbaho oltinning bir necha
endogen va ekzogen konlari topilgan. Uning eng yirik konlari Markaziy Qizilqum
(Muruntov va Kokpates) da joylashgan. Mamlakatimiz qidirb topilgan oltin
zaxiralariga ko‘ra jahonda uni qazib chiqarish hajmi bo‘yicha oldingi o‘nlikda
turvadi. Oltinning Muruntov va Kakpatas konlari tokembriy va quyi pamazoy
jinslarida, Olmaliq guruh konlari ega intruziyalarda joylashgan. Oltin Marjonbuloq,
Zarmitan, CHodak, Uchbuloq, Qoraqo‘ton, Kaundi konlarida katta zaxiralarga ega
umuman, mamlakatimiz hududida oltinning 30 dan ortiq konlari topilgan va ularning
zaxirasi aniqlangan.
O‘zbekistonda kumush konlari ham ko‘p. Uning asosiy konlari tog‘larida
joylashgan. Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe Ukjetpes, Kommonagi konlari va
Namangan viloyatidagi Oqtepa zaxiralari aniqlangan kumush konlaridir.
Nodir metallardan volfuram (Langar, Qoratepa, Quytosh, Ingichka, Yakton,
CHochtepa konlari), molibden (Hiso, Qurama va CHotqol tizmalarida) ko‘p
uchraydi. Qalayning mamlakatimizda 100 dan ortiq konlari mavjud. Shulardan
Qariob koni 1950-yillarda ishga tushirilgan. Vismut rudalari chotqol-Qurama
tog‘larida topilgan. Simob va Surma tarkibidagi rudalar respublikamizning Janubiy
Farg‘ona qismida ko‘p uchraydi. U erda simobning 110 dan, .surmanning 10 dan
ortiq konlari istiqboli hisoblanadi.
Mamlakatimizda rudali resurlardan temir rudasining konlari ham topildi.
CHo‘kindi jinsli temir ruda konlari bur va uchlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan
bo‘lib, bunday konlar Orolbo‘yi regionida, Qiziqumda va Jizzax viloyati hududida
uchraydi. 1999-yilda geologlar tomonidan zaxirasi qayta aniqlangan. Jizzax vilofti
Forish tumanidagi temir ruda konining sanoat ahamiyati katta bo‘lib, uning tarkibida
60 foiz atrofida sof temir borligi aniqlangan.
O‘zbekistonda marganes konlari ham bor. Uning Zarafshon tog‘larida
Ziyoviddin, Devtosh, Qizilbayroq, Taxtaqoracha, Teransoy, CHo‘panota konlaridan
98
zaxiralarining tarkibi toza rudaga ancha boy (ruda tarkibida toza marganes 8
foizgacha).
Mamlakatimizning ayrim hududlarida sanoatning qimmatbaho xomashyo
bo‘lgan o‘ran ham bor. Mamlakatimiz b uxom ashyo zaxirasi va qazib chiqarish
bo‘yicha ham yetakchi davlatlardan hisoblanadi.
Tog‘-kimyo xomashyo resurslari. Mamlakatimiz hududida kaliy, Osh tuzi va
fosforitning katta zaxiralari aniqlangan. Magniy va natriyning sulfat tuzlari esa kam
uchraydi. Xo‘jankon, Boybachakon. Lalmikon, Oqbin va boshqa, jami 8 ta tuz
konlari mavjud Ko‘hitang tog‘ida joylashgan. Xo‘jankon tuz koni zaxirasi 140 mln.
tonna bo‘lib, hozirgi davrdagi mamlakat ehtiyoji bo‘yicha yana 100 yildan ko‘proq
vaqtga etadi. Fosforitning katta konlari Qizilqumda topilgan. Uning Ovminzatog‘,
Bukantog‘, Toshqazgan, Qultiqtog‘ va Boysun tog‘laridan topilgan konlari ayniqsa,
istiqbollidir.
Oltingugurt SHo‘rsuv koni (Farg‘ona vodiysi)dan qazib olinmoqda. Undan
tashqari Tubekentda birik koni mavjud Yura davri yotqiziqlarida uchraydi. Hozirgi
vaqtda esa, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan katta qismi Muborak gazni qayta
ishlash majmuasida ajratib olinmoqda.
Nometall foydali qazilmalar ham mamlakatning tog‘li mintaqalarida keng
tarqalgan. Dala shtatining magmatik va cho‘kindi konlari (Zirabuloq Ziyovuddin
tog‘lari, Normantog‘da) ma’lum. Grafitning 30 dan ortiq magmatik va cho‘kindi
konlari bor. Asbestning ko‘p tusish xili Sulton Uvays tog‘ida uchraydi.
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uchun ishlatiladigan xomashyo, (
qum, qumtosh, ohaktosh, granit, marmar, tog‘ billuri, yoshma, marmarsimon oniks
kabilar)ga boy. Ayniqsa, G‘ozg‘on marmari (Navoiy viloyati) sifati yuqori bo‘lib,
butun dunyoga mashhur. Mamlakatimizdagi deyarli barcha daryo o‘zan yoyilma
yotqiziqlarida shag‘ol, qum, shag‘altosh, ko‘p tarqalgan. Kvars oqqumi ham
yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchiliek sanoatining qimmatli
xomashyosi hisoblanadi. Ozodboshi qishloqlari hududi)da, Navoiy shahri yaqinda,
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.
99
Mineral suv resurslari. Mamlakat hududining mitologik jinslar majmuida
muayyan miqdorda yer osti suv zahiralari mavjud. Yer osti suvlarining (shifobaxsh)
100 ga yaqin istiqbolli konlari o‘rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha,
mamlakat yer osti suvlarining o‘rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga
1000 m3. yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi jihatdan asosan gidrokarbonatli,
gidrokorbanat-sulfatli, qisman sulfat-xloridli va xloridlidir. Vodorod-sulfatli suv
CHimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, SHo‘rsuv, Uchqizil, Kokayti, Jayronxona,
Xo‘jampok, Omonxona va boshqa joylarda tanilgan. Yodli suv CHortoqda, rodanli
suv Aroshan buloqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg‘ona
viloyatlarida, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Moxi Xossa, Qorako‘l, Gazlidan
chiqadi.
Er resursi. O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer
davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham faqat davlat yerdan muddatsiz va
vaqtincha foydalanish uchun qishloq xo‘jalik tashkilotlariga, turli yo‘nalishda faoliyat
ko‘rsatadigan xo‘jaliklarga, Shuningdek, fuqarolarga beradi.
Davlat yer fondi: umumiy yer fondining, Shundan qishloq xo‘jaligiga yaroqli
yerlarni, Shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor. o‘rmonzor
hamda qo‘riq va nartov yerlardan tashkil topgan. Mamlakatimizning umumiy yer
fondi 440,0 ming kv.km, shundan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 26,7
mln. gektarga Yaqin, ya’ni mamlakat umumiy er fondining 63,8 foizi qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishiga yaroqli bo‘lgan yerlardir. Shundan Shudgor qilib (haydalma)
dehqonchilik qilinadigan yerlar 4,3 mln. ga dan ortiq.
Mamlakatda 22 mln. gektardan ortiq yer yaylov mavjud. Uning unumdorligini
va mahsuldorligini artezan quduqlari quvvatini oshirib borish evaziga yanada
ko‘paytirish mumkin. agroiqlim resurslari. O‘zbekistonning agroiqlim resurslari
holati uni materikning ancha ichkarisida joylashgan geografik o‘rni hamda murakkab
yer yuzasi relfining tuzilishiga bog‘liq. Shu jihatdan uning iqlim sharoiti qishloq
xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qodir.
O‘zbekistonning agroqlim ko‘rsatkichlari (jumladan, yog‘in-sochin va uning
miqdori, tushish muddati, havo haroratining yillik ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari)
100
yer sirtiga quyosh nuri tushish burchagining kattaligi Ziroatchilikni rivojlantirish
uchun kuchli omil bo‘lib maydonga chiqadi.
Mamlakatimiz quyosh radiatsiyasi ancha boy. Negaki, mamlakatimizda quyosh
yil davomida ufqdan balanda bo‘lib, nur sochadi. Quyosh iyun oyida ufqdan
Toshkentda 720, Termizda 760 gacha ko‘tariladi. Ziroatchilik qilinadigan barcha
vodiy va vohalarda, ko‘p yillik meteorologik kuzatishlarga qaraganda, quyosh
radiatsiyasi davomiyligi yil davomida o‘rtacha 2500-3000 soat gacha boradi.
Yoz oylarida mamlakatimiz hududi quyosh nuridan nihoyat ko‘p enegrya qabul
qiladi. O‘rtacha bir yilda har bir sm2 yer yuzasiga 100-120 ming kaloriy quyosh nuri
tushadi. Quyoshdan kelayotgan enegiyadan xalq xo‘jaligida energiya manbai sifatida
foydalanishga doir ilmiy-amaliy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining “Quyosh” ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida olib borilmoqda.
Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardagi yuqori hosil
olish va tabaqalashtirib rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Havo haroratining 5
darajasidan yuqori ko‘rsatkichi Termizda 5950 darajaga etadi. Bu ko‘rsatkich
shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz janubiy mamlakatlarga xos bo‘lgan
qimmatbaho ziroatchilik, bog‘dorchilik, subtropik mevalar yetishtirish imkoniyatiga
ega.
Umuman olganda, agroiqlim resurslarini suqur tahlil qilgan holda, xalq
xo‘jaligimizda undan samarali foydalanish, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini
istiqbollarini ochib beradi.
Suv resurslari. Mamlakatimizning asosiy suv boyligi – daryo suvlaridir.
Bevosita daryo suvlari respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlanishining asosiy
omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonning yirik daryolariga Norin, Qoradaryo , So‘x, CHirchiq,
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, SHeroboddaryo kabi daryolar kiradi. Yirik
daryolar hisoblangan Amudaryo hamda ularning yirik irmoqlari O‘zbekiston
hududidan tashqarida boshlanadi. Mamlakatning aksariyat daryolari bahor faslida
to‘lib-toshib oqadi. Yozda borgan sari daryolar suvi kamayib boradi. Daryolardagi bu
xil rejim ziroatchilik ehtiyojlariga muvofiq emas. Shuning uchun dehqonchilik asosiy
101
sug‘orib ekishga tayangan mamlakatimizning barcha geografik mintaqalarida o‘nlab
yirik suv omborlari, yuzlab magistral kanallari, minglab nasos stansiyalari barpo
qilingan.
Undan tashqari O‘zbekiston hududida anchagina yer osti suvlari ularning
o‘rtacha aniqlangan hajmi 6-7 km3 ga teng, bu suvlar xo‘jalikda keng
qo‘llanilmoqda.
O‘simlik resurslari. O‘zbekistonning o‘simlik resurslari cho‘l, adir va tog‘
mintaqalarida gidrotermin va to‘proq sharoitlariga bog‘liq holda taqsimlangan.
Mavjud o‘simlik turlarining 90% ga yaqini chorva mollari uchun oziqabopdir. Cho‘l
yaylovlarida har gektar maydondan yiliga o‘rtacha 3-5 sentner, Ustyurtdagi
yaylovlarda har gektardan 2-4 sentner, xashak yig‘ib olish mumkin. Cho‘l
yaylovlarida deyarli yil bo‘yi qo‘y boqiladi.
Adir yaylovlarida har gektar maydondan o‘rtacha 8-10 sentner xashak
yig‘iladi. Kunlar isiy boshlaganida bu maydonlarda ko‘plab qo‘y, qoramol va
parrandalar boqiladi.
Baland tog‘ (yaylov) mintaqasida xashak o‘rtacha zahirasi gektar boshiga 15
sentnerga etadi. Bu mintaqada ham yozda qo‘y-echki va yirik mollar boqiladi.
Hayvonat resurslari. O‘lkamiz faunasi turlarga boyligi bilan harakterlidir. Sut
emizuvchilarning 97 turi uchraydi. Yovvoyi hayvon turlaridan xo‘jalikning ayrim
turlari foydalanilmoqda. Terisi (mo‘ynasi) uchun ovlanadigan hayvonlar (tulki,
chiyabo‘ri, bo‘rsiq va boshqalar) ham keng tarqalgan. O‘zbekistonda 60 xil
ovlanadigan qo‘shlar bor, bulardan muhimlari kaklik, qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz
va boshqalar. Lekin keyingi vaqtlarda tartibsiz ovning ko‘chayishi, antropogen
ta’sirning kuchayishi bu xil qushlarning kamayishiga olib kelgan. undan tibbiyot
sohasida kerakli xomashyo hisoblangan zaharli ilonlarning bir qancha turlari
respublikamizda mavjud.
Dostları ilə paylaş: |