106
12-bob. TURIZM UMUMJAHON MEHNAT TAQSIMOTIDA
12.1.Turizmni geografik bo‘linishi va turistik oqimlar turlari
12.2.Maqsadli turizm turlari
12.1. Turizmni geografik bo‘linishi va turistik oqimlar turlari
Aholining turmush sharoitini yaxshilanib borishi, ularning bo‘sh vaqtini ortishi,
oilaning moddiy daromadini o‘sishi, dam olish jarayonlarini ko‘ngildagidek
o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Shu boisdan kishilar dunyoni ko‘rish, tabiat qo‘ynida dam
olish, sog‘lig‘ini tiklash va boshqa turistik manbalardan foydalanishni istaydilar.
Zamonaviy turizm geografiyasini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida
uning muhim tavsifiy belgilarini yoki turlarini bilish zarur bo‘ladi. Jumladan:
turizmni geografik jihatdan bo‘linishini, turistik oqimlar yo‘llanishini, safar maqsadi
va uning turlarini, harakatlanish usullarini, joylashuv vositalarini, ishtirok etuvchilar
soni bo‘yicha va tashkiliy shakllarini keltirish maqsadlidir.
Ma’lumki, turizmning geografik jihatdan ikki asosiy bo‘limi mavjud bo‘lib,
bular ichki (mahalliy) va tashqi (xalqaro) turizmidir. Mahalliy turizm – bu o‘z
mamlakati hududida hech qanday qiyinchiliksiz
istalgan joyga safar qilishi, dam
olishi va boshqa turistik faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishidir. Mahalliy turizmda o‘zi
yashab turgan joylarni ko‘rishi va o‘rganishi orqali ma’naviy dunyoqarash oshadi
hamda vataniga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi uyg‘onadi. Shuningdek,
aholining
sog‘lomlashtirishga, ish qobiliyatini tiklash va yaxshilashga xizmat qiladi.
Xalqaro turizm – bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtiriladigan sayohatdir.
U viza, tibbiy tekshiruv, valyuta almashtirish va boshqa ko‘pgina tadbirlarni o‘z
ichiga oladi. Tashqi yoki xalqaro turizm ma’lum maqsadda uyushtirilgan marshrut
yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Bunda eng avvalo
sayyohlar shu davlatning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati,
san’ati, urf-odati bilan tanishishi hamda boshqa betakror turistik obyektlardan zavq
olishdan iboratdir. Shuningdek, xalqaro turizm sport musobaqalari, ilmiy anjumanlar,
konferensiya, madaniy aloqalar, diniy marosimlar (masalan, xaj safariga borish) bilan
ham chambarchas bog‘liqdir. Xalqaro turizm qadimdan rivojlanib kelgan. Chunki
o‘sha davrda mamlakatlar o‘rtasida aniq chegaralar bo‘lmaganligi
sababli bir-biriga
107
o‘tish qiyin bo‘lmagan. Hozirgi paytda o‘tish og‘ir bo‘lsada, qiziqish, ishtiyoq katta,
moddiy sharoit yuqori darajada. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, dunyo miqyosida
turizmning geografik taqsimoti bir xil emas. M., xalqaro turistik sayyohlarni salmog‘i
Yevropa mamlakatlariga 52,5%, Osiyo va tinch okeani mintqasiga 20,2% Amerika
mamlakatlariga 16%, boshqa mintaqalarga 11,3 % to‘g‘ri kelmoqda.
Xalqaro
turizmda chet el turistlarni kelishi «aktiv turizm» nomini olgan. Turistlarni chet elga
chiqib ketishi «passiv» deb nomlanadi.
Turistik oqimlar yo‘nalishi bo‘yicha «kiruvchi» va «chiquvchi» turlarga
bo‘linadi. Kiruvchi va chiquvchi turistlar oqimi salmog‘i hozir 1 mlrt kishidan ortiq.
Dostları ilə paylaş: