111
Nazorat savollari
1. Turizmning jahon mintaqalari bo‘yicha bo‘linishi.
2. Turizmning maqsadlar bo‘yicha turlarga ajratilishi.
3. Turizmdagi maxsus turlarning geografiyasi
4. Hayot uchun xavfli sport o‘yinlari
turizmi
5. Shaharlarning turistik madaniy – tanishuv salohiyati bo‘yicha guruhlanishi
112
13-bob. YEVROPA MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI.
(FRANSIYA TURIZM GEOGRAFIYASI)
13.1. Fransiyaning turistik salohiyati
13.2.Fransiyaning turistik migratsiyasi va turistik rayonlari
13.1. Fransiyaning turistik salohiyati
Fransiyaning maydoni – 547,08 ming km2. Aholisi 63 mln kishi. Poytaxti –
Parij. Davlat tili fransuz tili. Pul birligi – yevro Fransiyaning Yevropa o‘rtasida
joylashgan bo‘lib, qulay geografik o‘rni, uning rang-barang tabiiy sharoiti va har xil
tabiiy turistik resurslarni ko‘pligi turizmni rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Fransiyada turizm salohiyati yuqori darajadadir. Unda shimoldan Atlantika
okeaniga janubda Hind okeaniga chiqish yo‘llari mavjud.
U iqtisodiy rivojlangan
davlatlar bilan chegaradosh. U iqtisodiy rivojlangan davlatlar jumladan: Buyuk
Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va SHveysariya
mamlakatlari shular
jumlasidandir.
Fransiya iqlimi turistik munosabatlarda juda qulay hisoblanadi. Fransiyaning
tabiati ham serqirradir. Uning toza havosi, rang-barang landshaftlari bilan turistlarni
o‘ziga jalb qiladigan qismi Korsina orolidir.
Fransiyada 40 mingdan ortiq madaniy yodgorliklar mavjud. Fransiyadagi
nomoddiy qimmatliklarni ham ta’kidlash juda muhimdir. Milliy urf-odat va
ana’analar, hunarmandchilik, gostronomik san’at va hokazolar hamda turli kattagina
turistlar oqimini jalb qiluvchi madaniy voqealar bunga misol bo‘la oladi.
Turizm faoliyatidagi muhim bo‘lgan tabiiy, sivilizatsion
dasturlar bilan bir
qatorda, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ham juda muhim bo‘lib
hisoblanadi. Aholining erishilgan turmush darajasi, inson manfaatlari uchun va
kishilarni sotsial ta’minoti uchun va kishilarni sotsial ta’minoti uchun sarf-xarajatlar,
turizm eng muhim o‘rinni egallaydigan iste’molning progressiv strukturasida o‘z
aksini topadi, kamroq ta’minlangan aholi esa sotsial (datatsiyalanadigan) turizmdan
foydalanish imkoniyatga ega.
Mamlakatda zamonaviy turizm infratuzilmasi tashkil etilgan.
Fransiya Yevro
Soyuz ittifoqi tashkil etish tashabbuskorlaridan biri hisoblanadi. 1945-yildan boshlab
113
Fransiyaning barcha prezidentlari jahon maydonida Yevropani kuchli va qudratli
qilib, Fransiyaning undagi poydevorini mustahkamlashga harakat qildi. Integratsion
jarayonlarni kengayishini va chuqurlashuvi mintaqada turizmni rivojlantirish hamda
fransuz turizm industriyasini modernizatsiyalash uchun qudratli omillar bo‘lib
hisoblanadi.
Fransiya ulardan tashqari turistik salohiyati O‘rta yer dengizi qirg‘oq bo‘yida,
Atlantika okeani qirg‘oq
buyida dam olish, davolanish, suv sporti, plyaj turizmiga
keng imkoniyat yaratdi. Davlatning Alp tog‘i qismida Alpinizm, ekoturizm, shimoliy
g‘arbida ekoturizm va agro turizm ov qilish turizmi uchun sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: