F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


Fransiyaning turistik migratsiyasi va turistik rayonlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

13.2.Fransiyaning turistik migratsiyasi va turistik rayonlari 
Fransiyada turizm migratsiyasini geografik sur’ati oldindan yaratilgan bo‘lib, 
o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. U ichki va tashqi, mintaqaviy va global 
tartibdagi ko‘p sonli turli xildagi natijasi bo‘lib hisoblanadi. Fransiyada ichki va 
kiruvchi turizm ustivor rivojlanishi kasb etadi. 
Ichki turizm 2005-yilda fransuzlar 185 mln turistik maqsadlarda tashrif 
buyurdilar. Ularning asosiy qismi (89 %) ichki bozorga to‘g‘ri keladi. Fransuzlar o‘z 
vatanlari bo‘ylab sayohat qilishni afzal ko‘rishadilar. 
Kiruvchi turizm. Yevropaning turistik migratsiyasi zamonaviy geografiyasi, 
dunyoning boshqa turistik mintaqalaridan farqli o‘laroq o‘ta yirik oqimlarning 
mavjudligi bilan farqlanadi. Ulardan uchtasi Fransiyaga kelib tugaydi. Buyuk 
Britaniya-Fransiya, Germaniya-Fransiya, Niderlandiya – Fransiya. 
Fransiya-Yevropa va jahonning eng ko‘p turist tashrif buyuradigan davlati 
hisoblanadi. 
Chiquvchi turizm: Nemislar va inglizlar bilan taqqoslaganda fransuzlar chet 
elga kam sayohat qiladilar. 
1950-yildan 2005-yilgacha bu davlatga kiruvchi oqim 25 marotabaga oshdi, 
ya’ni 3 mlndan 79,1 mln kishigacha ortdi. Mazkur davlatga asosan qo‘shni bo‘lgan 
EI mamlakatlarining turistik tashriflari (90 %) yanada salmoqlidir. Fransiyaga 
ko‘proq tashrif buyuradigan davlatlar qatoriga: Buyuk Britaniya, Germaniya, 


114 
Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Italiya, SHveysariya, Ispaniya kabi 
mamlakatlarni kiritishimiz mumkin. 
Chiquvchi turizm Fransiyada ichki mintaqaviy xarakter kasb etadi. Biroq 
Shunga qaramasdan 2004- yilda 66 5 tashrif Yevropa davtlatlariga uyushtirildi. 
Fransuzlarning odatiy tashrif buyuradigan yo‘nalishlari Ispaniya (3 mln), Italiya (1,9 
mln), Buyuk Britaniya (1,9 mln), Portugaliya, Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg va 
Gretsiya davlatlaridir. 
Fransuz turistlari tashrif buyuradigan joyda mahalliy aholi bilan ko‘proq 
muloqot qilishga, ularni hayot tarzini o‘rganishga, undan so‘ngina madaniy-tarixiy 
yodgorliklar va diqqatga sazovar joylarni sayohat qilishga loyiqdirlar.
Turizmni rivojlantirishda ham, turizmni maxsuslashtirishda ham Fransiyada 
rayonlar farqi ancha ahamiyatlidir. Ba’zi rayonlar turistik tashrif uchun esa aksincha. 
Bunday hududiy notenglik Fransiya rahbariyatini turizm sohasida mintaqaviy sayohat 
olib borishga, turizm rivojlanmagan rayonlarda aholi bandligini ta’minlab, turizm 
industriyasi korxonalari sonini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar. 
Fransiya umuman 22 ta turistik rayonga bo‘lingan bo‘lib, ular mamlakatni 
iqtisodiy-rejalashtirilgan rayonlariga mos keladi hamda EI ning hududiy statistik 
birligi yagona tizimiga kiradi. Bundan tashqari mamlakat 7 ta asosiy turistik rayonga 
bo‘lingan, ularning 4 tasi mamlakatning shimoliy qismida, qolganlari mamlakatning 
janubida joylashgan. 
1. Parij rayoni – turistik maqsadlar uchun muhim bo‘lgan maydoni bo‘yicha 
eng yirik rayon hisoblanadi. Parij – mamlakat bo‘ylab asosiy turistik marshrutlar 
boshlanadigan va tugaydigan muhim transport tarmog‘idir.
2. Shimoliy rayon-ikki mintaqani o‘z ichiga oladi. Nor-Pa-de-Kole va 
Pikardiya SHimoliy rayon o‘zining boy tabiiy va madaniy – tarixiy potensial bilan 
bog‘lovchi muhim joylashgan transport va savdo yo‘llari o‘tadi. 
3. G‘arbiy rayon - La-Mansh qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilib ketgan. U 2 
mintaqani o‘z ichiga oladi.
4. Sharqiy rayon esa o‘z tarkibiga Lotorongiya, Elziya va Fransh – Konteni 
oladi. Ular tarixiy taqdiri va chegaraviy joylashgan holatidagi umumiylik tufayli 


115 
birlashtirilgan bo‘lib, yaqqol ifodalangan markazga ega emas. Shu sababli turistik 
ixtisoslaShuv ham turlichadir. 
5. Alp rayoni – Fransiyaning Janubiy –SHarqida, Sharqiy va O‘rta er dengizi 
rayonlari o‘rtasida joylashgan. Janubiy-G‘arbiy rayon. 
6. O‘rta er dengizi rayoni – hozirgi kunda kurort hayoti yanada xilma-xil bo‘lib 
bormoqda. Turistlar nafaqatgina cho‘milish va oftobda toblanish bilan, balki 
sportning suvli turlari bilan: parusda suzish, suv ostiga sho‘ng‘ish, suv chang‘ilarida, 
mototsikllarda, suzish, dengizga parashyutdan sakrash kabi turizm turlari bilan 
Shug‘ullanishni xush ko‘radilar. 
7. Janubiy-g‘arbiy rayon – Bunda dam olish, ekoturizm, plyaj, davolanish, agro 
turizm rivojlangan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin