127
temir va marganets rudalari, oltin, olmos, grafit, ko‘mir va neft konlari bor. Eng
baland joyi yarimorolning janubida joylashgan Anaymudi tog‘idir (2698 m).
Yarimorolning g‘arbida dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan G‘arbiy
Gatt tog‘lari va sharqida Sharqiy Gatt tog‘lari mavjud.
Hindiston yarimorolining iqlimi subekvatorial musson iqlim. Yanvarning
o‘rtacha harorati +26°C, iyun oyida +40°C dan oshadi.
Yog‘in miqdori 1000 mm dan 3000 mm gacha.
Bu yerdagi daryolar
yomg‘irdan to‘yinadi, musson rejimli, yoz va kuzda to‘lib oqadi. Eng yirik daryolari -
Maxanadi, Gadavari, Krishna.
G‘arbiy Gatt tog‘larida doimiy yashil nam tropik i'rmonlar, markazida savanna
i‘rmonlari va savannalar, daryo deltalarida mangra irmonlari tarqalgan. Dekan
yassitog‘ligining katta qismida qizil va qora tropik tuproqlar tarqalgan.
Yarimorolning hayvonot dunyosi ko‘plab qirib yuborilgan. Ba'zi
joylarda
Hindiston fili, yovvoyi ho‘kiz, yo‘lbars va maymunlar uchraydi. Ularning ko‘pchiligi
«Qizil kitob»ga kiritilgan va muhofaza qilinadi.
Janubiy Osiyo mintaqasi er sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar
qatoriga kiradi. Bu mintaqada aholi soni 1,5 mlrd. kishiga yaqilashmoqda.
Janubiy Osiyo mintaqasida hindiston, Eron,
Bangladesh, Pokiston,
Afg‘oniston, Maldiv Respublikasi, Nepal, SHri-Lanka mamlakatlari joylashgan.
Turizm bu mintaqada juda sekinlik bilan rivojlanmoqda. 1970-yildan 1996-
yilgacha ya’ni 26 yil davomida xalqaro turizm 20% ga o‘sganligi kuzatilgan. 1970
yilda bu mintaqaga 0,9 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa 1996-yilda 4,5
mln. turistlar tashrif buyurgan. Xalqaro turizm tuShumlari 100 mln AQSH dollari
darajasiga ko‘tarilgan. 1970-80 yillarda xorijiy turistlar
tashrifi hamda tuShumlar
miqdori bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan. 1970-yilda jahon turizm tuShumlarining
0,56%ini tashkil qilgan bo‘lsa, 1980-yilda 1,5% ni tashkil etgan. 1985-1993 yillarda
turistik tashriflar soni o‘sgan bo‘lsa ham tuShumlar miqdori bo‘yicha pasayish
kuzatilgan. Jahon turizm tushumlarining 0,62% ni tashkil qilgan. 1994-yildan boshlab
sekinlik bilan bo‘lsa ham o‘sish kuzatilgan. 1996-yil
Janubiy Osiy mamlakatlariga
4,485 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Turizm tushumlari 3,963 mlrd. AQSH
128
dollarini tashkil etgan. Jahon turizm tashriflarining 0,76%i,
jahon turizm
tuShumlarining 0,94%i to‘g‘ri kelgan. Bu mintaqada siyosiy barqarorlik, o‘zaro
kelishmovchiliklar, turizm sohasi bo‘yicha sarmoya siyosatini yaxshi yo‘lga
qo‘yilmaganligi sababli, xalqaro turizm sust darajada rivojlangan.
Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilish bo‘yicha 2018-
yilda tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2018-yilda jahon turizm
harakatlari 5,7% ga o‘sishga erishilgan edi. Janubiy Osiyo mintaqasida oldingi yilga
nisbatan o‘sish sur’atlari 6,8% ni tashkil etdi. Bu yillik o‘sish dunyo bo‘yicha
o‘rtacha o‘sishdan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Bu mintaqada xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo‘lib o‘tmagan bo‘lsada,
Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari xorijiy turistlarning diqqat e’tiborini
o‘ziga jalb etib kelmoqda. Boshqa tomondan esa Nepal va Shri-Lanka hududlarida
oldingi yilga nisbatan 5,7-8,3% ga kamayish kuzatildi. Buning sababi hududda
vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: