F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Tayanch iboralar 
Hindiston turizmi, Hindiston turmahsulotlari, sotuvlar sohasi, turmahsulot 
sotuvchilari, hududlari iste’molchilari, turistik eksport, import, turmahsulot. 
 
Nazorat savollari 
1. Janubiy Osiyo mintaqasidagi turistik mamlakatlar. 
2. Mamlakatga turistlarning tashqi oqimi 
3. Janubiy Osiyo okeani mintaqasining turizmni rivojlantirish imkoniyatlari 
4. Janubiy Osiyo okeani mintaqasining jahon turizmidagi o‘rni 


129 
17-bob. AFRIKA MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI 
17.1. Afrika mintaqasi turizmi geografiyasi 
17.2. Janubiy Afrika respublikasi turizm iqtisodiyoti 
17.3. Tunis va Marokash mamlakatlari turizm iqtisodiyoti 
 
17.1..Afrika mintaqasi turizmi geografiyasi. 
Afrika mintaqasida boshqa sohalar kabi xalqaro turizm ham nihoyatda sust 
darajada rivojlanmoqda siyosiy beqarorlik, millatlararo va diniy ziddiyatlar xorijiy 
sayyohlarning mintaqaga bo‘lgan qiziqishlarini ma’lum darajada pasaytirmoqda. 
Turizm bozorini generatori bo‘lib Afrika mintaqasi mamlakatlari hisoblanadi. 
Umumiy xorijiy tashriflarning 56,0%i Afrika mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri 
keladi. Afrika mintaqasi turizm bozorini asosan Yevropa mamlakatlari ta’minlar edi. 
«CHo‘ldagi bo‘ron» urushi ta’sirida Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi 
xorijiy turistlar 51% dan 34,1% ga kamayganligi kuzatiladi. Amerika mintaqasi 
mamlakatlarining tashriflari 5,3% dan 2,9% gacha kamayganligi kuzatiladi. Osiyo va 
Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlarining tashriflari aksincha 1,4% dan 1,5% gacha, 
Yaqin-SHarq mintaqasi mamlakatlari tashriflari 2,4% dan 5,1% gacha ko‘payganligi, 
janubiy Osiyo mamlakatlarining tashriflari 0,6% dan 0,3% gacha kamayganligi 
kuzatiladi. 
Afrika mintaqasining 2010-yildagi ko‘rsatgichlari ham xalqaro turizmni 
sezilarli darajada rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Xalqaro turizm harakatlari 
mintaqada atigi 3,7% ga o‘sganligi kuzatilgan. 
Shunday bo‘lsada, Keniya, Zambiya, Mavrikiya, Morokko, Tunis va Jazoir 
davlatlarida o‘sish kuzatiladi. 
Biroq yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ba’zi bir hududlardagi pasayish Afrika 
mintaqasi umumiy turizm ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni Markaziy 
hamda Janubiy Afrika hududilarida xorijiy tashriflar kamayganligi kuzatilgan. 
Xususan Zimbabveda xorijiy turistlar tashrifi 11,1% ga kamayib ketganligi 
kuzatilgan. 


130 
Jadval ma’lumotlari ham Afrika mintaqasida xorijiy sayyohlar tashrifini 
kamligini, xalqaro turizmi tuShumlari miqdorini pastligidan dalolat beradi (6.2.1-
jadval). 
2012-yilda jahon xalqaro turizm tashriflarining 4,1%i, jahon turizm 
tushimlarining 2,4%ini tashkil qilgan. 
1970-yildan 1980-yillargacha xorijiy tashriflar va tushumlar miqdori bo‘yicha 
sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. 1985-90 yillarda rivojlanish sur’atlari pasaygan, 
1991-96 yillarda esa tashriflar soni o‘sganligi bilan, tushumlar miqdori pasayib 
ketgan. Xorijiy tashriflar jahon xalqaro turizm harakatlarining 3,3%ini, tushimlar 
miqdori bo‘yicha esa 1,8% ni tashkil qilgan. Oxirgi yillarda Afrika mintaqasining 
shimoliy hududilarida, O‘rta yer dengizi janubiy qirg‘oqlarida ommaviy turizmga 
e’tibor qaratilganligi munosabati bilan 2000-yillarga kelib bir muncha ijobiy siljishlar 
kuzatiladi. 1996-yilda mintaqaga 19,4 mln xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 
2000-yilga kelib ularning soni 27,4 mln kishiga etadi. Ya’ni tashriflar 1,4 marttaga 
oshadi. Turizm tushumlari mintaqada 8,7% ga ko‘payib, jahon turizm tuShumlarining 
2,28% ni tashkil etadi. Afrika mintaqasiga tashrif buyurgan xorijiy turistlarning 
asosiy qismi Fransiya, Germaniya. Buyuk Britaniya mamlakatlari aholisiga to‘g‘ri 
keladi va umumiy xorijiy tashriflarning 20% ni tashkil qiladi. 
Afrika mintaqasi bo‘yicha eng ko‘p xorijiy mehmonlar shimoliy Afrika 
hududiga tashrif buyuradilar. Asosiy tashriflar Marokash va Tunis mamlakatlariga 
to‘g‘ri keladi. Afrika mintaqasiga qilingan tashriflarning 45%ga yaqini ushbu 
mamlakatlarga to‘g‘ri keladi, bu mamlakatlarga qilingan har bir xorijiy tashrif 300 
AQSH dollarni tashkil qiladi. 
Farbiy Afrika hududiga Keniya, Mavritaniya, Tanzaniya, Seyshel oroli va 
Zimbabe mamlakatlari turizm sohasida o‘zlarining tabiiy resurslaridan unumli 
foydalanib kelmoqda. 
Afrika mintaqasining janubiy hududida eng yaxshi turistik markaz bo‘lib 
Janubiy Afrika mamlakati hisoblanadi. Marokash va Tunis mamlakatlari kabi Janubiy 
Afrika mamlakati xorijiy tashriflar va tushimlar miqdori bo‘yicha mintaqaning 
janubiy hududida birinchi o‘rinda turadi. 


131 
Afrika mintaqasida, Janubiy Afrika mamlakati yuqori darajada rivojlangan 
mehmonxona xo‘jaligiga va transport tizimiga, hamda zamonaviy xalqaro turizm 
industriyasiga ega bo‘lganligi sababli mintaqada eng yuqori ko‘rsatgichga erishgan. 
Mintaqaga qilingan xorijiy tashriflarning 22,5%i, xalqaro turizm tushimlarining 
23,1% Janubiy Afrika mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. Har bir turistik tashrif 415 AQSH 
dollarni tashkil qilgan. Mintaqa bo‘yicha har bir turistik tashrif o‘rtacha 405 AQSH 
dollarni tashkil qilgan. Mintaqaga nisbatan Janubiy Afrika mamlakatida +2,5% ga 
ijobiy o‘zgarish kuzatilgan. 
SHimoli Afrika hududida joylashgan Marokash va Tunis mamlakat-lariga 
mintaqa bo‘yicha umumiy tashriflarning 40,0%i to‘g‘ri kelgan, 2000-yilga nisbatan 
2012- yilda bu mamlakatlarda xorijiy tashriflar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan, 2012-
yilda 2011-yilga nisbatan esa 6,0% ga pasayish kuzatilgan. 
Xalqaro turizm tushimlarining 30,3% bu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan, lekin 
2011- yilga nisbatan 2012- yilda tushimlar miqdori 11,4% dan 14,8% ga pasayganligi 
kuzatilgan. har bir turistik tashrif o‘rtaga 386 AQSH dollarni tashkil qilgan. 
Mintaqaga nisbatan bu mamlakatlarda - 4,9% ga salbiy o‘zgarish kuzatilgan, ya’ni 
mintaqa ko‘rsatgichlaridan past bo‘lgan. 
Umuman Afrika mintaqasi jahon turizm harakatlarining rivojlanish darajasidan 
anchagina orqada qolmoqda, chunki mintaqadagi ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiy 
rivojlanmagan. Moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi natijasida ta’sirchan 
infratuzilmaga ega emasligi sababli xalqaro turizm harakatlarining rivojlanishi sust 
darajada. 
Afrika mintaqasiga 2022-yilda 29,1 mln. turistlar tashrif buyurgan, jahon 
turizm harakatlarining 4,1% ni tashkil qilgan. 2000-yilga nisbatan 2001-yilda 3,2% 
ga, 2001- yilga nisbatan 2002-yilda esa 2,8% ga o‘sish kuzatilgan. Xalqaro turizm 
tushimlari 11,8 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan, jahon turizm tushimlarining 
2,48%i Afrika mintaqasiga to‘g‘ri kelgan. Turizm tushimlari 2000- yilga nisbatan 
2001- yilda 7,8% ga 2012 -yilda 2011- yilga nisbatan 1,0% ga o‘sganligi kuzatilgan. 
Afrika mintaqasiga qilingan. har bir tashrif o‘rtacha 405 AQSH dollarni tashkil 
qilgan. 


132 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin