b). Marokash respublikasi xalqaro turizm faoliyatining iqtisodiy tahlili
SHimoliy Afrika hududida joylashgan yana bir mamlakat Marokash, O‘rta
dengiz qirg‘oqlarida hamda Atlantika okeani qirg‘oqlarida plyaj turizmi rivojlangan
mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1970-1980 yillarda mamlakatda davlat
tomonidan badavlat mijozlar uchun elita turizmini rivojlantirish bo‘yicha katta e’tibor
qaratilgan edi. Ammo 1990-yilga kelib ommaviy turizmga e’tibor qaratiladi.
Marokash ham Tunis kabi 1965-yilgacha Fransiya mamlakatining mustamlakasi
bo‘lgan, Shuning uchun ham xorijiy tashriflarning 28-30%i Fransiya mamlakatiga
138
to‘g‘ri keladi. Marokash respublikasi turizm bozorini asosan Fransiya, Germaniya,
Buyuk Britaniya, Italiya, AQSH, Ispaniya, SHveysariya, Niderlandiya hamda Arab
mamlakatlari ta’minlaydi. Bu mamlakatga 1988- yilda 375-400 ming xorijiy
tashriflar kuzatilgan bo‘lsa, 1991 -yilda ularning soni 1,5 mln. kishiga etadi va 1992-
yilda 2,0 mln. kishini tashkil qiladi. 2011-yilda 4,1 mln. 2022-yilda esa 4,2 mln.
xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatilgan.
Tayanch iboralar
Afrika mamlakatlari turizmi, iqtisodiy aloqalari, sotuvlar sohasi, sotuvchilari,
iste’molchilari, turistik eksport, import, iqtisodiy aloqalari, xalqlari, irqlari.
Nazorat savollari
1. Afrika mintaqasida turizmning rivojlanish xususiyatlari.
2. Farbiy Afrika hududidagi mamlakatlarning turizm sohasidagi tabiiy
resurslari.
3. Janubiy Afrika respublikasida turizmning rivojlanishi
4. Marokash respublikasi xalqaro turizm faoliyatining rivojlanishi
139
18-bob. YAQIN SHARQ MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI
18.1. Yaqin Sharq mintaqasi turizmi geografiyasi
Dostları ilə paylaş: |