140
–Mavsumiy qulay iqlim sharoiti;
–Yuqori darajada infrastrukturaning rivojlanganligi;
Oldingi paytlardan buyon BAA g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga olib
boruvchi asosiy yo‘llarning chorrahasi bo‘lib hisoblanadi. BAA - Yevropa, Osiyo va
Afrika mintaqalaridan bir xil uzoqlikda joylashgan.
Lekin turistlarni jalb qilish uchun birgina qulay geografik sharoitning
mavjudligi etarli bo‘lmaydi. Turizm sanoatining rivojlanishiga birinchilardan bo‘lib
Dubay amirligi mablag‘lar ajratgan. Ayniqsa neft bumi davrida hukumat neft
dollarlarini infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirgan. Loydan qilingan uylarning
o‘rniga zamonaviy binolar, mehmonxonalar, banklar, bolalar uchun ko‘ngilochar
markazlar qurila boshlandi. Juda ham katta mablag‘larning jiddiy va uzoqqa
mo‘ljallangan loyihalarga kiritilishi BAAni XXI asrda katta siljishlar bilan rivojlanib
ketishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: