126
doimiy yashil o‘rmonlarni, butazor va baland tog‘ o‘tloqlarini hamda doimiy qorlar
va muzliklarni ko‘ramiz.
Himolay tog‘larida Himolay ayig‘i, tog‘ qo‘yi, yovvoyi yaklar va turli
kemiruvchi hayvonlar yashaydi.
16.2. Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilishi
Himolay tog‘laridan janubda uzunligi 3000 km ga boradigan Hind-Gang
pasttekisligi joylashgan. Bu pasttekislik tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va
tog‘lardan tushgan nuroq jinslar bilan to‘la borgan.
Hind vodiysida tropik, Gang
vodiysida esa subekvatorial musson iqlim tarkib topgan. Aprel-may oylarida havo
juda isib, harorat +40°C dan ham oshadi, daryolar suvi kamayib ketadi. Iyun oyidan
boshlab musson shamollari yog‘in olib keladi, harorat pasayadi va tabiat jonlanadi.
Gang daryosining quyi oqimida yog‘in miqdori 2500 mm ga yetadi.
Bu yerda
yomg‘ir vaqt-vaqti bilan jala tarzida yog‘adi va suv toshqinlari bo‘lib turadi. Lekin
Hind daryosining sharqida iqlim qurg‘oqchil, yomg‘ir juda kam yog‘adi. Hatto bu
yerdagi Tar cho‘lida yiliga 100-150 mm yog‘in yog‘adi.
Chunki pasttekislikning
g‘arbida tropik iqlim hukmron, iyul oyining o‘rtacha harorati +35°C, yanvarda +20°C
ga teng.
Hind-Gang pasttekisligida musson iqlimli o‘rmonlar kam uchraydi. Gang va
Braxmaputra deltasida qalin mangrazorlar va doimiy yashil o‘rmonlar bor. G‘arbiy
qismida sho‘rxok va qumli cho‘llar mavjud.
Dostları ilə paylaş: